• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kelajak mojarolarini bashorat qilgan kitob: Hantington qanchalik haq?

    “Agar amerikaliklarning o‘zi Sharqiy Osiyo jahon iqtisodiyotining yuragiga aylanishiga ishonar ekan... AQSH Sharqiy Osiyoda qudratli raqibi bo‘lishiga chiday olmaydi”.

    Samuel Hantington “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangi dunyo tartibi”.

    90-yillar boshida Sovet Ittifoqi parchalanib, ikki qutbli dunyo tartiboti o‘z nihoyasiga yetgach, dunyo siyosatshunos olimlarining oldida “endi dunyo tartiboti qanday bo‘ladi?” degan katta bir savol paydo bo‘ldi. Shunda bir qancha siyosatshunos olimlar o‘z qarashlarini ilgari sura boshladi. Ulardan biri amerikalik Samuel Hantington edi.

    Hantington o‘zining “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangi dunyo tartiboti” deb nomlangan kitobida Sovuq urushdan keyingi dunyo manzarasi qanday bo‘lishi haqida o‘z prognozlarini bayon qilgan. Amerikalik boshqa taniqli siyosatshunos olim Henri Kisencher ushbu kitob haqida “Sovuq urush davri o‘z nihoyasiga yetganidan buyon yaratilgan eng ahamiyatga molik kitoblardan biri”, degan edi.

    “Daryo” jurnalisti ushbu kitobni siyosatshunoslar Farhod Karimov va Muhtor Nazirovlar  bilan muhokama qildi.

    — Kitob 2000-yillarda chop etilgan bo‘lsa-da, kitobning ilk boblarida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro haqida so‘z ketadi. Qiziq jihati, Hantington Ukraina urushini bashorat qilib, kun kelib mamlakat ikki qismga ajralishini taʼkidlaydi. Va yana bir muhim jihati, siyosatshunos Rossiya G‘arbni o‘ziga dushman deb bilishini, o‘z navbatida, G‘arb ham Rossiyani dushman deb hisoblashini taʼkidlagan. Hantington mana shu konfliktga yechim ham ko‘rsatib o‘tadi. Olim bergan yechimlar qanchalik bugungi davrga to‘g‘ri keladi?

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Agar tarixni juda chuqur o‘rgansangiz, siz ham ko‘p narsalarni bashorat qilishni boshlaysiz. Aslida, Ukraina muammosi Sovet Ittifoqi shakllanayotgan paytlarda bo‘lgan. Nikita Xrushchyov birinchi kotib bo‘lgan vaqt (1953-1964)da Rossiya tarkibidagi Qrim yarimorolini Ukraina tarkibiga o‘tkazgan. Yaʼni SSSR parchalanishidan avval ham Ukraina masalasida muammolar bo‘lgan. Va Rossiyaning ambitsiyalarini inobatga oladigan bo‘lsangiz, Ukraina masalasiga Rossiya qachondir qaytishini tarixni chuqur o‘rgangan inson ham bashorat qila olar edi. Men aytmoqchi bo‘lganim, Ukraina mojarosi sivilizatsiyaviy to‘qnashuv emas. To‘g‘ri, bu konflikt negizida sivilizatsiya omillari mavjud. Chunki Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) davrida Ukraina G‘arbidagi aholi nemislarni gullar bilan kutib olgan. Yaʼni Hantington mana shu mojaroning ildizlarini chuqur o‘rganib, o‘z kitobida chiroyli tarzda tasniflab bera olgan va shu orqali AQSH siyosatchilariga kelajakda qayerga eʼtibor qaratish kerakligi haqida ishora bergan.

    Muhtor Nazirov, siyosatshunos:

    — Sivilizatsiyalar borasidagi akademik doiradagi fikrlar Hantington tomonidan bitta kitobga tartibli tarzda joylashtirilgan. 90-yillardan keyin dunyoni tartibga solib turgan mafkuraviy qarama-qarshilik yakuniga yetganidan so‘ng, bir mafkura bosimi ostida tinch bo‘lib turgan muammolar qayta qo‘zg‘aldi. Ulardan biri — o‘zlik masalasi.

