Turkiyaning Istanbul shahrida 2 yoshli bolaga zo‘ravonlik qilgan o‘zbekistonlik enaga qo‘lga olindi. Bu haqda DHA agenligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 25-aprel kuni Istanbulning Fotih tumanida yuz bergan. O‘zbekistonlik ayol M.I. o‘z uyida ikki oydan buyon enagalik qilib kelgan. U o‘zbekistonlik oilaning 2 yoshli farzandiga qarab turishga rozi bo‘lgan. Bolaga qarash davomida unga kuch ishlatib, kaltaklab, tepgan.
Uning uyida bo‘lgan boshqa fuqaro bunga guvoh bo‘lib, ayolning harakatlarini videoga yozib olgan va bu haqda politsiyaga xabar bergan.
Shundan so‘ng uyga huquq-tartibot xodimlari kelib, uni qo‘lga olgan. Uyda jami 7 nafar bola bo‘lgan — 2 nafari ayolning farzandlari, qolgan 5 nafari qo‘shnisining bolalari.
Ish tergovdan so‘ng sudga oshirilgan.
Aprel oyining o‘rtalarida Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik 28 yoshli ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabarlar taralgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan Turkiya fuqarosi spirtli ichimlik iste’mol qilgan. U o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘iga nisbatan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib kelgan.
Izoh (0)