• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Doramalar davri qanday boshlangandi? Dunyo tomoshabinlarini ekran qarshisiga mixlagan eng mashhur seriallar

    1990-yillarning oxiri 2000-yillarning boshlarida, dastlabki doramalar kassetalarga joylashtirilganida va bugungi kabi raqobat bo‘lmaganida, minglab odamlar ularni xarid qilib, qiziqish bilan tomosha qilar, qahramonlarning taqdiri uchun tashvishlanardi. Asosiy aktyorlar esa haqiqiy yulduzlarga aylanardi. Shu davrda hind kinosining davri koreys to‘lqini bilan almashdi. Hozirda bu seriallar allaqachon koreys kinoteatrining klassikasi hisoblanadi.

    Quyida doramalar davrini boshlagan 5 ta mashhur koreys seriali haqida hikoya qilamiz.

    1. “Qalbim chechagi”

    Bu reytingni, albatta, “Zolushka”ning (koreyscha versiyasi) hikoyasi ochib beradi:

    Foto: Google Images

    Syujet: Yun I (Chxve Chin Sil) ismli qiz otasining vafotidan keyin yetimxonaga tushadi va u yerda otasining do‘sti uni o‘z oilasiga olib boradi. Yomon o‘gay ona, Son xonim va o‘gay singlisi Yun Ini o‘zlarining dunyosiga mos emas deb hisoblab, uni qabul qilmaydi. Shuning uchun qahramon o‘z baxtini va taqdirini o‘zi qurishga qaror qiladi. Va bunda unga ikki kelishgan yigit yordam beradi: biri otasining qarshiligiga qaramay, qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgan “shahzoda” Kan Min (An Je Uk) ikkinchisi moda uyi bosh dizayneri Li Jun Xi (Cha In Pyo).

    Foto: Google Images

    Serial ko‘pchilikka nafaqat taʼsirli syujeti va aktyorlar ijrosi, balki “Forever” kabi taʼsirli qo‘shiqlari bilan ham juda manzur bo‘ldi, bu qo‘shiqni An Je Uk ijro etgan:

    “Qalbim chechagi” O‘zbekiston televideniyesida namoyish etilgan birinchi koreys seriali bo‘ldi. Dorama MDH mamlakatlarida shunchalik mashhur bo‘ldiki, hatto uni rus va o‘zbek tillariga to‘liq tarjima qilishdi.

    Birinchi marta televideniyening hiti sifatida qiziqarli kriminal va jangari filmlar emas, balki tomoshabinlarning qalbini eritib yuboradigan nozik va hissiy koreys muhabbat hikoyalari paydo bo‘ldi.

    1. “Zolushka uchun tufli”

    Syujet: Ikki opa-singil, Txe Xi (Kim Ji Xo) va Yun Xi (Kim Xyon Ju) hayoti haqida drama. Ular ota-onalarini yo‘qotadi va taqdirning irodasi bilan 15 yilga ajralib qolishadi. Ulardan biri begona oilaning qo‘liga tushadi, xotirasini yo‘qotadi, qashshoqlikda yashaydi, lekin baribir tabassum qilishni davom ettiradi. Ikkinchisi esa aksincha, asl bobosini topadi va istagan narsasiga ega bo‘ladi. Lekin uni bolalikda singlisini yo‘qotgani uchun aybdorlik hissi tark etmaydi. Va tez orada ular nihoyat bir-birlarini topadi va bir erkakka oshiq bo‘lishadi...

    Foto: Google Images

    Bu doramada “Quyosh xo‘jayini”, “Oh, mening Veneram” va boshqa doramalardagi rollari bilan mashhur bo‘lgan yosh So Ji Sopni ko‘rish mumkin.

    Foto: Google Images
    1. “Qish sonatasi”

    Butun Osiyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan “Qish sonatasi”ning oxirgi qismi Yaponiya teletomoshabinlarining to‘rtdan bir qismini ekranlarga mixlab qo‘ydi!

