Turkiyaning Antaliya viloyati Manavgat tumanida sayyohlar avtobusi yo‘ldan chiqib ketishi natijasida kamida 19 nafar rossiyalik sayyoh va haydovchi jarohatlangan. Bu haqda TRT Haber xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, dam oluvchilar Antaliya aeroportidan Side shahriga yo‘l olishgan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 atrofida yuz bergan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, Mustafobey xiyobonidagi Gyundo‘g‘du tumanida yo‘l chetiga chiqib ketgan. Bundan tashqari, qulagandan so‘ng avtobus issiqxonaga urilib to‘xtagan.
“Hodisa joyiga jandarmeriya va tez yordam brigadalari jo‘natildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi jarohat olgan. Avtobusda jami 25 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan. Ularning ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q”, deyiladi xabarda.
Guvohlar yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini tasvirga tushirgan. Kadrlarda avtobusning yon tomoni bilan yotgani, old oynasi sinib tushgani ko‘rinib turibdi.
Rossiyaning Saratov viloyatida yuz bergan YTHda O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, yana 5 nafari jarohatlandi.
Rossiyaning Novgorod viloyatida 16-mart kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning bir nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi.
2-martga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Samara—Chimkent trassasida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avtobusdagi 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan.
22-fevral kuni kuni O‘zbekiston davlat raqamiga ega Lada Largus avtomobili va “Simaz” avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Avtomobilda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Oqibatda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi — E.F. va J.A. voqea joyida, O.A. esa og‘ir jarohatlar sababli kasalxonada vafot etgan.
Izoh (0)