Angliya Kubogi yarim final bosqichidagi “Nottingem Forest” — “Manchester Siti” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda Pep Gvardiola jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 2-daqiqada Riko Lyuis jamoasining o‘yindagi ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, 51-daqiqada Yoshko Gvardiol yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va “shaharliklar” Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi.
Pep Gvardiola jamoasi hal qiluvchi bahsda “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ketma-ket 6-uchrashuvda zaxirada qoldirildi.
Angliya Kubogi
Yarim final
27-aprel, yakshanba
“Nottingem Forest” — “Manchester Siti” 0:2
Gollar: 0:1 — Riko Lyuis (2), 0:2 — Yoshko Gvardiol (51)
Izoh (0)