• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erdo‘g‘on va Tramp F-35 qiruvchi samolyotlari masalasida kelisha oladimi — tahlil

    Turkiya 2002-yili F-35 dasturiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shildi. Dastlabki 8 ta hamkor davlatdan biri hisoblangan mamlakat Level-3 statusiga ega bo‘ldi. Bu esa turklarni ishlab chiqarish, yetkazib berish zanjiri va texnologik transferda muhim ishtirokchiga aylantirdi. Anqara qiruvchi loyihasiga qariyb 1.4 milliard dollar sarmoya kiritgan. Mamlakatning 10 dan ortiq kompaniyasi, xususan Turkish Aerospace Industries (TAI), ASELSAN, ROKETSAN va Alp Aviation kabilar 1000 dan ziyod komponentlarni ishlab chiqarish zanjiridan joy oldi. 

    News | All about the F-35 | RTX

    Turkiya dastlab 100 ta F-35A modelini xarid qilishni rejalashtirgan edi. Ularning oltitasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, yetkazib berilmadi. Bunga Erdo‘g‘onning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olish qarori sabab. Vashington xavfsizlik omilini ro‘kach qilib, 2019-yilda Anqarani dasturdan chiqarib yubordi. Ammo Tramp Oq uyga qaytgach, bu masala ikki davlat rahbarlari darajasida muhokama qilina boshladi. Jumladan Erdo‘g‘on bu mavzuga AQSH prezidenti bilan inauguratsiyadan keyingi ilk telefon suhbatida to‘xtalib o‘tdi.

    Turkiya uchun ishlab chiqarilgan, biroq yetkazib berilmagan F-35 qiruvchi samolyoti
    Foto: Defence Security Asia

    Anqara F-35 dasturiga qaytmoqchi bo‘layotganini Xoqon Fidan ham tasdiqladi. Turkiya tashqi ishlar vaziri CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida “biz allaqachon ayrim huquqlarga ega bo‘lganmiz, yana ayrimlariga erishishimiz kerak”, deya ta’kidladi. Breaking Defense nashri bilan suhbatlashgan tahlilchilaga ko‘ra, turklar dasturga qaytishi mumkin. Ammo bu yo‘lda jiddiy to‘siqlar bor.

    “Prezidentlar Erdo‘g‘on va Tramp o‘rtasida mustahkam shaxsiy munosabat bor. Trampning pragmatik siyosiy yondashuvi sabab Turkiya rasmiylari bu muloqotni yangi imkoniyat sifatida ko‘ryapti”, degan Atlantika Kengashi huzuridagi Scowcroft Yaqin Sharq xavfsizligi tashabbusi katta ilmiy xodimi Ali Bakir. 

    Uning fikricha, Tramp Turkiya bilan aloqalarni tiklashni istasa, S-400 tizimlari sabab 2020-yilda joriy etilgan CAATSA sanksiyalarini aylanib o‘tish mumkin. Ammo u ba'zi to‘siqlar borligidan ogohlantirdi.

    “Ayrim xorijiy davlatlar, xususan Isroil, AQSH-Turkiya aloqalariga xalaqit berishga urinishi mumkin, shuningdek Kongress ham Anqaraga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi ehtimoli bor”, degan u.

    Hudson instituti tahlilchisi Jan Kasapog‘li ham Turkiyaning F-35 dasturiga qaytishini “ehtimoliy variant” deb hisoblaydi. Biroq Abu Dabidagi Trends Research & Advisory tadqiqot markazi eksperti Serhat Shuha Chubukchuog‘lu bunga shubha bilan qaraydi. Uning fikricha, Turkiya sanksiyalar bekor qilinmaguncha dasturga qayta olmaydi.

    “Bu sanksiyalarni bekor qilish uchun prezident qarori yetarli emas. Kongress ham rozilik bildirishi kerak. Turkiya S-400 tizimlarini sotib olganda, har ikki partiya ham bunga qarshi chiqqan edi. Agar shuni inobatga olsak, bu juda katta muammo bo‘ladi,” – dedi u.
    F-35 uchuvchilari uchun ishlab chiqilgan, har birining narxi 400 ming dollarga baholanadigan shlem.
    Foto: RTX

    Ekspertlar, agar Turkiya chindan ham F-35 dasturiga qaytmoqchi bo‘lsa, avvalo ikki asosiy muammoni hal qilishi kerakligini ta'kidladi. Gap S-400 tizimlarining Turkiya hududida mavjudligi hamda CAATSA (Amerika Qo‘shma Shtatlari raqiblariga sanksiyalar orqali qarshi turish to‘g‘risidagi qonun) doirasida qo‘llangan qattiq sanksiyalar haqida bormoqda.

