• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon xazinasi. Viloyatdagi noyob qo‘lyozma manbalar tarixiga bir nazar

    Ko‘p asrlik o‘tmishimizda ilm-fanning turli sohalariga oid asarlardan bilim olib, yuksak martabalarga erishganlar. Bugungi kunda xilma-xil qo‘lyozma asarlar va manbalar kutubxona, muzey, tadqiqot institutlarida va ayrim ziyoli shaxslarning fondlarida saqlanib kelmoqda. Ilmiy jamoatchilik va aholiga ularni yetkazish tadqiqotchi va manbashunoslar oldida turgan muhim fazifalardan biridir. Shu ma’noda, “Daryo” nashri Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondida saqlanayotgan ba’zi qo‘lyozma manbalar haqida hikoya qiladi.

    Qo‘lyozmalarning jamlanish tarixidan

    Muzey qo‘lyozmalar fondida saqlanuvchi 2 mingdan ortiq asarlarning jamlanishi o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlangan. Turkistonda Sho‘ro hokimiyati o‘rnatilgach o‘lkaning yirik shaharlarida madaniyat muassasalari, kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular sovetcha mafkura targ‘ibotidan tashqari aholi qo‘lida mavjud bo‘lgan noyob asarlar, qo‘lyozma manbalarni yig‘ish bilan ham shug‘ullangan. 1917—1927-yillarda Andijon shahar xalq ta’limi qoshidagi kutubxona mudiri sifatida faoliyat yuritgan Abduvali Maqsudov (Vali Maqsudiy) nomi andijonlik katta-yu kichik kitobxonlar, tadqiqotchilarga yaxshi ma’lum. Ana shunday Sharq xalqlari tarixi va adabiyotining ixlosmandi, arab-fors tillari bilimdoni Abduvali Maqsudovning zahmatli mehnatlari evaziga viloyatda qo‘lyozma asarlarni jamlash ishlari boshlangan.

    Viloyatda1970-yillardamilliy-ma’rifiyishlar sohasida katta yutuqlarga erishildi. Amalga oshirilgan keng an’anaviy-ma’rifiy ishlardan biri – aholidan Sharq qo‘lyozma va toshbosma asarlari sotib olish uchun mablag‘ ajratildi. Bu haqda matbuotda e’lon qilinib, bir guruh ziyolilar: shoir Ulfat, Omonullo Valixonov, Mirposhsha Habibov, Hoshimjon Razzoqov, Sayfiddin Jalilov va kitobdor Vali Maqsudovlardan iborat maxsus komissiya tuzildi. Aholidan kitob sotib olish komissiyasi viloyat kutubxonasida ish boshladi. Tez fursatda aholidan anchagina kitob sotib olindi.

    Vali Maqsudiy.

    Vali Maqsudiy.
    Foto: O‘zarxiv

    Shu tarzda sotib olingan kitoblar viloyat kutubxonasida hisobga olinib, ularga tartib berildi va maxsus “Qo‘lyozmalar fondi” tashkil qilindi. Ushbu fondga mudir qilib sobiq kutubxonachi, sharq tillari bilimdoni Vali Maqsudov tayinlandi. U 1968—1981-yillarda 610 ta kitob fondiga ega bo‘lgan “Qo‘lyozma va nodir” kitoblar sektoriga yetakchilik qildi. Bu yerda o‘zbek mumtoz adabiyoti va tarixiga oid, “Chor kitob”, “Qofiyo”, “Tafsiri Taborak” kabi kitoblar to‘plandi. Abu Nasr Farobiy, Zamaxshariy kabi Sharqning mashhur olimlari asarlari bilan boyitildi. Arab tili va yozuvining chuqur bilimdoni bo‘lgan Maqsudov nodir kitoblarni qayta ishlash bo‘yicha doimiy ish olib borgan, mavjud barcha kitoblarni birma-bir raqamlab chiqqan.