    Muhtor Nazirov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Hantington o‘z kitobida “Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng vujudga keladigan yangi dunyo tartibotida endi mafkura yoki davlatlar o‘rtasida qarama-qarshilik emas, balki sivilizatsiyalar va madaniyatlar qarama-qarshiligi vujudga keladi. Va diniy tafovutlar o‘rtasidagi keskinliklar kelgusidagi dunyo tartibotining asosini belgilab beradi”, degan fikrni ilgari suradi.

    Ukraina shakllanayotganda Rossiya imperiyasining hududlari Ukrainaga qo‘shib berilgan. Masalan, Ukrainaning G‘arbiy hududlariga Vengriya va Polsha o‘zining tarixiy hududi sifatida qaraydi. Yaʼni mana shu madaniy tafovutlar Ukrainani birlashtira olmagan.

    Rossiya pravoslav sivilizatsiyaning markazi bo‘lishga daʼvo qiladi. Chunki bu sivilizatsiya mamlakatlari ichida hududi jihatdan eng katta va kuchli davlat bu — Rossiya. Lekin pravoslav sivilizatsiyasining markazi borasida aniq to‘xtam yo‘q. Rossiya pravoslavlar uchun qanchalik “avtoritet”ga ega yoki pravoslavlar Rossiya atrofida birlashadigan markaz deb hisoblaydimi? Albatta, yo‘q. Masalan, ukrainlar bilan muloqot qilsangiz, hozirgi rus davlatchiligi slavyan va turk sivilizatsiyasining aralashmasi natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydi. Ukrainlar esa o‘zini pravoslav deb hisoblab, “biz Sharqiy yevropalikmiz” deydi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari — Polsha, Vengriya, Chexiya, Estoniya, Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya. Ukraina ham o‘zini Sharqiy Yevropa mamlakatlari qatoriga qo‘shadi.

    Ukraina hududi jihatdan ham ikki qismga bo‘lingan. Bu tilda ham aks etadi. Ukrainaning G‘arbiy hududlarida aholining 97 foizi ukrain tilida gaplashadi va boshqa tilni inkor etadi. Markaziy hududlari esa 50/50. Sharqiy hududlarida esa rus madaniyati kuchli. Shuning uchun ham Samuel Hantington muammoli bo‘lingan sivilizatsiya sifatida pravoslav sivilizatsiyasini keltirib o‘tadi. Buning yorqin misoli — Ukraina.

    Kiyev Rusi davlati (980-1054)
    Foto: ru.pinterest.com

    Nega Rossiya Ukrainani nazoratga olishga intiladi? Chunki Rossiya davlatchiligining markazi Rossiya hududida emas-da! Istiqbolda Ukraina Yevropa integratsiyasiga qo‘shilib ketishi Rossiya uchun ichki xavflarni tug‘diradi. Birinchi o‘rinda ichki o‘zlikka taʼsir ko‘rsatadi! Endi buning geosiyosiy sabablari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, kelajakda G‘arb bilan to‘qnashuv sodir bo‘lsa, bunda Ukraina to‘qnashuvlar hududiga aylanishi Rossiya uchun maqbulroq.

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Agar Rossiya o‘z sivilizatsiyasi uchun kurashmoqda, desak, xristian dinining vatani Yevropa emas, balki Yaqin Sharq. Turkiya sivilizatsiyaning markazi Turkiya emas, balki Markaziy Osiyo. Yaʼni o‘z sivilizatsiyasini rivojlantirish uchun o‘sha sivilizatsiyaga egalik qilish shart emas. Masalan, Usmonli turk imperiyasi o‘z sivilizatsiyasidan uzoqda bo‘la turib, rivojlandi. “Rossiya Kiyevsiz o‘z identifikatsiyasini yo‘qotadi”, degan fikrga men biroz qo‘shilmayman. Mening nazarimda, tashqi munosabatlarda birinchi o‘rinda iqtisodiy va siyosiy manfaatlar yotadi.

