• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Krishtianu Ronalduga muxlislik qiladi”. Zamonaviy koreys seriallarining eng kelishgan aktyorlari

    Koreys kinosi — o‘ziga xos muhabbati va qahramonlariga ega ajoyib olamdir. U allaqachon butun dunyo bo‘ylab muxlislarga ega bo‘lib, Gollivuddan keyingi o‘rinlarda turibdi.

    Vaholanki, G‘arb filmlarida har bir mamlakatda fan-klubiga ega bo‘lgan kelishgan aktyorlar yo‘q. Quyida besh nafar kelishgan, shu bilan birga, chinakam iste’dodli koreys aktyorlari haqida ma’lumot beramiz.

    1. Li Don Uk

    Uning xarizmasi shunchalik kuchliki, doramadagi ijrosini kuzatayotganingizda bu xarizma ekrandan toshib chiqayotgandek tuyuladi. Li Don Uk kino olamiga 1999-yilda kirib keldi: u V-NESS modellar tanlovida g‘olib bo‘lganidan so‘ng “Maktab 2” dramatik serialiga taklif etildi. “Mening qizim” melodramasi premyerasidan keyin Li Don Uk bir kechada mashhur bo‘lib ketdi va rejissyorlar uni o‘z loyihalariga faol taklif qila boshladi. Aktyor bir qolipdagi yoqimtoy yigit rolini o‘ynashni istamagan va turli xil obrazlarni sinab ko‘rgan.

    Li Dong Ukning eng mashhur roli — “To‘qqiz dumli tulki haqida hikoya” serialidagi Li Yen. Aktyor unda afsonaviy kumixoni — odamlar dunyosida yashab, yaramas odamlarni qidirib, ularni jazolovchi rolini o‘ynagan. Albatta, serialda sevgi tarixi ham tasvirlangan, Li Yen o‘zining eski sevgilisini zamonaviy qiyofada uchratadi. 2023-yilda Li Dong Uk “1938-yilgi to‘qqiz dumli tulki haqida hikoya” filmida ushbu rolga qaytdi, shuningdek, Pak Pomsuning “Seuldagi bedorlar” kartinasida rol o‘ynadi.

    Kino bilan bir qatorda Li Don Uk xayriya ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi. Aktyor 2018-yilda Pxenchxanda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada elchi bo‘lgan. Shuningdek, u bir nechta tok-shoular olib borgan va muntazam ravishda Koreyaning mashhur jurnallari muqovasida ko‘rinib turadi.

    2. Kim Bom

    “To‘qqiz dumli tulki haqida hikoya” seriali va uning davomida ishtirok etgan yana bir kelishgan yigit. Aslida fojiali tarzda g‘oyib bo‘lgan Kim Bom qahramonini serialga qaytarmaslik xato bo‘lardi, boisi u tomoshabinlar qalbidan joy olib bo‘lgandi. Kim Li Don Ukning ukasi Li Ran rolini o‘ynaydi.

    Ammo Kim Bomni kumixo emas, balki 2009-yilgi “Gullardan ham chiroyliroq bolalar” doramasidagi roli uni sevimli va mashhur aktyorga aylantirdi. Aynan ushbu serial sabab koreys kinosi yana ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi.

    2009-yilga kelib aktyor beshta filmda, jumladan, “Dahshatli ayollar” dramasi va “O‘lim qo‘ng‘irog‘i” trillerida suratga tushdi. Bum Survival Star Audition tanlovidagi ishtirokidan keyin “Kuchli zarba” teleserialida debyut qildi. Bo‘lajak aktyor finalda qatnasha olmadi, chunki u hali 18 yoshga to‘lmagan edi, lekin prodyuser va rejissyorlar e’tiboriga tushishga ulgurgandi.

    Kim Bom, shuningdek, musiqiy albomlar yozadi, model sifatida ishlaydi, tok-shoular olib boradi va Krishtianu Ronalduga muxlislik qiladi. Bir vaqtlar aktyorning o‘zi ham futbolchi bo‘lishni orzu qilgan — maktab jamoasida u avval hujumchi, keyin esa jamoa sardori bo‘lgan.

    3. Chji Chan Uk

    Bolaligida Chji Chan Uk ko‘zoynak taqib yurar va muhandis bo‘lishni orzu qilardi. Lekin maktabni tugatgach, fikrini o‘zgartiradi va oilasini hayratlantirib aktyorlikni tanlaydi. Hozir Chan Uk Koreyadagi eng mashhur aktyorlardan biri, to‘g‘ri, u bu darajaga osonlikcha erishmagan. Chji Chan Uk musiqiy san’atda faoliyatini boshlagan, keyin esa “Kunlar” filmida va “Qalbimni o‘g‘irlading” serialida rol o‘ynagan. “Uyqudagi go‘zal” va “Mukammal o‘g‘illar” serialida to‘rt aka-ukaning eng kenjasi roli Chji uchun omad olib kelgan.