    Foto: Google Images

    Syujet: Kan Jun Sang (Pe Yon Ju) ismli o‘rta maktab o‘quvchisi Seuldan onasining tug‘ilgan shahriga keladi va yangi maktabga o‘tadi. U juda yolg‘iz va sovuqqon. Shuning uchun sinfdoshi Yu Jin (Chxve Ji U) u bilan yaqinroq tanishishga qaror qiladi. Lekin bir kuni maktab safarida u o‘rmonda yo‘qolib qoladi va uni Jun Sang qutqaradi. Shu paytdan boshlab uning yuragidagi muz asta-sekin eriy boshlaydi va u Yu Jinga oshiq bo‘ladi. Lekin fojia sodir bo‘ladi: Yangi yil bayrami arafasida Jun Sang avtohalokatga uchrab halok bo‘ladi...

    Oradan 10 yil o‘tadi. Sobiq sinfdoshlar yana birga to‘planib, Yu Jin va bolaligidan beri unga oshiq bo‘lgan San Xyuk (Pak Yon Xa)ning unashtiruvini nishonlaydi. Ularning do‘sti O Che Rin (Pak Sol Mi) ham o‘z sevgilisi Li Min Xyo bilan keladi, u vafot etgan Jun Sangning o‘zi bo‘lib chiqadi...

    Serialning baʼzi sahnalari suratga olingan Nami oroli (Chunxon shahri) Janubiy Koreyaning eng mashhur sayyohlik joylaridan biriga aylandi. Dorama chiqqandan keyin sayyohlar soni uch baravar ko‘paydi. Mehmonlar serialning bosh qahramonlari kabi xiyobonlarda sayr qilishlari yoki velosipedda uchishlari mumkin.

    Foto: Google Images

    Shuningdek, u yerda Jun Sang va Yu Jin personajlariga o‘rnatilgan haykalni ko‘rish va uning yonida suratga tushish mumkin.

    Nomidan ham anglab olish mumkin, serialda juda chiroyli va atmosferali musiqa ko‘p. Dorama qo‘shiqlari o‘sha davrning mashhur xonandasi Ryu tomonidan ijro etilgan. Bundan tashqari, skripka va fortepiano uchun instrumental saundtreklarni, jumladan, “River flows in you”, “Kiss the rain”, “Love hurts” va boshqa taronalarning muallifi bo‘lgan dunyoga mashhur koreys bastakori Yiruma asarlarini eshitish mumkin.

    Foto: Google Images

    Dorama “koreys to‘lqinining” dastlabki namoyon bo‘lishlaridan biri edi. Serialning mashhurligi fonida 2009-yilda uning anime versiyasi, myuzikl, videoo‘yinlar chiqdi. O‘sha paytda O‘zbekiston bozorlarida qahramonlar tasvirlangan ko‘plab mahsulotlarni (futbolkalar, daftarlar, ruchkalar va boshqalar) topish mumkin edi.

    “Qish sonatasi” butun dunyo bo‘ylab Janubiy Koreyaga katta qiziqish uyg‘otdi va bundan ham ajablanarlisi, hatto Yaponiya bilan munosabatlarni yumshatishga sabab bo‘ldi.

    Chiroyli tabiat manzaralari, taʼsirli va hayajonli syujet, aktyorlarning to‘g‘ri tanlangani, serial voqealariga mos keladigan musiqiy bezak tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi, ularni har kuni kechqurun yangi qismlarni tomosha qilishga shoshiltirdi va ularda chuqur qayg‘u, samimiyat va yorqin quvonch kabi his-tuyg‘ularni uyg‘otdi.

    1. “Saroy javohiri”

    Tarixiy doramalar koreys kinematografiyasida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, kuchli ayollar taqdiri haqida hikoya qiluvchi filmlar (“Imperator xonim Ki”, “Qirolicha Sondok”, “Chan Ok Chon”).

    Foto: Google Images

    “Saroy javohiri” — xalqaro miqyosda hitga aylangan va 90 dan ortiq mamlakatda namoyish etilgan birinchi tarixiy doramalardan biri bo‘lib, uning daromadi 103 million dollardan oshdi. Shundan so‘ng koreys anʼanaviy madaniyati va tarixiga bo‘lgan qiziqish Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Peru, Kolumbiya, Misr, Avstraliya, AQSH, Yangi Zelandiya va Rossiya kabi mamlakatlarda yanada kuchaydi.

