“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe klub tarixidagi debyut mavsumda urilgan gollar bo‘yicha portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Fransiyalik futbolchi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” darvozasini ishg‘ol qilib, joriy mavsumdagi gollari sonini 34 taga yetkazdi. Bu natija bilan u “Real” tarixida debyut mavsumda 33 tadan gol urgan Ronaldu va Rud van Nistelroyning rekordini yangilab, o‘ziga xos natija qayd etdi.
Hozircha bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Ivan Samoranoga tegishli bo‘lib, u 1992/93-yilgi debyut mavsumida 37 ta gol kiritgan edi. Mbappe La Liga doirasidagi qolgan bahslarda yana 4 ta gol ursa, “qirollik klubi”ning mutlaq rekordchisiga aylanib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Real” Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mbappe 70-daqiqada jamoasining o‘yindagi ilk goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe o‘tgan yil yozda “Pari Sen-Jermen” safidan “Real”ga erkin agent sifatida ko‘chib kelgan edi. U Parij klubida yetti yil davomida harakat qilgan.
Izoh (0)