O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuv Qarshida bo‘lib o‘tdi. “Nasaf” “Markaziy”da “Qizilqum”ni qabul qilib, raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Garchi uchrashuv “ajdarlar” ustunligida boshlangan bo‘lsa-da, birinchi taymda darvozalarga to‘p kiritilmadi. Lekin ikkinchi taymda “Nasaf” hisobni ochdi. Murodbek Rahmatov jarima maydoni tashqarisidan Navoiy klubi darvozasini ishg‘ol qildi. 53-daqiqaga kelib, qarshiliklar o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Gol muallifi — Husayn Norchayev. 67-daqiqada Oybek Bozorov hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, 79-daqiqada Ruben Hebay penaltidan “Nasaf”ning o‘yindagi 4-golini kiritdi. Bahsning qolgan daqiqalari ham qizg‘in kurashlar ostida kechdi, lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Nasaf” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 17 ballga yetkazib olib, onlayn turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. “Qizilqum” esa 7 ochko bilan 13-pog‘onadan joy oldi.
Superliga
7-tur
27-aprel, yakshanba
“Nasaf” — “Qizilqum” 4:0
Gollar: 1:0 — Murodbek Rahmatov (46), 2:0 — Husayn Norchayev (53), 3:0 — Oybek Bozorov (67), 4:0 — Ruben Hebay (79).
Izoh (0)