Mazkur miniseriallarning o‘ziga xos jihati shundaki, qismlar soni oldindan ma’lum bo‘lib, har birining davomiyligi odatda bir soatdan oshmaydi.
Sovg‘a (2019-2021)
Netflix uchun yaratilgan turk mistik seriali Atiye (Beren Saat) ismli rassom ayol haqida bo‘lib, u to‘satdan o‘zida dunyo haqidagi qadimiy bilimlarni saqlab kelayotganini anglab qoladi.
Voqealar uning birinchi san’at ko‘rgazmasi ochilishidan boshlanadi. Unda har bir asari u 8 yoshidan beri chizib kelayotgan ramzning turli ko‘rinishlaridan iborat edi. Atiye tobora ko‘proq uni vahimaga soladigan tushlar ko‘ra boshlaydi.
Bir kuni kechasi Atiye Gebekli tepa xarobalari qazilmalari paytida topilgan qadimiy buyum haqidagi yangilikni ko‘radi. Yangilik lavhasida u 8 yoshidan beri chizib kelayotgan ramzning aynan o‘sha iyerogliflari aks ettirilgan edi. Bu Atiyeni o‘sha qadimiy buyumni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun Gebekli tepaga borishga undaydi.
Yo‘lda u peshonasida yulduz shaklidagi belgisi bor qizni uchratadi. Qazilmalarda u oilaviy ishni davom ettirayotgan arxeologiya professori Erxon (Mehmet Gunsur) bilan tanishadi. Erxon Atiyaga yangi kashfiyotga yaqinlashishga ruxsat bermaydi, ammo kechasi sirli yulduzli qiz Atiyani qazilmalarga boshlab boradi.
Bu sayohat Atiyaning savollariga javob bermaydi, shu bois u ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Sayohatdan so‘ng yaqinlari Atiyani psixiatrga ko‘rinishi kerak deb hisoblashadi. Kutilmaganda Erxon yuziga tatu chizilgan keksa ayol bilan paydo bo‘ladi, bu ayol Atiyaning buvisi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi. Ular birgalikda sarguzashtga otlanishadi, ko‘plab sirlarni ochish ustida ishlaydilar va o‘zlari hamda oilalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay boshlaydilar.
“Tikuvchi” (2023)
Psixologik drama janri tobora ommalashib bormoqda. Aksariyat hollarda bu janrdagi muvaffaqiyatli seriallar psixoterapevt Gulseren Budayijio‘g‘luga tegishli. Uning hikoyalari asosida “Tug‘ilgan uying — taqdiring”, “Qizil xona”, “Oyna ortidagi qiz” va boshqa ko‘plab seriallarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldik.
“Tikuvchi” serialining syujeti ham mashhur turk psixoterapevtining hikoyalaridan biriga asoslangan.
Syujet bo‘yicha, Peyami bobosidan iste’dod va muvaffaqiyatli biznesni meros qilib olgan yosh va mashhur modelyer. Bobosi vafot etgach, unga yillar davomida azob bergan katta oilaviy sirni yashirish tobora qiyinlashib boradi. Peyami ruhiy xasta otasini Istanbulga ko‘chirib kelishga va unga g‘amxo‘rlik qilishga majbur bo‘ladi.
Ayni paytda Peyami eng yaqin do‘sti Dimitriyning qallig‘i Esvet (Shifanur Gul) bilan tanishadi.
“Tikuvchi” seriali qahramonlarni chuqur o‘rganishni, ularning yangi qirralarini asta-sekin kashf etishni, xatti-harakatlariga tushuntirishlar izlashni yoqtiradiganlarga manzur bo‘ladi.
“Orzular va hayot” (2022)
2022-yilning eng ko‘p muhokama qilingan seriallaridan biri — “Orzular va hayot”. Premyeradan oldin ham melodrama o‘zining mashhur aktyorlar tarkibi bilan e’tiborni tortgan edi. Bosh rollarda: O‘zge Gurel, Yusuf Chim, Aybuke Pusat, Ekin Mert Daymaz, Serkan Tutunju va boshqalar.
