• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dog‘istonda 3 ming kishini asirga olgan chechen jangarilari, BMTning Nyu-Yorkdagi hashamatli shtab-kvartirasi va sapotekilarga tegishli noyob xazinaning topilishi. Kun xronologiyasida 9-yanvar

    9-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Dog‘istonda 3 ming kishini asirga olgan chechen jangarilari, BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasining foydalanishga topshirilishi hamda sapotekilarga tegishli noyob xazinaning topilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Dog‘istonda 3 ming kishini asirga olgan chechen jangarilari

    1996-yil 9-yanvar sanasi Dog‘istonning Kizlyar shahri tarixida qora kun sifatida qolgan. Har yili shu kuni kizlyarliklar gullar bilan shahar bog‘iga to‘planib, terrorchilar qurboniga aylangan o‘nlab insonlarni xotirlaydi.

    Foto: Magspace

    Foto: Magspace
    Salman Raduyev boshchiligidagi jangarilar guruhi 9-yanvar kuni Kizlyarga bostirib kirgandi. Ular shahar atrofidagi harbiy aerodromga hujum uyushtirgan, shundan keyin temiryo‘l vokzali va tuman shifoxonasi binosini, jumladan, tug‘uruq bo‘limini egallab olgan. Jangarilar qariyb 3 mingga yaqin odamni asirga olgan. Terrorchilar Rossiya hukumatidan Dog‘iston hududidan Chechenistonga chiqib ketish uchun koridor yaratib berishni talab qilgan.

    Dog‘iston rahbariyati bilan kechasi o‘tkazilgan muzokaralardan keyin, 10-yanvar tongida terrorchilar aksariyat asirlarni ko‘ngillilarga almashgan — ular orasida deputatlar, Dog‘iston hukumati vakillari va jurnalistlar bor edi. 11 ta avtobusdan iborat kolonna Checheniston tomon yo‘l olgan. “Pervomays” qishlog‘ida avtobuslar to‘xtatilgan va muzokaralar boshlanib, u 5 kun davom etgan. Oxir-oqibat artilleriya va vertolyotlardan foydalanilgan holda shturm amalga oshirilgan.

    Foto: Magspace

    Foto: Magspace

    18-yanvar kuni operatsiya yakunlangan. “Pervomaysk” qishlog‘i butunlay vayron bo‘lgan. Jangarilarning bir qismi o‘ldirilgan, ammo katta qismi Checheniston hududiga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

    “Salman Raduyev boshchiligidagi bosqinchilar shaharga kirganida endi tong otayotgandi. Birinchi zarbani ular shahar aerodromida joylashgan vertolyot maydonchasiga amalga oshirdi, granatomyotlarda ular ikkita vertolyotni yakson qildi. Shu bilan birga, ular Cheremushka tumanidagi harbiy qism atrofiga snayperlarni joylashtirib, uni bloklab qo‘ydi”, — deya eslaydi o‘sha kungi voqea guvohlaridan biri Ahmed Salamov.

    Foto: Magspace

    Foto: Magspace

    Salamovning so‘zlariga ko‘ra, u “Prometey” telestudiyasi direktori Kamil Omarov bilan shifoxona tomon yo‘l olgan. Ular Raduyev uchrashishga rozilik bergan birinchi muzokarachilar edi. Shundan keyingi barcha, jumladan, “Pervomaysk”dagi muzokaralar ham Ahmed Salamov va Kamil Omarov ishtirokida o‘tkazilgan. Aynan ularning qahramonliklari sabab asirlarning o‘limi oldi olingan. “Shifoxonadagi 3 ming asirdan faqat bir kishi halok bo‘ldi. Qolganlarni qutqarishga erishdik. Bu mamlakat tarixidagi shu kabi omadli muzokaralarning birinchisi edi”, — deydi Salamov.

    Foto: Magspace

    Foto: Magspace

    Shifoxonani egallagan jangarilar asirlarni palatalardagi karavotlarga o‘tirg‘izib chiqqan. Terrorchilar shifoxona binosini minalashtirib chiqqan, koridorlar bo‘ylab harakatlangan odamlar ushbu minalarning simlari ustidan oshib o‘tishga majbur bo‘lardi. Jangarilar juda yaxshi qurollangan edi — barchasida avtomatlar, pulemyotlar, kamarida esa kamida 10 tadan granatalar bo‘lgan.

