Madridning “Real” klubi “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni yozgi transfer oynasi ochilishi bilan jamoaga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 2025-yilning 15-iyunidan 13-iyuligacha AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Shu bois “Real” transfer oynasining ilk 10 kunida Arnoldni rasman qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan. “Real Madrid” uning transferini yakunlash uchun mersisaydliklar bilan muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Trent Aleksandr-Arnold “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)