Serial ssenariy mualliflari bir hikoyada romantika, detektiv, ayollar do‘stligi va o‘zini anglash qadriyatlarini uyg‘unlashtirishga qaror qilishdi. Serialda 4 ta qahramon ayol bor, ularning har biri o‘ziga xos shaxsiyatga ega va o‘z orzusi ortidan quvadi. Dikle, Gunesh, Setenay va Melike butunlay turli xil ayollar, lekin ular do‘stlikni qadrlaydigan va har qanday vaziyatda bir-biriga yordam berishga intiluvchi insonlardir.
Birinchi mavsum tugagandan so‘ng, davomini suratga olish rejalashtirilgan edi, ammo aktrisalarning ish jadvallarini moslashtirishning imkoni bo‘lmagani sababli bekor qilindi.
“Ertangi kun kelmaydigandek” (2024)
“Ertangi kun kelmaydigandek” Niderlandiyaning “Intervyu” (2003) filmining qayta ishlangan varianti hisoblanadi.
Serial yosh aktrisa Manola va tajribali jurnalist Hakan haqida hikoya qiladi. Ular birinchi bor intervyu uchun uchrashishlari kerak. Bu uchrashuv ularning baxtli yakunlanish ehtimoli juda past bo‘lgan murakkab munosabatlarining boshlanishi bo‘ladi.
Hakan siyosatga ixtisoslashgan jurnalist, biroq tahririyat kutilmaganda uni nafaqat rollari, balki janjallari bilan ham mashhur bo‘lgan aktrisa Manoliyadan intervyu olishga yuboradi. U parlament munozaralarini tahlil qilishga o‘rgangan jurnalist bunday topshiriqdan ochiqchasiga g‘azablanadi. Manola esa uning kibor ohangini darhol payqaydi va u bilan xavfli o‘yin o‘ynashga ahd qiladi.
“Rahmat, keyingisi!” (2024-yil)
Laylo (Serenay Sarikaya) — iqtidorli advokat, sevgilisi bilan og‘ir ajralishni boshdan kechirmoqda. Shaxsiy muammolaridan chalg‘ish maqsadida u yangi ish oladi: eri Jem bilan ajrashayotgan nufuzli tadbirkor ayol Tubaning manfaatlarini himoya qilish. Biroq Laylo o‘z vazifasini bajarish o‘rniga kutilmaganda murakkab ruhiy o‘yinga aralashib qoladi.
Jem — xarizmatik, ziddiyatli erkak bo‘lib, sobiq xotinlari uni manipulyator va o‘ziga bino qo‘ygan shaxs deb atashadi. Ammo Laylo u bilan qanchalik ko‘p muloqot qilsa, shunchalik ko‘p shubhaga boradi: u haqiqatan ham tasvirlanganiday odammi? Shu bilan birga, uning hayotiga kirib kelgan yangi tanishlar vaziyatni yanada chigallashtiradi, bu esa uning his-tuyg‘ularini battar aralashtirib yuboradi.
“Pera Palas mehmonxonasidagi tun” (2022-2024)
Hozirgi zamon va o‘tmish o‘zaro chambarchas bog‘langan hayajonli serial. Melodramada bosh rollarni Hazal Kaya va Selahattin Pashali ijro etishgan.
Charlz Kingning tanqidchilar tomonidan e’tirof etilgan romani asosida suratga olingan ushbu serialda zamonaviy Turkiya, xususan, shaharni bugungi kunda biz ko‘rayotgan ajoyib maskanga aylantirishga hissa qo‘shgan insonlar haqida hikoya qilinadi.
Esra nashriyot uchun qiziqarli voqea izlayotgan jurnalist. U boy tarixi va sirli g‘ayritabiiy hodisalari bilan mashhur bo‘lgan Istanbuldagi nufuzli mehmonxona — Pera saroyiga tashrif buyuradi. Bir taqdirli tunda Esra to‘satdan o‘tmishga, 1919-yilga tushib qoladi. U yerda o‘tmishning ko‘plab muhim shaxslari, jumladan, janob Xalit bilan uchrashadi. Janob Xalit nafaqat Esraning hozirgi zamonga qaytishi kaliti, balki Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamolning saylanishining ham kalitidir.
Izoh (0)