Belgiya 2026-yilda Kiyevni 1 milliard yevrolik qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga va’da bermoqda. Ushbu yordam paketiga F-16 samolyotlarini yetkazib berish ham kirishi ta’kidlanmoqda.
Bu haqda Belgiya mudofaa vaziri Teo Franken Yevropa ittifoqining Ukraina bo‘yicha favqulodda sammiti yakunlari bo‘yicha VRT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Belgiya chetda qarab turmaydi va 1 milliard yevrolik qurol-aslaha beradi. Shu jumladan, Chexiya artilleriya tashabbusi doirasida artilleriya snaryadlarini xarid qilish uchun 216 million yevro, Germaniya tashabbusi doirasida havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun 200 million yevro ajratish, shuningdek, Belgiya F-16 samolyotlarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan”, dedi Franken.
Oldinroq sammit arafasida Belgiya bosh vaziri Bart De Vever Belgiya endilikda harbiy samolyotlarni Kiyevga yetkazib berish niyatida ekanini aytgan edi.
Avvalroq Turkiya zarurat tug‘ilganda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligi ma’lum qilingan.
“Missiyaga hissa qo‘shish masalasi, agar u mintaqaviy barqarorlik va tinchlik o‘rnatish uchun zarur deb topilsa, ko‘rib chiqiladi va barcha tegishli tomonlar bilan o‘zaro baholanadi”, degan Anqaradagi manba Reuters agentligi bilan suhbatda.
Izoh (0)