• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa Shou-biznes

    Homay: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatayotgan” qo‘shiqni kim ijro etgan va u nima haqda?

    Boshqirdistonlik Ay Yola guruhi tomonidan ijro etilgan “Homay” qo‘shig‘i mart oyidan beri dunyo chartlarida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda. Qo‘shiq Shazam ilovasi global reytingida top beshtalikka kirdi, TikTok’da esa unga har kuni ko‘plab videolar suratga olinmoqda.

    Foto: Instagram

    Ay Yola guruhi qayerdan paydo bo‘ldi? “Homay” qo‘shig‘ining muvaffaqiyat siri nimada? Nima uchun baʼzi boshqird auditoriyasi uni tanqid qildi, quyida shular haqida. 

    Boshqird guruhi uch kishidan iborat bo‘lib, ularning har biri avvaldan musiqiy tajribaga ega. Guruhni Ruslan Shayxiddinov tashkil qilgan, u ilgari bir nechta mashhur loyihalar bilan ishlagan hamda DJ Sever taxallusi ostida musiqalar yaratgan, bundan tashqari Rossiyaning “Maximum” radiosida o‘z dasturini olib borgan.

    “Ay Yola” guruhining vokal xonandasi Adel Ruslan Shayxiddinovning qizi bo‘lib, u 16 yoshidan beri sahnaga chiqadi va turli musiqiy tanlovlarda bir necha bor g‘olib bo‘lgan. Ota va qiz ilgari “Musume” deb nomlangan musiqiy loyihani yaratgan, ammo o‘sha paytda ular rus va ingliz tillarida qo‘shiq kuylagan. 2019-yilda Shayxiddinovlar “TNT”dagi “Qo‘shiqlar” shousida, Timati va Basta bilan birga ishtirok etdi, ammo uzoqqa borolmadi.

    Guruhning uchinchi aʼzosi — Rinat Ramazanov respublikada tanilgan ko‘p asbobli cholg‘uchi va Boshqirdiston xalq artisti bo‘lib, guruhda quray chalib, baʼzi vokal partiyalarini ijro etadi. Bundan tashqari u ilgari “Argumak” deb nomlangan o‘zining etno-guruhini yaratgan.

    Shayxiddinovning aytishicha, “Ay Yola” guruhi o‘tgan yili tashkil topgan.
    “O‘tgan yili 50 yoshga to‘ldim, shahrimiz Ufa esa 450 yoshga to‘ldi va men madhiya yozib uni o‘zimga va shaharga sovg‘a qilishga qaror qildim. Buning uchun quray cholg‘uchisi kerak edi va menga Rinat Ramazanovga murojaat qilishni tavsiya qilishdi. Shunday qilib biz birga ishlashni boshladik. Maʼlum bo‘lishicha, quray elektron tovushda ajoyib yangraydi va biz ‘Ay Yola’ deb nomlangan shunday loyihani yaratishga qaror qildik”, deydi Ruslan.
    Yangi jamoa o‘z ijodida butunlay turkiy etnosga tayanadi va shuning uchun barcha qo‘shiqlar boshqird tilida ijro etiladi.

    Foto: Instagram

    Nima uchun “Homay” qo‘shig‘i bunchalik ommalashib ketdi?

    Musiqa mutaxassislari bu haqida hali-hanuz bahslashmoqda. Baʼzilari bu tasodif va ilovalar algoritmlariga bog‘liq deb hisoblaydi, ular ko‘pincha yangi ijrochilarni “yuqoriga” ko‘taradi. Boshqalari esa mashhurlikning siri qo‘shiqning mavzusida ekanligini ta’kidlashadi. Turkiy epik shoirlar ko‘plab madaniyatlarning asosini tashkil etadi va shuning uchun turli mamlakatlar aholisi ushbu qo‘shiqni yoqtirib qolishdi.

    Hozirda ko‘plab foydalanuvchilar ushbu qo‘shiqqa videoroliklar yaratmoqda. Masalan, qizlar onalari, buvilarining qizlik familiyalarini eslab, o‘z nasllarining tarixini tiklashmoqda. Umuman olganda, kompozitsiyaning etnik mazmuni ko‘pchilikni o‘z xalqining madaniyatiga chuqurroq sho‘ng‘ishga undadi.

    Foto: Instagram

    Qo‘shiq ayniqsa O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiya kabi mamlakatlarda katta shuhrat qozondi. Biroq keyinchalik u nafaqat MDHda, balki Finlyandiya, Chexiya, Daniya, Niderlandiya, Germaniya, BAA, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Janubiy Koreyada ham eng yaxshi qo‘shiqlar ro‘yxatiga kirdi. Bu shuhratning sababi elektron musiqa va xalq cholg‘ularining qiziqarli uyg‘unligi deb hisoblashmoqda.

