“Manshester Siti” qiyin mavsum o‘tkazmoqda. Shu bois “shaharliklar” rahbariyati yozda tarkibiga yangi futbolchilarni olib kelish borasida ish olib bormoqda.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola “Real”ning ikki yarim himoyachisi — Jud Belingem va Eduardo Kamavingani tarkibga qo‘shishni xohlaydi.
Defensa Central nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Manshester Siti” Belingem va Kamavinga uchun jami 200 million yevro taklif qilishi mumkin. “Shaharliklar” Belingemni 150 million yevro, Kamavingani esa 50 million yevro deb baholamoqda. Ammo, shuni qayd etish lozimki, “Real”ning bunday taklifni ko‘rib chiqishi ehtimoli juda past. Chunki har ikki futbolchi ham madridliklarning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Biroq ingliz klubi rahbariyati mazkur transfer borasida faol harakat olib borayotgani aytilmoqda.
Gvardiola oldingi mavsumlarda ham Belingem va Kamavingani jamoaga olib kelishga harakat qilgan, ammo ular faoliyatini “Real”da davom ettirishni afzal ko‘rgan.
Izoh (0)