Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 5-turi doirasida “Manchester Siti” va “Arsenal” jamoalari 22-sentyabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Erling Holand hisobni ochdi. 22-daqiqasida Kalafori ajoyib gol bilan hisobni tenglashtirdi. 45+1-daqiqada esa Gabriel londonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bo‘lim oxirida esa “kanonirlar” a’zosi Trossard qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. 90+8-daqiqaga kelib esa Jon Stounz muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa o‘yin durang bilan yakunlandi.
Ushbu durangdan so‘ng “Manchester Siti” 13 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. “Arsenal” esa 11 ochko bilan 4-o‘rinni band etdi.
APL
5-tur
22-sentyabr, yakshanba
“Manchester Siti” — “Arsenal” 2:2
Gollar: 1:0 – 9 Holand, 1:1 – 22 Kalafori, 1:2 – 45+1 Gabriel, 2:2 — 90+8 Stounz.
“Manchester Siti”: Ederson, Gvardiol, Akanji, Ruben Diash, Uoker (Stounz, 78), Gundogan, Rodri Ernandes (Kovachich, 21), Bernardu Silva, Doku (Foden, 70), Holand, Savio (Grilish, 78).
“Arsenal”: Rayya, Kalafori (Kiver, 74), Gabriel, Saliba, Timber, Rays, Parti, Martinelli (Gabriel Jezus, 87), Saka (Uayt, 46), Haverts, Trossard.
Ogohlantirishlar: Ederson (23), Trossard (34), Ruben Diash (45+1), Parti (45+7), Lyuis-Skelli (65), Rays (83).
Chetlatish: Trossard (45+8).
Izoh (0)