    Barcha tanqidchilar bugungi kunda biror qo‘shiqning shuhrati juda murakkab prognoz qilinadigan narsa degan qarorga kelishdi. Ruslan Shayxiddinovning o‘zi esa qo‘shiqda barcha zarur omillar birlashgan deb hisoblaydi.

    Foto: Instagram

    “Aslida hamma narsa juda oddiy. Sir shundaki, qo‘shiq tinglovchilarga shunchaki yoqdi, ularning qalbiga kirib bordi. Adelning obrazi, tovush, do‘mbira bilan kirib kelayotgan ovoz bularning barchasi shunday uyg‘unlashdiki odamlarning o‘zi qo‘shiqni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Keyin radiostansiyalar qo‘shildi, odamlar trendlarni yaratishni boshladi, raqsga tushishdi, kuylashdi, milliy kiyimlarini ko‘rsatishdi. Qo‘shiq shu vaqtda, shu yerda va hozir paydo bo‘lishi kerak edi. Bu sodir bo‘ldi”, dedi u.

    Bundan tashqari, qo‘shiq va guruhni targ‘ib qilish uchun katta byudjet sarflanmagan, deb taʼkidladi artist.

    “Homay” qo‘shig‘i qadimgi turkiy madaniyatlarda uchraydigan afsonaviy qush haqida hikoya qiladi.

    Qo‘shiqda “Homay” (Humo) qushining “Ural-Botir” afsonasidagi obrazi aks ettirilgan. Bu afsonada “Homay” — samoviy xudo “Samrau” va Quyoshning qizi bo‘lib, “Ural-Botir”ga yovuz kuchlarga qarshi kurashish uchun olmos qilich va afsonaviy “Akbuzat” otini sovg‘a qiladi. “Homay” “Ural-Botir”ga nafaqat ittifoqchi, balki rafiqa ham bo‘ladi.

    Qo‘shiqda “Homay”ning “Ural-Botir”ga abadiy hayot manbasiga yo‘l ko‘rsatganligi, shuningdek, “Ural-Botir”ning bu manbadan suv ichish o‘rniga, uni butun insoniyat uchun qutqarishga bag‘ishlaganligi haqida hikoya qilinadi. “Homay” esa, sodiq sevgili sifatida, bu voqealardan so‘ng abadiy laylakka aylanadi.

    Qo‘shiqda “Homay”ning hech qachon begonalar bilan turmush qurishga rozi bo‘lmaganligi, o‘z yurtida qadimgi urf-odatlarga sodiq qolgani, vataniga sodiq o‘g‘illarni tarbiyalagani va boshqird go‘zallarining qalbida abadiy hayot manbasiga yo‘l muhrlangani haqida kuylanadi. Shuningdek, taronada “Homay”ning boshqird xalqining madaniyati va anʼanalariga sodiqligi, shuningdek, ayolning kuchli va sodiq ruhi aks ettirilgan.

    “Ay Yola” guruhi hozircha faqat ikkita qo‘shiq chiqargan: “Batyr” (“Botir”) — fevral oyida va “Homay” — mart oyida. Lekin guruh aʼzolari aytganidek, bu butun loyiha “Ural-Botir” dostoniga bag‘ishlangan albom bo‘lib, undagi qo‘shiqlar “serial” formatida chiqariladi.

    Foto: Instagram

    Baʼzi boshqirdlar qo‘shiqni nima uchun tanqid qilishdi?

    Boshqird auditoriyasining bir qismi Adelning milliy tildagi talaffuzidan norozi bo‘ldi. Odamlarning fikricha, ko‘pgina iboralarni tushunish qiyin va rus tilidagi aksent seziladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat izohlar, balki “men boshqirdman va qo‘shiqda nima haqida kuylanayotganini tushunmayapman”, kabi mustaqil videolar ham paydo bo‘ldi. Ammo qizni himoya qilishga kirishgan tinglovchilar ham topildi. Ularning fikricha, hamma narsa vokalning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.

    Foto: Instagram

    “Uning nima kuylayotganini tushunish uchun Ural haqidagi dostonni bilish va o‘qish kerak. Shunda hamma narsa o‘z o‘rniga tushadi. U so‘zlarni cho‘zibroq aytadi, axir bu qo‘shiq-ku. Hozir shunday kuylash odat tusiga kirgan”, deb yozgan muxlislaridan biri.

