• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp va Putin gaplashib oldi. Endi urush to‘xtaydimi?

    Kecha, 2025-yil 18-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Ukraina urushi bo‘yicha muhim telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat yakunida yetakchilar Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlarini 30 kunga to‘xtatishga kelishib oldilar. Bu muloqot global geosiyosiy vaziyatni keskinlashtirayotgan mojaro fonida amalga oshirildi. Tramp va Putin o‘rtasidagi ushbu muloqot nafaqat Ukrainadagi harbiy harakatlar dinamikasiga, balki xalqaro diplomatiyaning keyingi yo‘nalishlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida shu haqda o‘qiysiz.

    Muzokaralar mohiyati va asosiy muhokama mavzulari

    Telefon muloqoti davomida quyidagi muhim masalalar ko‘tarildi:

    Rossiyaning urushdagi pozitsiyasi – Putin Rossiyaning Ukraina bo‘yicha strategik maqsadlarini ta’kidlab, Kiyevni o‘z harbiy harakatlarini to‘xtatishga undadi.

    Trampning sulhga erishish taklifi – Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lida o‘z vositachilik rolini taklif qildi.

    Xalqaro munosabatlar va sanksiyalar – Rossiya G‘arb tomonidan qo‘llanayotgan sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘tardi, Tramp esa AQSHning bu boradagi pozitsiyasini o‘zgartirishga tayyor ekanini bildirgani aytilmoqda.

    Energetika infratuzilmasi va gumanitar muammolar – Muloqot davomida Rossiya 30 kun davomida Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga tayyorligi haqida signal berdi.

    Shuningdek, ikki davlat rahbari 19-mart kuni 175 nafar asir 175 kishiga almashtirilishi hamda Ukrainadagi kelishuvga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga va shu maqsadda Rossiya va Amerika ekspert guruhlarini tuzishga kelishib olgan.

    Picture background
    Foto: cnnturk.com

    30 kunlik sulh katta tinchlikka qadammi?

    Kreml tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga hujumlarini 30 kunga to‘xtatishi haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan va rossiyalik harbiylarga ularni to‘xtatishni buyurgan.

    Biroq bu muloqotdan bir necha soatdan keyin har ikki tomon bir-biriga uchuvchisiz dronlar yordamida hujumga o‘tgan. Kecha tunda Rossiya kuchlari Ukrainaning Sumi, Odessa va Kiyev shaharlariga uchuvchisiz dronlar bilan hujum qilgan. Ukraina tomoni esa Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi neft omborini nishonga olgan.

    Siyosatshunos Muxtor Nazirov “Daryo” bilan suhbatda 30 kunlik energiya ifratuzilmalariga zarba bermaslik borasidagi kelishuv haqida o‘z fikrlarini bildirib, bu murosa ko‘proq Rossiya tomoniga foydali ekanligi uchun Putin Trampning taklifiga rozi bo‘lganini aytdi.

    Sulh bo‘yicha tomonlarning yondashuvlari bir-biridan keskin farq qiladi. 30 kun energetik obyektlarga zarba bermaslik borasidagi sulh, aslida, Ukraina tomonidan birinchi bo‘lib ilgari surilgan edi. Boisi, Rossiya o‘zining Shahed dronlari va ballistik raketalari yordamida Ukraina shahlaridagi elektr energiya ta’minot manbalariga hujum qilayotgan edi. O‘z navbatida, Ukraina ham dronlar yordamida Rossiyaning neft-gaz zavodlariga zarbalar berib kelmoqda edi. Hozir Ukraina tomonidan berilayotgan zarbalar Rossiya uchun og‘riqliroq. Chunki Rossiyaning asosiy daromad manbai neft-gaz hisoblanadi. Rossiya urush xarajatlari asosan neft va gaz hisobidan qoplaydi. Shu sababli Moskva Trampning bu shartiga rozi bo‘lgan, dedi u.
    Picture background
    Rossiyaning neft omborlariga Ukraina dronlari hujumi
    Foto: vk.com

    Shuningdek, Muxtor Nazirov 30 kun davomida energiya infratuzilmalariga zarba bermaslik to‘g‘risidagi yon berish, urushni to‘xtatishga olib bormasligini aytib o‘tdi.

