Janubiy Koreya kino va drama sanoatida aktyorlar nafaqat o‘zlari ijro etgan rollari bilan, balki mukammal tashqi ko‘rinishlari bilan ham ajralib turadi. Ushbu mamlakatda teri parvarishi shu qadar muhim va kundalik yumushlarning ajralmas qismiga aylangan-ki, har bor yosh-u qari zamonaviy kosmetikadan foydalanishni kanda qilmaydi. Shu sababli 30 yoshdan oshgan aktyorlar ham o‘smir bolalar va maktab o‘quvchilarining rollarini juda ishonarli tarzda ijro etishadi.
Pyon U-Sok

Pyon U-Sok 1991-yilda tug‘ilgan va aktyorlik kasbini boshlashdan oldin ko‘plab hamkasblari kabi modellik sohasida faoliyat yuritgan. Uning 1.8 metrdan balandroq bo‘yi va aristokratlarga xos yuz ifodasi aktyorni osongina eslab qolishga yordam beradi.
Avvaliga u epizodik rollarda paydo bo‘ldi: 2016-yilda u “Qadrli do‘stlar” dramasida debyut qildi. Uning ishtirokidagi “XX asr qizi” filmi aktyorga ilk muvaffaqiyatni keltirdi, so‘ng Pyon U-Sokka bosh rollarga takliflar kela boshladi.

“Son Jeni ushlab, olib qoch” dramasida Pyon U-Sok o‘quvchi, Son Jeni o‘ynagan. Syujet qahramonning sirli o‘limidan boshlanadi, so‘ngra nima bo‘lgani haqida tushunishga urinadi. Lim Sol ismli qiz to‘satdan o‘tmishga qaytib, Son Jeni saqlab qolish imkoniyatini izlab topadi.
Hvan In-Yop

Hvan In-Yop 1991-yilda tug‘ilgan va Pyon U-Sok kabi kino sohasida ishlashdan avval modellik karyerasini boshlagan. U kinoga nisbatan kechroq, taxminan 30 yoshda keldi. Ammo shunga qaramay o‘zining yosh ko‘rinishi tufayli rejissyorlar unga ancha kichik yoshdagi qahramonlar rolini bera boshladi.
“Tanlov bo‘yicha oila” filmida Hvan In-Yop Kim San Ha rolini o‘ynadi. Syujetga ko‘ra, uchta o‘smir o‘zaro do‘stlashib, haqiqiy oila bo‘lib qoladi. Bolalarga ikki ota g‘amxo‘rlik qiladi. Ulardan biri restoran egasi, boshqasi politsiyachi bo‘lib ishlaydi. Ammo taqdir qahramonlarni ajratadi, oradan o‘n yil o‘tgach, ular yana uchrashib, o‘z munosabatlarini tiklashga harakat qiladi.
Ji Chan-Uk

Ji Chan-Uk Janubiy Koreyaning eng mashhur va ko‘p muvaffaqiyatlarga erishgan aktyorlaridan biridir. U 1987-yil 5-iyunda Seulda tug‘ilgan. U koreys kinosida o‘zining yuqori professional mahorati va ko‘plab mashhur rollari bilan tanilgan. Hamkasblaridan farqli o‘laroq, u faoliyatini modellikdan boshlamagan — uning yo‘li teatrga asoslangan: aktyorlik ta’limi, sahna va keyin televideniyeda chiqqan.
“Samdalliga xush kelibsiz” filmida Ji Chan-Uk sinoptik mutaxassis Cho Yong-Phil rolini o‘ynaydi. Uning qahramoni o‘ziga xos prinsiplarga ega, har doim fikrini aytib o‘tadigan bo‘ladi, bu esa uning ishida nafaqat yuqori hurmat, balki muammolarni ham keltirib chiqaradi. Uning bolalikdagi do‘sti Cho Samdal Seulga borib, fotomodel sifatida ishlay boshlaydi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrab, uyiga qaytadi. Uni ona yurtida barcha biladigan taxallusi emas, balki oddiygina Sem dal deb chaqirishadi. Yillar o‘tib, bu ikki inson taqdiri tutashadi.
Pak Hyon-Sik

Aktyor va qo‘shiqchi Pak Hyon-Sik 1991-yil 16-noyabrda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tug‘ilgan. U K-pop guruhlaridan biri bo‘lgan “ZE:A” (Children of Empire) guruhining a’zosi sifatida ham tanilgan. Pak Hyon-Sikning aktyorlik faoliyati 2010-yilda boshlangan, lekin uning karyerasi asosan K-pop guruhida chiqishlari bilan tanilgan. 2012-yilda u individual aktyorlik faoliyatini boshlashni qaror qilgan.
“Inqirozdagi doktorlar” dramasida u jarroh Yo Chon Uni ijro etadi. Shifokor emotsional jihatdan ko‘p muammolarni hamda moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotgan bo‘ladi. So‘ng u o‘zining qo‘shnisi — maktab davridagi raqibi bilan uchrashgach, hammasi o‘zgaradi. Maktab bilan bog‘liq sahnalarda Pak Hyon-Sik juda yosh va tabiiy ko‘rinadi.
So Gan-Jun

So Gan-Jun 1993-yilda tug‘ilgan va tezda yangi koreys to‘lqini aktyorlaridan biriga aylangan. Dastlab faoliyatini 5urprise loyihasida boshlagan. Bu guruhda ishtirokchilarni teleseriallarda rol o‘ynashga tayyorlashgan.
“Maktabda yashirin xizmat” dramasida u Chon He Son rolini ijro etadi. Uning qahramoni maxfiy agent bo‘lib, navbatdagi topshiriqni yaxshi bajara olmagani uchun maktabga yashirincha ishlash uchun yuboriladi. Unda aktyor yosh o‘quvchi obrazini qoyilmaqom tarzda gavdalantiradi.
Izoh (0)