    Adel tanqidga xotirjam munosabat bildirdi. U o‘zini yarim rus ekanligini va oilasida boshqird tilida so‘zlashuvchilar bo‘lmaganini taʼkidladi.

    “Lekin bu men uchun xalq madaniyatiga qiziqish va ona tilida kuylashga xalaqit bermaydi. Aksent haqidagi izohlarga mutlaqo oddiy munosabatda bo‘laman, baʼzi tinglovchilar, aksincha, unda o‘ziga xoslikni topishdi”, deydi u.

    18 aprel, 15:00   Izoh (0)   11551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shou-biznes#Qo‘shiq#Xonanda#Homay#Guruh#Xit Tarona
    Anora Gulyamova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hayot bo‘lganida, 50 yoshni qarshi olardi: o‘limi muxlislar qalbini larzaga keltirgan Shahnozabonuni xotirlaymiz

    4 aprel, 13:52

    Instagram: Munisa Rizayeva 15 daqiqada qancha pul topadi? Mo‘min Ibrohimovdan xavfli tryuk, onasi haqida gapirgan Zohirshoh Jo‘rayev 

    2 aprel, 09:47

    Avtohalokat, qotillik va og‘ir kasallik tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘zbekistonlik mashhurlar

    14 aprel, 18:55

    Faoliyatini qo‘shiq kuylashdan boshlagan va klip syomkasida baxtini topgan Asal Shodiyeva 33 yoshda

    7 aprel, 17:45

    Kino haqida hatto orzu ham qilmagan: turk aktyor va aktrisalarining asl kasblari

    7 aprel, 19:55

    Britaniyalik xonanda Ed Shiran “Azizam” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi (video)

    8 aprel, 14:00

    Muvaffaqiyatsiz turmush, depressiya va ortiqcha vazn bilan kurash: Nilufar Usmonova haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    8 aprel, 14:55

    Orzulari bir olam edi: Mudhish YTH oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumgan aktrisa Farangiz Rejametovani xotirlaymiz

    9 aprel, 19:45

    Amerikaning eng boy aktrisasi kim? Juliya Roberts esa oxirgi o‘rinda

    10 aprel, 12:56

    Piar uchun o‘zini sevishgan juftlik sifatida ko‘rsatgan mashhurlar 

    10 aprel, 21:35

    “Sichqon” dramasi yulduzi Li Sin Gi sudda 403 ming dollar undirib oldi

    12 aprel, 09:58

    Tiktoker va blogerlar ro‘yxatda yo‘q: 30 yoshga to‘lmasdan eng badavlat tadbirkorlarga aylangan zumerlar

    17 aprel, 11:54

    Bolaligidayoq mashhur bo‘lgan aktyorlarning keyingi taqdiri qanday kechdi?

    18 aprel, 08:10

    “Istedim”ni o‘zbeklar mashhur qildi”. Roza Zergerlining O‘zbekistondagi ilk konserti qanday o‘tmoqda?

    15 aprel, 20:50

    Shifokorlarni hayratga solgan parhez: Beyonse va Madonna tez ozish uchun qanday ovqatlanadi?

    17 aprel, 20:35

    O‘tmishdan voz kechib: ismini o‘zgartirgan Grayms, Snoop Dogg va boshqa mashhur xonandalar

    17 aprel, 08:15

    Farrux Zokirov 79 yoshda: ikkinchi turmushidan baxtini topgan 6 ta davlat xalq artistining hayot va ijod yo‘li haqida 

    17 aprel, 10:55

    Selena Gomes, Kim Kardashyan va bedavo kasalliklar bilan kurashib yashayotgan boshqa mashhurlar

    17 aprel, 13:59

    Ayyor milliarder: Hermes merosxo‘ri o‘zining 13 mlrd dollarlik mol-mulkini “asrandi” bog‘bonga berishga qaror qildi

    18 aprel, 09:55

    Turkiyalik xonanda Tarkan og‘ir judolikka uchradi

    17 aprel, 09:53

    40 kunligida tashlab ketilgan, aktyor eri bilan ajrashgan, uch o‘g‘ilning onasi, rejissyor Zebo Navro‘zova 60 yoshda

    17 aprel, 16:45

    Milliarder Ilon Mask ma’shuqalarining “jim yurishi” uchun qancha pul to‘laydi?

    17 aprel, 14:45

    Uitni Hyuston ishtirokidagi “Tansoqchi” filmi qayta suratga olinadi

    17 aprel, 19:34

    Alla Pugachyova 76 yoshda: rossiyalik taniqli xonanda hozir qanday hayot kechirmoqda?

    17 aprel, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.