    80-yillarda esa viloyat kutubxonasida saqlanuvchi noyob kitoblar Andijon adabiyot va san’at muzeyi (hozirda Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Jome me’moriy obidasi” bo‘limi) ga o‘tkazildi. Aynan shu muzeyning 1983—1986-yillardagi mudiri bo‘lgan Amonulloxon Valixonov – Boqir muzey fondi va ekspozitsiyasini boyitishda talay ishlarni amalga oshiradi. Nodir qo‘lyozmalar va o‘tmish shoirlarimiz ijodiy va ilmiy merosiga doir ko‘plab kitoblar va hujjatlar to‘plandi. 2017-yillar Respublika hukumatining tegishli qaroriga asosan Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyining nomi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga o‘zgartirilib, uning tarkibiga viloyatdagi boshqa muzeylar qatori Andijon adabiyot va san’at muzeyi ham kiritildi. Adabiyot muzeyining fondida bo‘lgan qo‘lyozmalar bosh muzey ixtiyoriga o‘tkazildi. Bugungi kunda ham muzey qo‘lyozmalar fondi xalqimiz qo‘lida bo‘lgan manbalarni sotib olish va muzeyga ixtiyoriy topshirish asnosida boyib bormoqda.

    Foto: Amonulloxon Valixonov – Boqir

    Bebaho ma’naviy xazina

    Bugungi kunda Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondida 2000 dan ortiq arab, fors va turkiy tildagi qo‘lyozma manbalar va hujjatlar saqlanadi. Hozirda qo‘lyozmalar fondi mudiri xattot G‘anijon Qosimov tomonidan qo‘lyozma asarlar va hujjatlarni ilmiy izohlash, tartiblash ishlari olib borilmoqda. Xattot tomonidan manbalarlarning 1500 dan ortig‘iga ilmiy izoh (pasport) berilib, tartiblandi. Shulardan 653 tasi arab tilida (160 ta qo‘lyozma va 493 ta toshbosma asar), 470 ta fors tilida (366 tasi toshbosma va 104 tasi qo‘lyozma), 511 ta turk tilida (230 tasi qo‘lyozma va 281 ta toshbosma).

    Xattot G‘anijon Qosimovning bildirishicha, muzeyda bir necha noyob va qadimiy qo‘lyozmalar mavjud. Ulardan aniqlangan eng qadimiy qo‘lyozmalardan biri Ibn Hojib qalamiga mansub “Kifoya” asarining 897-hijriy/1492-milodiyda al-Mu’in ibn Xoja Mir Jaloliddin Rahmatulloh Xoja Mir Asomiddin tomonidan ko‘chirilgan nusxasidir. Ushbu “Kifoya” asarining muallifi Misrda yashab o‘tgan buyuk tilshunos olim Abu Umar Usmon ibn Umar al-Kurdiy (vafoti 646-hijriy/milodiy 1492-yil) bo‘lib, Ibn Hojib nomi bilan tanilgan. Tadqiqotchi Fahriddin Muhammad Nosirning ta’kidlashicha, olim hayoti davomida ko‘plab ilmlarni, jumladan, nahv ilmini chuqur egallab, bu borada kichik bir risola yaratadi.

    Muallif bu kitobni madrasa toliblari yodlashi va esda saqlashlari oson bo‘lishi uchun ixcham bo‘lishini inobatga olib, keng ma’noni ifoda qilgan so‘zlar bilan boyitadi. Kitob o‘z zamonasida arab tili darsliklari ichida tengsiz bo‘lib, musulmon mamlakatlariga keng tarqaladi. Kitob olimning hayotligi va undan keyingi davrlarda uning izohtalab o‘rinlarini yoritish maqsadida o‘sha zamon olimlari tomonidan unga sharhlar yoziladi. Shunday sharhlardan mashhuri Abdurahmon Jomiy tomonidan 897-hijriy/milodiy 1492-yilda yozilib, “Favoyid uz-Ziyoiyya” deb nomlangan. Bu asar Abdurahmon Jomiyga nisbat berilib “Sharhi Jomiy”, “Sharhi mullo Jomiy” deb ham atalib kelinadi.

    Ibn Hojibning “Kifoya” asari

    Ibn Hojibning “Kifoya” asari
    Foto: Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