    Syujet: Dorama haqiqiy voqealarga asoslangan va Choson sulolasi qiroli uchun birinchi ayol shifokor bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan yetim qiz Chan Gim (Li Yon E) haqida hikoya qiladi. Ijtimoiy kamsitish davrida jasur va qatʼiyatli qahramon koreys oshxonasi va tibbiyotining sirlarini o‘rganib, hukmdorni kasallikdan davolashga harakat qiladi.

    Foto: Google Images

    Albatta, serialda har qanday tarixiy dramada bo‘lgani kabi, taʼsirli va ayni paytda fojiali sevgi va do‘stlik hikoyalari, siyosiy fitnalar va boshqa qiziqarli syujet chiziqlari ham mavjud.

    Tarixiy janrda film suratga olish juda qiyin, chunki o‘tmish davri voqealarini barcha tafsilotlari bilan iloji boricha aniq aks ettirish muhimdir. Va ushbu dorama yaratuvchilari bunga erishdi: tomoshabin koreys tabiatining rang-barang manzaralari, ulug‘vor saroylar, anʼanaviy kiyimlar (hanbok) va bezaklar orqali XV asr Choson atmosferasiga sho‘ng‘iydi.

    Hatto qahramonlar dialoglarida ham qadimgi koreys tiliga xos murakkab nutqiy talaffuzni sezish mumkin. Va bu tasodifiy emas: aktyorlar o‘sha davr ruhini aniqroq yetkazish uchun maxsus talaffuzni o‘rgandi. Shuning uchun “Saroy javohiri”ni nafaqat eng mashhur, balki eng ishonchli tarixiy doramalardan biri deb hisoblash mumkin.

    1. “Taqdir o‘yini”

    “Taqdir o‘yini” doramasi, albatta, muvaffaqiyatga erishishi tabiiy edi. Qiziqarli syujet, isteʼdodli aktyorlar, Koreya va Cheju orolining ajoyib manzaralari, shuningdek, yoqimli musiqa va albatta Li Byon Xonning ajoyib ijrosi serial omadli bo‘lishini taʼminlagan.

    Foto: Google Images

    Syujet: Bolaligida yetim qolgan Kim In Xa (Li Byon Xon) mohir qartaboz bo‘lgan amakisi tomonidan tarbiyalanadi. Jasur va ishonchli yigit boy oiladan bo‘lgan o‘g‘il — Chxve Yon Von (Chi Son) bilan yaqin do‘st bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay, In Xa Min Su Yon (Son Xe Gyo) bilan tanishadi va unga oshiq bo‘ladi. Ammo u nafaqat uning qalbini, balki eng yaxshi do‘stining qalbini ham zabt etadi.

    Foto: Google Images

    Yon Vonning otasining hiylalari tufayli In Xa qotillikda gumon qilinib, Amerikaga qochishga majbur bo‘ladi. Va u yerda professional poker o‘yinchisi sifatida martaba qozonib xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishadi. Koreyaga qaytib kelgan qahramon o‘z sevgisi uchun sobiq do‘sti bilan kurashga kirishadi.

    Foto: Google Images

    Serial eng yuqori reytinglarga erishdi. Koreyada ham, xorijda ham mashhurlikka, shuningdek, SBS Drama Awards va Baeksang Arts Awards mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Li Byon Xon “Eng yaxshi televideniye aktyori” deb topildi.

    Foto: Google Images

    Qiziqarli fakt: Chi Son “Taqdir o‘yini”dagi roli tufayli katta shuhrat qozondi, bu uning birinchi jiddiy ishi bo‘ldi. Dastlab, serial yaratuvchilari Li Byon Xon uchun sherik topishda qiyinchilikka duch kelishdi, chunki aksariyat nomzodlar mashhur aktyor bilan taqqoslanishdan qo‘rqib, rad etishdi.

    O‘sha paytda bu sohada yangi bo‘lgan Chi Son, rejissyor Yu Chxol Yonning o‘zidan bu rolni so‘radi. Aktyorning o‘zi eslatishicha, o‘sha paytda u Li Byon Xonning isteʼdodini ortda qoldirishni xohlagan, lekin u qattiq ishlaganda ham, “bu cho‘qqiga chiqa olmasligini” anglagan.