    Chji Chan Ukning filmografiyasida 30 ga yaqin rollar mavjud bo‘lib, ular orasida “Bo‘ydoqning sabzavot do‘koni” komedik melodramasi, “Qalbaki shahar” va “Katta yovuzlik” jangari filmlari, “Tila tilagingni” doramasi, “Ilk yetti bo‘sa” komedik doramasi, “Sehrli ovoz” fantastik filmlari bor. Aktyorning bugungi kungacha eng mashhur roli “Imperator Ki” ko‘p qismli doramasidagi Yuan sulolasiga mansub Xitoy imperatori obrazi bo‘lib qolmoqda. Chji Chan Uk bosh qahramon Ki Sin Nyanga bo‘lgan muhabbati ta’sirida dastlab zaif qahramoni qanday qilib kuchli hukmdor va haqiqiy erkakka aylanishini ko‘rsatib bergan.

    4. Chxa In U

    Eng yosh aktyor Chxa In U birinchi marta 2014-yilda “Mening hayotim” filmida ekranga chiqadi. Debyutdan ikki yil o‘tgach, In U Astro bolalar guruhiga qo‘shiladi va butun bir muxlislar armiyasining sevimlisiga aylanadi. 2024-yilda Entity deb nomlangan birinchi yakkaxon albomini taqdim qiladi.

    Ammo u musiqa bilan shug‘ullanib, aktyorlik karyerasini tark etmaydi. Uning kino asarlari orasida “Davom etadi” fantastik melodramasi, “Eng zo‘r hit” musiqiy komediyasi, “Qasos daftari” fantastik dramasi va tarixiy melodramalar o‘rin olgan.

    Aktyorga “Qalb go‘zalligi” seriali mashhurlik keltiradi. Uning bosh qahramoni, o‘rta maktab o‘quvchisi Lim Ju Chun kamchiliklarini pardoz bilan yashirib maktabdagi eng kelishgan ikki yigit bilan uchrashib yuradi. O‘sha ikki yigitdan birini Chxa In U gavdalantirgan. Aytgancha, aktyorning o‘zi tez-tez jurnal muqovalarida paydo bo‘ladi va dunyoga mashhur moda brendlari bilan hamkorlik qiladi.

    5. Txegen

    Bu artist kinoga musiqiy karyerasi tufayli kirib keldi — u 2PM guruhi a’zosi. Aksariyat hamkasblaridan farqli o‘laroq, Txegen nafaqat kelishgan va iste’dodli reper, balki yaxshi aktyor hamdir. Uning eng ko‘zga ko‘ringan rollaridan biri “Vinchenso” dramasida advokat Xong Cha Yen roli. Dastlab, Txegen tomoshabinlarga omadsiz ahmoqdek ko‘rinadi, ammo keyinroq personaj unchalik ham sodda emasligi ma’lum bo‘ladi. Aytgancha, rol salbiy va har doimgidek, yaxshi qizlar yomon bolalarni yoqtirib qoladi. Shunday qilib, Txegen nafaqat Koreya, xorijiy tomoshabinlarning ham sevimlisiga aylandi.

    Bundan tashqari, u “Yulduzli 99 kun” va “Assembleya” dramalari, “O‘paman, Kitti”, “Ilk yetti bo‘sa” komedik doramalari, “Xogan orolidagi jang” harbiy-tarixiy filmi va “Zamonsiz uy” dahshatli filmida ham rol o‘ynagan. Txegen o‘z muvaffaqiyatini “Ko‘rlar” seriali bilan mustahkamladi. Triller 2022-yilda chiqdi va aktyor manyak jinoyatini tekshirayotgan detektiv Ryu Son Jun rolini o‘ynadi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu koreys yulduzi romantik komediyalarga emas, balki jiddiy janrlarga ko‘proq moyil.

    22 yanvar, 13:18   Izoh (0)   26503
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Firdavs Abduholiqov: Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekfilm”ga tashrifi, efirlarda turk seriallarining kamayishi va “O‘zbekkino”ga nisbatan tanqidlar haqida

    23.11.2020, 10:25

    2022-yilda eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta turk seriali

    17.12.2022, 15:50

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.