    Muhtor Nazirov, siyosatshunos:

     — Farhod aka, gapingiz to‘g‘ri. Aynan shuning uchun ham Hantingtonni tanqid qilishadi. Chunki u hamma narsani qoplashtirishga harakat qiladi. Dunyo tartiboti juda murakkab, barcha konfliktlarni sivilizatsiya asosiga tortish to‘g‘ri emas. Albatta, barcha davlatlarning o‘z milliy manfaatlari mavjud.

    — Va yana bir muhim jihati, siyosatshunos Rossiya G‘arbni o‘ziga dushman deb bilishini, o‘z navbatida, G‘arb ham Rossiyani dushman deb hisoblashini taʼkidlagan. Mana shu muammoni Hantington Rossiyani G‘arb sivilizatsiyasiga qo‘shish orqali hal qilish mumkinligini yozadi. Nima deb o‘ylaysizlar, Rossiya kun kelib G‘arb sivilizatsiyasi bilan yaqinlashishi mumkinmi?

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    Farhod Karimov, siyosatshunos:

    — Aslida, Rossiya G‘arbga u qadar uzoq emas. Yaʼni bu ikki sivilizatsiya keskin konfrontatsiya rivojlangan sivilizatsiyalar emas. Masalan, O‘rta asrlarda Rossiya imperiyasidagi imperatorlar Yevropadagi qirollar bilan qarindosh bo‘lgan. Lekin u paytda Yevropa sivilizatsiyasi Rossiya sivilizatsiyasidan oldinda edi. XX asrdan keyin qadriyatlarning yo‘qolishi Yevropa sivilizatsiyasini qaritdi. Bu haqda ham Hantington o‘z asarida yozgan. Rossiya sivilizatsiyasi esa hali yosh. Shuning uchun Yevropa sivilizatsiyasi o‘ziga mutlaqo begona bo‘lgan sivilizatsiyalarni yaqinlashtirgandan ko‘ra, o‘ziga yaqinroq bo‘lgan rus sivilizatsiyasini jon saqlab qolishi uchun assimilyatsiya qilgani yaxshiroq. Misol uchun, Hantington Yevropa sivilizatsiyasini saqlab qolish uchun Janubiy Amerika sivilizatsiyasini yaqinlashtirishi kerak, deb taʼkidlaydi. Bu konsepsiya bor va buning ustida ishlashmoqda. Shuning uchun Rossiya bugun Yevropa bilan urush holatida. Lekin kun kelib ular aslida bitta sivilizatsiyadan ekanligini anglab yetadi.

    Muhtor Nazirov, siyosatshunos:

    — Pravoslav sivilizatsiyasi faqat Rossiya emas. Pravoslav sivilizatsiyasining ichiga Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Moldova, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya, Estoniya) kiradi. Hozir bu hududdagi mamlakatlar sekin-asta G‘arb sivilizatsiyasiga integratsiya qilib bormoqda. Yaʼni diniy va madaniy tafovutlar yo‘qolib bormoqda. Lekin ruslarni yevropaliklar to‘liq yevropalik deb hisoblamaydi. Osiyoda esa ruslarni osiyolik deb hisoblashmaydi. Shuning uchun ham ruslar o‘zini ko‘proq Yevrosiyo mamlakati deb biladi. Hozir G‘arb yangicha ko‘rinishda shakllanmoqda. G‘arb sivilizatsiyasi o‘zining harbiy va iqtisodiy ustunligini saqlab qolmoqchi.