    Shunga qaramay, doramaning muvaffaqiyati tufayli Chi Sonning isteʼdodi eʼtiborsiz qolmadi va u boshqa mashhur loyihalarda (“So‘nggi raqsni menga qoldiring”, “Xo‘jayinni himoya qiling”, “Meni o‘ldir, meni davola”, “Sir” va boshqalar) rollarni oldi. Hozirda u eng mashhur va xarizmatik koreys aktyorlaridan biri hisoblanadi.

    “Taqdir o‘yini” serialining original saundtreki “Like the first day” Pak Yon Xaning ijrosida haqiqiy hitga aylandi (aytgancha, “Qish sonatasi”da San Xyuk rolini aynan u o‘ynagan edi).

    3 aprel, 16:52   Izoh (0)   23586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino#Dorama#Serial#Shou-biznes#Koreya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    07.09.2020, 16:46

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    10.09.2020, 16:23

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi Janubiy Koreya tarixiy seriallari 

    26.04.2024, 18:20

    Kulgidan o‘zingizni tiyolmaysiz: Koreyaning eng kulgili 4 ta seriali 

    12.11.2024, 10:57

    Film ijodkorlariga juda qimmatga tushgan Xitoyning tarixiy seriallari

    17.12.2024, 12:55

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    Bir o‘limdan qolgan qizaloq, modelga aylangan maktab o‘quvchisi, shaxsiy hayotda omadi chopmagan mashhur aktrisa — Son Xe Gyo haqida nimalar ma’lum?

    4 fevral, 09:43

    “Qalbim chechagi”dagi Yun Xi — aktrisa Chxve Jin Sil nima sababdan mashhurlik cho‘qqisida hayotiga yakun yasagan?

    10 fevral, 13:15

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    Bahoriy premyeralar: 2025-yil mart oyida kutilayotgan dorama va animelar

    8 mart, 13:35

    Doramalar nima haqida: Koreys seriallarining to‘rtta mashhur mavzusi

    10 mart, 09:35

    Kinopoisk O‘zbekistonda “Sport” bo‘limini ochdi va telekanallar translyatsiyasini boshladi

    19 mart, 18:00

    2025-yilning eng qiziqarli filmi: “Hayot senga mandarin bersa” koreys serialini tomosha qilish uchun 5 sabab

    28 mart, 17:45

    Chiroyli genetika: turk seriallari yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishga ega?

    2 aprel, 11:48

    Sovet filmlaridagi Disney qahramonlariga ikki tomchi suvdek o‘xshash aktyorlar (foto)

    2 aprel, 08:10

    75 yoshli amerikalik aktrisa Meril Strip turmushga chiqmoqda

    2 aprel, 10:26

    Sevimli filmlarimizdagi e’tibordan chetda qolgan 6 ta qiziqarli detal

    2 aprel, 16:35

    “Garri Potter”dagi mantiqqa zid xatolik: professor Makgonagall qanday qilib tug‘ilmasidan avval Xogvartsda paydo bo‘lgan?

    2 aprel, 19:40

    “Sardor” 25 yoshda: serial qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgargan?  

    2 aprel, 14:01

    Nega deyarli barcha Disney multfilmidagi qahramonlar yetim? Ular bejizga ota-onasiz tasvirlanmagan

    2 aprel, 12:57

    Hindistonning eng badavlat aktyorlari

    2 aprel, 14:50

    Arnold Shvarsenegger ilk bor Forbes milliarderlari ro‘yxatiga kiritildi

    2 aprel, 15:40

    Nima uchun “Qizaloq va maymoq”dagi Masha bunchalik qitmir va quloqsiz?

    3 aprel, 08:15

    “Hukm” turk seriali yulduzi Pinar Deniz birinchi marta ona bo‘ldi

    2 aprel, 20:45

    Sankt-Peterburgda “bomj”lar muzeyi ochildi 

    2 aprel, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Crocus’dagi terror hujumidan yetkazilgan zarar 75 mln dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 20 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 may, 23:00

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Layfstayl | 20 may, 22:45

    “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan” — Tramp

    Dunyo | 20 may, 22:30

    Samarqanddagi to‘yda mashinada guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi (foto, video)

    O‘zbekiston | 20 may, 22:15

    Yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz tayinlanadigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 20 may, 22:00

    Sochingizni jozibali ko‘rsatadigan 8 oddiy layfhak

    Layfstayl | 20 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.