“Titanik” kemasida yozib yuborilgan xat auksionda 300 ming funt sterlingga (350 ming yevroga) sotildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Xat birinchi klass yo‘lovchisi Archibald Greysi IV — amerikalik sarmoyador va yozuvchi tomonidan yuborilgan. Uning jiyani xatni kimoshdi savdosiga qo‘ygan.
Bu ajoyib kema, lekin unga baho berishdan oldin sayohatimning yakunlanishini kutaman, deb yozgan Archibald Greysi IV kema jo‘nashidan oldin.
Kimoshdi savdosi Angliyaning Uiltshir grafligidagi Henry Aldridge & Son auksion uyida bo‘lib o‘tgan. Boshlang‘ich narxi 60 000 funt sterling bo‘lgan. Natijada xat besh baravar qimmatga sotilgan. Xaridor amerikalik xususiy kolleksioner bo‘lgan.

Archibald Greysi IV “Titanik”ning muzdek suvga sakrab omon qolgan kam sonli yo‘lovchilaridan biri edi. U to‘nkarilgan qayiq ustida bo‘lganida qutqaruvchilar tomonidan aniqlangan.
Nyu Yorkka qaytgach, u “Titanik haqiqati” kitobida halokatni tasvirlab bergan. Shunday qilib u sovqotishdan tuzalmay, 1912-yil dekabr oyida vafot etgan.
Afsonaviy “Titanik” kemasi 1912-yilning 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi cho‘kkan. Uning qoldiqlari hozirgacha Atlantika okeani tubida yotibdi va ular YUNESKOga tegishli meros sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Izoh (0)