    Turkiya S-400 tizimlarini Trampning birinchi prezidentlik muddatida sotib olgan. Vashington samolyot sirlari rus razvedkasi qo‘liga tushishi mumkinligini da'vo qilib, Anqaraga qarshi choralar ko‘rdi.

    “F-35 samolyoti Rossiyaning razvedka tizimlari bilan bir hududda bo‘la olmaydi. Chunki ular F-35 ning eng ilg‘or imkoniyatlarini o‘rganishga xizmat qilishi mumkin,” deyilgandi Oq uy bayonotida.

    AQSH Davlat departamenti rasmiysi esa 2019-yili bu muammoni hal etish uchun turklar S-400 tizimidan voz kechishi kerakligini aytgandi. Biroq Rossiya bunday qarorni qo‘llab-quvvatlashi noma’lum.

    F-35 qiruvchi samolyotlarini yig‘ish liniyasi
    Foto: Alpha Defense

    Chubukchuog‘lu, Agar Rossiya tizimlarni qaytarib olishni istamasa, muqobil variant taklif qildi. Unga ko‘ra, tizimlarni Hindiston kabi uchinchi davlatga ko‘chirish mumkin. Ammo bu uchun ham Moskvaning roziligini talab qiladi.

    2020-yilli Turkiyaning Defense Industries Presidency mudofaa agentligi CAATSA qonuni doirasida nishonga olindi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar tashkilotga har qanday eksport litsenziyalarini to‘xtatdi. Ali Bakir CAATSA sanksiyalarini bekor qilish Anqara uchun strategik vazifa ekanini ta'kidladi.

    “Sanksiyalarni olib tashlash orqali Turkiya mudofaa kompaniyalari 20 milliard dollarlik ehtiyot qismlari va harbiy texnologiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bu nafaqat F-35 balki boshqa ilg‘or texnologiyalarni ham o‘z ichiga oladi”, degan u.

    KAAN haqida nima deyish mumkin?

    Turkiya o‘zining mahalliy beshinchi avlod qiruvchi samolyoti — KAAN ustida ish olib boryapti. Turkish Aerospace kompaniyasi bosh direktori Mehmet Demiroglu ushbu samolyot havo kuchlariga 2029-yilda topshirilishi kutilayotganini bildirdi. Turkiya bu loyihani xalqaro darajaga olib chiqmoqchi.

    KAAN qiruvchi samolyotining ilk sinov parvozidan
    Foto: Anadolu agentligi

    Dasturga Ozarbayjon, Pokiston, Ukraina va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar qiziqish bildirgan. Ammo hozircha rasmiy sheriklar yo‘q. Kasapog‘lining fikricha, KAAN dasturi F-35 qiruvchisiga raqobatchi emas, balki uni to‘ldiruvchi loyiha bo‘lishi mumkin:

    “Turkiya F-35 orqali beshinchi avlod tajribasini qo‘lga kiritadi va buni KAAN loyihasida qo‘llaydi. Shuningdek, F-35lar bilan qurollangach, Turkiya havo kuchlarida to‘rtinchi avlod samolyotlariga qaramlik qolmaydi”.

    Ali Bakir ham KAAN va F-35 o‘rtasida sinergiya borligiga ishora qildi.

    “Agar Turkiya AQSH bilan kelishuvga erishib, F-35 dasturiga qaytsa, bu KAAN loyihasining tezlashishiga yordam beradi. Boisi turk kompaniyalari ehtiyot qismlar va texnologiyalarni sotib olish, tahlil qilish huquqiga ega bo‘ladi, Amerika kompaniyalari esa bu hamkorlikdan moliyaviy foyda ko‘radi”, degan tahlilchi. 

    Turklarning Suriyada ta'siri oshib borayotganidan xavotirlangan Isroil bunga qarshi chiqishga harakat qilmoqda. Tel-Aviv Anqara “beshinchi avlod samolyotlari”ga ega chiqsa, mintaqada kuchlar balansi o‘zgarishi mumkin deb hisoblaydi.

    18 aprel, 22:10   Izoh (0)   4104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Turkiya#AQSH#F-35#S-400

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.