    Tinchlikka olib boruvchi yo‘l – faqat Ukraina va Rossiya tomonning o‘zaro uchrashuvlarida muhokama qilinishi mumkin. Ayni vaqtda bu haqda gap bo‘lmayapti.

    Rossiya elitasi uchun Ukraina urushni g‘alaba bilan yakunlash va uni jamiyatga namoyish etish juda muhim hisoblanadi. Chunki hukumatning taqdiri ayni shu bilan bog‘liq. Shuning uchun ham Rossiya hududiy da’volardan voz kechmayapti.

    Ukraina jamiyati va hukumati esa o‘z hududlarini qaytarib olish niyatidan qaytmagan. Buni Ukrainada o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ko‘rish mumkin. Ukraina aholisining deyarli 70 foizi “urush Ukraina g‘alabasi bilan tugashi kerak”, degan fikrida. Jamiyatda mana shunday fikr shakllangan vaziyatda siyosatchilar butun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, sulhga rozi bo‘lmasa kerak, deya sharhladi u.

    Rossiyaning talablari

    Ikki soat davom etgan muloqot davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampga Kiyevga xorijiy harbiy yordam va razvedka ma’lumotlarini berishni to‘liq to‘xtatish Ukrainadagi mojaroning yanada avj olib ketmasligi uchun eng muhim shart ekanini aytgan. Shuningdek, u Ukraina harbiy safarbarlikni to‘xtatishi kerakligini so‘ragan.

    Yuqoridagi talablar faqatgina o‘t ochishni to‘xtatish uchun Rossiya tomonidan ilgari surilgan dastlabki shartlar hisobladi. Biroq Moskvaning shartlari ko‘proq ultimatumga o‘xshamoqda.

    Picture background
    Ukraina qurolli kuchlari
    Foto: en.topwar.ru

    Mustaqil ekspert S.Pinxasova Rossiyaning shartlari uning harbiy ustunligi bilan bog‘liq ekanligi bilan aytib, Ukrainada harbiy ustunlik bo‘lmagani uchun u qat’iy shartlarni qo‘ya olmayotganini yozgan.

    “Rossiyaning harbiy ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Uning armiyasi allaqachon 1,5 million kishiga yetdi, va harbiy safarbarlik zaxirasi oshib bormoqda. Rossiya armiyasining aviatsiya, artilleriya va mudofaa sanoatidagi ustunligi Ukraina va hatto Yevropaning imkoniyatlaridan ancha yuqori. Bundan tashqari, Rossiya iqtisodiyoti va tabiiy resurslari uzoq davom etadigan urushni olib borishga imkon beradi, Ukraina esa tobora beqaror bo‘lib borayotgan G‘arb yordami bilan yashab kelmoqda” deb yozgan u.

    Ma’lumot o‘rnida, Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o'rtasida 28-fevral kuni yuz bergan bahsdan keyin AQSH Ukrainaga razvedka ma'lumotlari va harbiy yordamni taqdim etishni bir muddatga to'xtatib qo‘ydi.

    AQSHning Ukrainaga razvedka ma'lumotlarini taqdim etishni to'xtatishi Ukraina qurolli kuchlari uchun Rossiya qo'shinlarining joylashuvini aniqlash va ularga qarshi samarali harakatlarni amalga oshirishni qiyinlashtirdi. Bu holat Rossiya qo'shinlariga Kursk viloyatidagi bir nechta aholi punktlarini egallab olish imkonini berdi.

    “Putin Trampni xafa qilmaslik uchun minimal shartlarda sulhga rozi bo‘lmoqda. Chunki bu kelishuv Donald Trampning imijini belgilab beradi. U urushni to‘xtatishga va’da bergan. Shuning uchun Rossiya rahbari kecha Ukraina tomoni rozi bo‘lgan ayrim shartlarga ko‘ndi”, dedi Muxtor Nazirov.
    Picture background
    Foto: pravda.ru

    Yevropaning reaksiyasi

    Yevropa Ittifoqi ushbu muloqotni diqqat bilan kuzatmoqda. Ular bu olib borilayotgan muzokaralarga qo‘shilish uchun obyektiv imkoniyatlarga ega emas. Agar Trampning sulh taklifi Rossiyaga yon bosuvchi deb qabul qilinsa, G‘arb davlatlari ichida kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkin.

