“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand va jamoa yarim himoyachisi Rodri Ernandes jarohatlardan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi.

Bugun, 27-aprel kuni OAVda futbolchilarning jamoaviy mashg‘ulotda ishtirok etayotgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, ispan yarim himoyachisi tizzasidagi xochsimon payi yorilishi sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan edi. Skandinaviya vakili Holand esa so‘nggi bir oy davomida to‘piqdagi jarohati tufayli maydonga tusha olmadi.
Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi o‘yinini 27-aprel, yakshanba kuni Angliya Kubogi yarim finalida “Nottingem Forest”ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida “Manchester Siti” 34-turdan so‘ng 61 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)