Chexiya o‘rmonida oltin tangalar, zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning katta kolleksiyasi topildi. Hozirda ular Sharqiy Bogemiya muzeyida saqlanmoqda. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Muzey rasmiylari qimmatbaho buyumlarning taxminiy yoshiga tayanib ular Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilaridan biriga tegishli ekanini taxmin qildi. Xodimlarga ko‘ra, 15 funtdan ortiq bu buyumlar 2025-yilning fevral oyida ikki sayyoh tomonidan Zvichina tepaligi yaqinidagi devordan topilgan.

Ikkita idish ichida 598 ta tanga, bilaguzuklar, kalitli zanjir va tamaki xaltachalari va hokazolar aniqlangan. Tangalarning yoshi 1800—1900-yillarga to‘g‘ri keladi. Ularning aksariyati Fransiyada, qolganlari Avstriya-Vengriya, Belgiya va Usmonli imperiyasida zarb qilingan. Buyumlar urush davrida ataylab asrash uchun ko‘milgani aytilmoqda.

Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan yillarda, ayniqsa, 1938-yilda Germaniya Sudetni anneksiya qilganidan keyin ko‘plab aholi, jumladan, yahudiylar, nemislar va boshqalar kuchayib borayotgan ta’qiblardan qutulish uchun Chexoslovakiyadan qochib ketgan. Ekspertlar hali ham buyumlarning aniq kelib chiqishi ustida tahlil olib bormoqda.

Izoh (0)