    Mustaqil ekspert S.Pinxasova Ukraina va uning G‘arbdagi hamkorlari strategik boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ta’kidladi.

    “Ukraina va uning G‘arbdagi hamkorlari strategik boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Uchinchi yil davom etayotgan xatolar va diplomatiyadan bosh tortish bugungi kunda Kiyevni murakkab tanlov oldida qoldirdi: yo Moskvaning shartlariga rozi bo‘lish, yo urushni davom ettirib, yanada og‘ir oqibatlarga duch kelish. Tarix esa voqealarni o‘z vaqtida to‘g‘ri baholay olmaganlar ustidan qattiq hukm chiqaradi”, degan u.

    Muxtor Nazirov esa Yevropa mamlakatlari sulhdan keyingi geosiyosiy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini, Agar Rossiya kelajakda hududiy ambitsiyalarni qilmaslikka kafolat bersa va bunga Yevropani ishontira olsa, Yevropa davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini aytdi.

    “Nazarimda, Yevropa mamlakatlari bo‘lajak sulhdan keyingi geosiyosiy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozir Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Yevropa uchun umumiy xavfsizlik makonini tashkil qilishga urinmoqda. Ular uchun ayni damdagi asosiy masala – jamiyatni harbiy xarajatlarni oshirishga ko‘ndirish bo‘lib turibdi. Ehtimoliy sulhdan keyin geosiyosiy vaziyat mutlaqo o‘zgaradi. Yevropa davlatlari esa bu o‘zgarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuning uchun ham Yevropa o‘ziga Turkiyani jalb qilmoqda.

    Tramp o‘zining shartlariga Yevropani ko‘ndirmoqchi. U hudud masalasida yon berib, Ukraina muammosini to‘xtatmoqchi. Agar Rossiya bundan keyin yana hududiy ambitsiyalarni qilmaslikka kafolat bersa va bunga Yevropani ishontira olsa, Yevropa davlatlari ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Lekin hozir bunga aniqlik kiritilmagan”, aytib o‘tdi Muxtor Nazirov.

    Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti Ukraina urushining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu uchrashuv G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida global kuchlar muvozanatini qanday shakllantirishi hali noma’lum. Ukraina uchun esa bu muzokaralar davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi uchun yangi tahdid yoki imkoniyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatish va ehtimoliy natijalarni baholash muhim bo‘lib qolmoqda.

    19 mart, 14:56   Izoh (0)   3015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina urushi#Rossiya#AQSH#geosiyosat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Qatarda 1,2 trln dollarlik iqtisodiy bitim imzoladi

    Dunyo | 15 may, 14:30

    “Yoshlar majruh bo‘lib qolyapti” — Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani haqida gapirdi

    O‘zbekiston | 15 may, 14:20

    Bolaligimizdagi mashhur ertak qahramonlari yangi talqindagi filmlarda qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 15 may, 13:59

    Sudanda strategik obyektlarga dronlar hujumi kuchaydi

    Dunyo | 15 may, 13:56

    “Tonirovka” bepul bo‘lmaydi — YHXX

    O‘zbekiston | 15 may, 13:50

    Uzcosmos va Uzum “Yosh muhandis” tanlovida sovg‘alar topshirdi

    O‘zbekiston | 15 may, 12:00

    “Real” futbolchisi voyaga yetmagan qiz ishtirokidagi videoni tarqatishda gumon qilinmoqda

    Sport | 15 may, 13:46

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yoz mavsumida suv-energetika tizimi ish rejimlarini kelishdi

    O‘zbekiston | 15 may, 13:31

    Rossiya Qirg‘izistonda AES qurishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 15 may, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.