Vodiy viloyatlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 12,5 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 28-apreldan 4-maygacha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Tadbirlarda 13,89 mln kVt soat elektrdan noqonuniy foydalanilgani natijasida jami 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirlar davomida 46 ta iste‘molchilarning 3,4 mlrd so‘mlik debitor qarzdorligi undirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
- Qoraqalpog‘istonning uchta hududida 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
- Buxoro va Jizzaxda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 360 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
- Uchta viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Izoh (0)