    Foto: Magspace

    Foto: Magspace

    Shaharning tinch aholisi qariyb bir sutka davomida shifoxonada tutib turilgan. Oxir-oqibat terrorchilar shahar tashqarisiga — “Pervomaysk” qishlog‘iga chiqarilgan va yerda to‘liq tor-mor keltirilgan, asirlar esa ozod etilgan.

    BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi

    1951-yil 9-yanvar kuni Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti asosiy binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. BMT shtab-kvartirasi — bu asosiy ishchi organlar, xodimlar shtati, boshqaruv organlariga rasmiy ofis vazifasini o‘tuvchi binolar majmuasidir.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    BMT binosini yaratish uchun butun dunyodan turli arxitektorlar, dizaynerlar va muhandislar taklif etilgan. Ular orasida Nikolay Basov, Oskar Nimeyer, loyihalashtirish bo‘yicha direktor Maks Abramovich, muhandis-konsultant Vladimir Bodyanskiy, Ernst Kormye, bosh arxitektor Uolles Garrison, Sharl Le Korbyuzye, Sven Markelius, Svayyo, Lyan Se Chen, shuningdek, konsultantlar Entoni Antoniades, Metyu Noviki va Ernest Vaysman bor edi.

    Ushbu guruh 50 ta turli loyihani taqdim etgan va oxir-oqibat tanlov Le Korbyuzyening konseptual g‘oyasiga kelib to‘xtagan. Uning chizmalariga ko‘ra, binolar majmuasi turli uslublarni o‘zida birlashtira olishi kerak edi: ofislar uchun baland shisha panellar va Bosh assambleya zali uchun doirasimon past qubba. BMT shtab-kvartirasini qurish yakunlangan vaqtda u Manxettendagi eng zamonaviy arxitektura binosi hisoblangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bino Manxettenning sharqiy qismidagi 42 va 48-ko‘chalar, Birinchi avenyu va Ist-River orasida joylashgan. 7 gektar maydondagi 167 metrli BMT binosini loyihalashtirish uchun arxitektorlar guruhiga 6 yil vaqt kerak bo‘lgan. BMT shtab-kvartirasi geografik jihatdan Nyu-Yorkda joylashgan bo‘lsa-da, u xalqaro hudud maqomiga ega.

    BMT Nyu-Yorkdagi binosidan tashqari yana uchta yordamchi, mintaqaviy shtab-kvartiralarga ega: Jeneva, Vena va Nayrobida. Ammo tashkilotning muhim qarorlari aynan Nyu-Yorkda qabul qilinadi, chunki Bosh assambleya va BMT Xavfsizlik kengashining aksariyat yig‘ilishlari shu yerda o‘tkaziladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    BMTning butun dunyo bo‘ylab joylashgan ishchi organlari, agentliklari va markazlarida 170 ta davlatdan 61 ming xodim faoliyat yuritadi. Nyu-Yorkdagi shtab-kvartiraga jami tashkilot xodimlarining uchdan bir qismi sig‘adi.

    BMT rasman 1945-yil 24-oktabr kuni tashkil etilgan; shu kuni BMT nizomi aksariyat davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan va kuchga kirgan. Birlashgan Millatlar nomini AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt taklif etgan va u 1942-yil 1-yanvarda Birlashgan Millatlar deklaratsiyasida qo‘llangan — Ikkinchi jahon urushi vaqtida 26 ta davlat vakillari o‘z hukumatlari nomidan natsistlar blokiga qarshi hamkorlikdagi kurashni davom ettirishga kelishib olgandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    1945-yil 11-fevral kuni Yaltada AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR rahbarlari Franklin Ruzvelt, Uinston Cherchill va Iosif Stalin “tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun universal xalqaro tashkilot”ni ta’sis etish qarorini qabul qiladi. 25-aprel kuni 50 ta davlat vakillari San-Fransiskoda to‘planib, BMT nizomi ustida ish boshlaydi.

    Meksikadagi sapotekilarga tegishli noyob xazina

    1932-yil 9-yanvar kuni Monte-Alban xarobalaridan Meksikada yashagan sapoteki hindulariga tegishli XIII asrga oid xazina topilgandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Monte-Alban — Meksikaning janubiy qismida joylashgan mashhur arxeologik qo‘riqxona. Ikki ming yil davomida u yerda Kolumb tomonidan Amerika kashf etilgunga qadar eng yirik qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan. Shaharning asl nomi qanday bo‘lgani saqlanib qolmagan. Uning hozirgi nomi Monte-Alban bo‘lib, ko‘p asrlar davomida hindularning yirik aholi punkti xarobalarini yashirgan o‘rmonli tepalikdan olingan.