    Shuningdek, muzey fondida, “Sharhi mullo Jomiy” ning bir nechta qo‘lyozma nusxalari ham saqlanadi. Ulardan biri hijriy 1218 / milodiy 1803-yil kotib Nusratulloh ibn Shoh Ibrohim Xoja Marg‘inoniy ko‘chirgan qo‘lyozmadir. Asar o‘zining nafisligi va xushxat ko‘chirilganligi bilan ajralib turadi. Muzey fondi tarkibida Islom dini ahkomlari, sha’riat va fiqh ilmiga bag‘ishlangan yana bir necha noyob qo‘lyozmalar ham saqlanadi. Jumladan, hijriy 555 / milodiy 1160-yil kotib Mir Sayyid Sharif tomonidan ko‘chirilgan “Siyari sharifi Jurjoniy fiy sharhi miftoh ul-ma’oniy”, Mahmud az-Zamaxshariyning hijriy 1237/ milodiy 1821-yilda ko‘chirilgan (kotibi noma’lum) “Ilmi kalon” (“Kitobul ishora”), “Muxtasar ul-viqoya”ning hijriy 1218/milodiy 1803-yil ko‘chirilgan (kotibi noma’lum) nusxalari saqlanmoqda. Musulmon olamida fiqh ilmida tanilgan ajdodimiz al-Marg‘inoniy “Hidoya” asarining hijriy 1110/milodiy 1698-yil xattot Muhammad Tohir tomonidan ko‘chirilgan nusxasi, Qo‘qon xoni Xudoyorxon ko‘rsatmasi bilan Afg‘on Qulmuhammad tomonidan yozilgan “Devoni Afg‘on” devonini alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur. Bundan tashqari Sharq masal janrining mashhur vakili Gulxaniy qalamiga mansub “Zarbulmasal”ning hijriy 1272/milodiy 1855-yil Qo‘qonda ko‘chirilgan nusxalari ham fond tarkibida mavjud.

    “Devoni Afg‘on”

    “Devoni Afg‘on”
    Foto: Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

    Marg‘inoniyning “Hidoya” asari

    Marg‘inoniyning “Hidoya” asari
    Foto: Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

    O‘zining mumtoz she’riyati bilan adabiyot ixlosmandlari va tadqiqotchilarni xushnud etgan Qo‘qon adabiy muhitining yirik vakili Jahon Otin Uvaysiy she’rlari jamlangan ikki qo‘lyozma ham Andjon muzey fondida bebaho xazinalar qatorida saqlanmoqda. Ulardan biri fondda inventar 5001 raqamli “G‘azaliyoti Uvaysiy” (“Uvaysiy g‘azallari devoni”) bo‘lib, hijriy 1281/milodiy 1870-yil ko‘chirilgan (kotibi noma’lum). Ikkinchisi, Uvaysiyning g‘azallari va “Karbalonoma” dostonidan iborat devon bo‘lib, jami 11 256 misradan iboratdir.

    Uvaysiy “Devon”ining 1959-yil Aziz Qayumov va E’tibor Ibrohimovalar tomonidan tayyorlangan nashrida mualliflar shoira ijodini o‘rganishda birlamchi manba uning O‘zFA SHI fondida Inv.1837 raqami bilan saqlanuvchi yagona mukammal nusxasidir, deb ta’kidlaydi. Andijondagi Uvaysiy ijodi bilan bog‘liq ushbu ikki devon tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan ushbu fikrlarga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

    “G‘azaliyoti Uvaysiy”

    “G‘azaliyoti Uvaysiy”
    Foto: Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

    Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi qo‘lyozmalar fondida biz yuqorida e’tiboringizga havola qilgandan tashqari yana bir necha yuzlab noyob, ba’zi ilmiy jamoatchilikka noma’lum manbalar ham borki, ular o‘zining tadqiqotchilarini kutib turibda. Ana shu maqsadda, bugungi kunda muzey ilmiy xodimlari tomonidan qo‘lyozmalarni ilmiy izoh, katalogini yaratish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Ikromov Ismoiljon.

    26.02.2021, 13:23   Izoh (0)   43601
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 27-fevral kuni havo harorati biroz ko‘tariladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

    26.02.2021, 13:11

    Spotify musiqiy striming servisi O‘zbekistonda ishga tushdi

    26.02.2021, 12:42

    O‘zbekistonda ikki oy ichida tabiatga zarar yetkazganlarga 4,33 mlrd so‘m jarima belgilangan

    26.02.2021, 12:26

    O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlandi. U ikki qavatli avtobusdan ikki barobar katta bo‘lgan

    26.02.2021, 11:27

    Buxoroda 32 yil oldingi qotillik fosh etildi. Biroq jinoyatchi jazoga tortilmagan

    26.02.2021, 10:26

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi ommaviy emlashda ikki xil vaksinadan foydalanish niyatida

    26.02.2021, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.