    Bir vaqtlar Rossiyani NATOga qo‘shish fikri ham bildirilgan edi. Shunda siyosatshunoslar “Rossiya NATOga qo‘shiladimi yoki NATO Rossiyaga qo‘shiladimi”, degan savolni berishgan. Rus geosiyosatchilarining tafakkurida Rossiya baribir mustaqil kuch markazi bo‘lib qolaveradi. Va o‘z atrofida mayda mamlakatlar guruhini shakllantirishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan yaqin istiqbolda Rossiya G‘arb sivilizatsiyasi bilan yaqinlashmaydi.  Bo‘lishi mumkin, masalan, Sovet Ittifoqini parchalash uchun bir vaqtlar Xitoyni G‘arb SSSR orbitasidan chiqarib olgan. Xuddi shu singari, G‘arb Xitoyni yakkalash uchun Rossiyani uning orbitasidan chiqarib olishi mumkin. Faqat bu yerda birgina muammo mavjud. Buni ko‘p rus siyosatshunoslari taʼkidlaydi. Hozirgi G‘arb siyosatchilariga Rossiya hududining kattaligi to‘g‘ri kelmaydi. G‘arb uchun kichikroq Rossiya kerak. Agar o‘rtamiyona Rossiya bo‘lganida, allaqachon Yevropaga integratsiya qilib ketgan bo‘lar edi.

    Farhod Karimov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    — Hantington kelajakda endi mamlakatlar emas, balki sivilizatsiyalar o‘rtasida kurash kechishini bashorat qilgan. Bugungi kundagi dunyoda yuz berayotgan mojarolar aynan Hantington aytganidek sivilizatsiyalar to‘qnashuvimi?

    Muhtor Nazirov, siyosatshunos:

    — Hantington yozgan kitob boshidan oxirigacha G‘arb sivilizatsiyasi uchun qayg‘urib yozilgan. Misol uchun, Hantigton G‘arb sivilizatsiyasi uchun eng katta xavf sifatida Islom va Xitoy sivilizatsiyasining yaqinlashuvini ko‘radi. Ular ayro holda G‘arbga xavf tug‘dira olmaydi. Hozir Islom mamlakatlari ham, Xitoy ham G‘arbga qarshi maʼlum bir koalitsiyalarga birlashmadi. Balki AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp davrida (2017–2021) Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan ochiqchasiga bahslashdi. Bu jarayon Jo Baydenning prezidentlik davrida ham davom etmoqda. Hatto Bayden bunga Yevropa mamlakatlarini ham torta bildi. Yaʼni G‘arb va Xitoy o‘rtasidagi raqobat kuchayib bormoqda.

    Hozirda dunyoda global Janub degan yangi qutb shakllanmoqda. Bu qutbni harakatga keltirayotgan mamlakatlardan biri bu — Xitoy. Lekin global Janub G‘arbga o‘xshab bitta sivilizatsiya emas. Ularni birlashtirayotgan narsa AQSH va Yevropa yaratgan dunyo tartibotidan norozilik. Global Janubning eng yuqori institutsional ko‘rinishi bu — BRIKS tashkiloti. BRIKS mamlakatlarini birlashtirgan asosiy omil — manfaat, sivilizatsiya emas.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    16.05.2024, 21:00   Izoh (0)   10835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    HAMAS vakillari Livan poytaxtida “Hizbulloh” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.05.2024, 19:50

    Isroil BMTning Falastin huquqlari haqidagi rezolyutsiyasini rad etdi

    16.05.2024, 10:35

    AQSH Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda 

    16.05.2024, 17:35

    “Isroil hukumati Rafahga qo‘shimcha kuchlar yuboradi” — Isroil mudofaa vaziri

    16.05.2024, 20:55

    Yevropa Ittifoqi 54 ta mudofaa loyihasi uchun 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi

    16.05.2024, 20:30

    Shvetsiyada fuqarolar parlament binosi oldida hukumatning Isroilni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi namoyish o‘tkazdi

    16.05.2024, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50

    Opta nashri Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

    Sport | 2 iyul, 14:45

    Donald Tramp saylov g‘alabalariga bag‘ishlab Victory 45-47 atirlarini taqdim etdi

    Layfstayl | 2 iyul, 14:35

    Fransiyada ochiq joylarda tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

    Dunyo | 2 iyul, 14:20

    “To‘yga taklif qilinmasa ham, boraveradimi?” — Ravshan Komilovning videomurojaatiga javob berildi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 14:10

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 14:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.