    1931-yilda u meksikalik arxeolog Alfonso Kaso tomonidan topilgan. Ayrim olimlar ushbu arxelogik topilmani Troyaning kashf etilishi bilan taqqoslagan. Monte-Albada yashagan odamlar qadimiy va favqulodda rivojlangan madaniyatga ega bo‘lgan. Shahar eng gullagan vaqtda u yerda 20 mingdan ortiq inson istiqomat qilgan va shaharning uzunligi 40 kilometrga yetgan. Ularning qabilalari sapotekilar deb atalgan. Bu yerdagilar ajoyib bino va ibodatxonalar qura olgan, tog‘ billurini qayta ishlay olgan, aql bovar qilmas darajadagi chiroyli tilla taqinchoqlarni yasagan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Monte-Alban sag‘analari, ayniqsa, butun dunyo aholisida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Ular toshdan qurilgan bo‘lib, har birining usti tosh plita bilan yopilgan. Bunday konstruksiya Janubiy Meksikada yashagan qadimgi hindular o‘z sardorlari va xudolarining xizmatchilarini ko‘mgan g‘orlar ko‘rinishi hisoblanadi.

    Sapotekilar sag‘ana devorlarini turli suratlar bilan bezatgan va noyob tilla taqinchoqlarga to‘ldirib tashlagan. Amerikaning boshqa biror hududida bunday xazinalar topilgan emas.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Monte-Albandagi birinchi sag‘ana 1931-yil kuzda topilgan. Keyingi yilning 9-yanvarida esa Alfono Kaso daxmaga kirgan. U yerda 800 yil davomida hech kim tegmagan ulkan xazina bor edi. 500 dan ortiq buyumlar, jumladan, hindular xudosi Ship Totekning oltindan ishlangan niqobi ham. Niqobning burun va yanoq qismlariga inson terisi tortilgan. Shuningdek, tilla bilakuzuklar, marvarid va marjonlardan, nefrit, firuza, qahrabo, obsidian yasalgan taqinchoqlar ham bor edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Monte-Albandagi eng sirli topilma — billur inson chanog‘i bo‘lgan. Tog‘ billuri — yer yuzidagi eng qattiq minerallardan biri hisoblanadi. 1970-yilda ushbu chanoqlar dunyoning mashhur ekspertlari tomonidan o‘rganilgan. Ular chanoq yaxlit billur bo‘lagidan qirqib ishlangan degan xulosaga kelgan. Tog‘ billurini olmosdan boshqa narsa kesa olmasdi. Ammo sapotekilar qandaydir usul bilan uni qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Moskva metrosida uyushtirilgan birinchi terakt, Kongodagi bozorga qulagan SSSR samolyoti va 14 yoshida AQSH chempioniga aylangan Bobbi Fisher. Kun xronologiyasida 8-yanvar

    09.01.2023, 09:31   Izoh (0)   59158
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Braziliyada sobiq prezident tarafdorlari Kongress, prezident saroyi va Oliy sud binosiga bostirib kirdi. Asosiy ma’lumotlar (foto va video) 

    09.01.2023, 09:13

    Belarus Rossiya qurolli kuchlari aviatsiyasi bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    08.01.2023, 23:50

    Finlyandiya Shvetsiyadan oldin NATOga a’zo bo‘lmasligini ma’lum qildi

    08.01.2023, 23:27

    Germaniyada teraktning oldi olindi: politsiya Eron fuqarosini hibsga oldi (video)

    08.01.2023, 22:30

    38-parallel. Rossiya Ukrainaga Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya kabi ikkiga bo‘linishni taklif qilmoqchi

    08.01.2023, 22:08

    Senegalda ikkita avtobus to‘qnashishi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi (video)

    08.01.2023, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Nasaf” va “Navbahor” futbolchilarida katta o‘sish, “Paxtakor” a’zolarida esa jiddiy pasayish — Superligada harakat qiladigan futbolchilar narxi yangilandi

    Sport | 17 iyun, 10:34

    O‘zbekistonda 18-iyun kuni jazirama issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 10:33

    Rossiya Kiyevga dronlar bilan yirik zarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 17 iyun, 10:20

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 09:54

    Rossiyada bolalar uchun dronlarni boshqarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    Dunyo | 17 iyun, 09:30

    G7 sammitida Buyuk Britaniya—AQSH avtomobil savdosi bo‘yicha rasmiy kelishuv imzoladi (video)

    Dunyo | 17 iyun, 09:11

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

    Reklama | 17 iyun, 09:00

    O‘zbekistonda haydovchilar uchun ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 08:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.