AQSH prezidenti Donald Tramp 8 yoki 9-mayda “juda muhim mavzu yuzasidan” muhim va ijobiy bayonot berishni va’da qildi. U bu haqda Oq uyda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvidan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

Tramp kelasi hafta Yaqin Sharqqa ish safari rejalashtirilganini eslatib, safargacha juda katta e’lon qilishini bildirgan. Shuningdek, bu yangilik savdo haqida bo‘lishi shart emasligini qo‘shimcha qilgan
“Nima haqida ekanligini sizlarga aytmayman. Ammo u bo‘ladi va juda ijobiy bo‘ladi. Ushbu e’lon yo payshanba, yo juma, yo dushanba kuni jo‘nab ketishimizdan oldin e’lon qilinadi. Biroq bu ma’lum bir mavzu, juda muhim mavzu bo‘yicha ko‘p yillar davomida qilingan eng muhim e’lonlardan biri bo‘ladi”, deydi Tramp.
Tramp 13-16-may kunlari Yaqin Sharqqa safar uyushtiradi, uning davomida Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvda kelishmovchiliklarga qaramay, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona xususiyatini saqlab qolishini tasdiqladi.
Izoh (0)