Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 19-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
![](/static/2024/05/19/gettyimages-2153203786-1024x1024-urB15mI3.jpg)
“Real” safarda “Vilyarreal” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda 4:4 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Madridliklar tarkibida Arda Gyuler dubl qayd etgan bo‘lsa, Xoselu va Vaskes bittadan gol urdi. Mezbonlar safida Aleksandr Serlot poker muallifiga aylandi.
![](/static/2024/05/19/gettyimages-2153707415-1024x1024-iKOCva2n.jpg)
“Barselona” esa “Rayo Valyekano”ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida zafar quchdi.
Kataloniyaliklar tarkibida Robert Levandovski va Pedri (dubl) tabloga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
La Liga
37-tur
19-may, yakshanba
“Vilyarreal” — “Real” 4:4
Gollar: 0:1 – 14 Gyuler, 0:2 – 30 Xoselu, 1:2 – 39 Serlot, 1:3 – 40 Vaskes, 1:4 – 45+2 Gyuler, 2:4 – 48 Serlot, 3:4 – 52 Serlot, 4:4 – 56 Serlot.
“Vilyarreal”: Yorgensen, Moskera, Bayi, Kuenka, Alberto Moreno, Parexo, Komesanya, Axomash, Jerar Moreno, Serlot, Gedesh.
“Real Madrid”: Lunin, Ryudiger, Militao, Fran Garsiya, Modrich, Sebalyos, Valverde, Braim Dias, Gyuler, Vaskes, Xoselu.
Ogohlantirishlar: Alberto Moreno (45+5), Kamavinga (66), Traore (84).
“Barselona” — “Rayo Valyekano” 3:0
Gollar: 1:0 – 3 Levandovski, 2:0 – 72 Pedri, 3:0 – 75 Pedri.
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Martines, Kubarsi, Joau Kanselu, Serji Roberto, Gundogan, Lopes, Rafinya, Yamal, Levandovski.
“Rayo Valyekano”: Dimitrievski, Baliu, Lejen, Mumin, Espino, Garsiya, Palason, Siss, Oskar Valentin, De Frutos, Kamelo.
Ogohlantirishlar: Yamal (10), Mumin (23), Rafinya (31), Kubarsi (37), Oskar Valentin (50).
Izoh (0)