• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Li Yon E — O‘zbekiston birinchi xonimidan minnatdorlik xatini olgan Tangem haqida nimalarni bilamiz?

    Kuchli iroda, isteʼdod, ojiza bo‘lishiga qaramay, maqsad sari tirishqoqlik va qatʼiyatlilik ramzi — Tangem obrazi nafaqat o‘zbek, balki butun dunyo teletomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan. XV asr, Choson sulolasi hukmronligi davrida yashab o‘tgan qahramonni XXI asrda o‘z maromiga yetkazib ijro etib bera olgan aktrisa Li Yon E hozir 54 yoshda va hali ham faol ijod bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram

    Ijoddagi ilk qadamlar

    Foto: Instagram

    Aktrisa va model Li Yon E 1971-yil 31-yanvarda Janubiy Koreyaning Seul shahrida dunyoga kelgan. Bo‘lajak aktrisa nemis tili bo‘yicha bakalavr darajasini, shuningdek, Xanyan universitetida aktyorlik bo‘yicha magistr va doktorlik darajasini olgan. U nemis va ingliz tillarini mukammal biladi.

    Li Yon o‘z faoliyatini televideniyeda reklama va seriallarda suratga tushib boshlagan. 2000-yilda u Pak Chanukning “Birlashgan xavfsizlik zonasi” filmida harbiy tergovchi rolini ijro etgan, filmda u bilan birga Li Byon Xon va Son Kanxo ham suratga tushgan. 2003-yilda aktrisa Yu Jithae bilan birgalikda “Bir bahorda” melodramasida bosh rolni ijro etgan. Ushbu filmdagi roli uchun Li Yon “Pusan kinotanqidchilari mukofoti”(Pusan Film Critics Awards)ning “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasiga loyiq deb topilgan.

    Shuningdek aktrisa “Xonimga rahm qiling: qasos” (2005), “Birlashgan xavfsizlik zonasi” (2000), “Bir bahorda” (2001) kabi filmlarda va “Saroy javohiri” (2003-2004) teleserialida bosh rollarni ijro etgan. “Xonimga rahm qiling: qasos” filmidagi roli uchun Li Yon “Moviy ajdarho” mukofotining “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

    Mashhurlikning cho‘qqisi

    2003-yilda Li Yon E to‘qsonta mamlakatda uch milliard kishi tomosha qilgan mashhur koreys teleseriali “Saroy javohiri”da bosh rolni o‘ynagan.

    Foto: Instagram

    2005-yilda Gonkong aholisining deyarli yarmi dramaning final epizodini tomosha qilgan, Xitoyda esa drama kechasi namoyish etilganiga qaramay, yuz millionlab tomoshabinlar uni kuzatgan.

    Foto: Instagram

    2005-yil, Venetsiya kinofestivalida Pak Chanukning qasos haqidagi trilogiyasining yakuniy qismida Li Yon bosh rolni ijro etgan “Xonimga rahm qiling: qasos” filmi taqdim etildi. Film kinofestivalida “Kichik oltin sher” mukofotini oldi, Koreyada esa “Eng yaxshi aktrisa” va “Eng yaxshi film” nominatsiyalarida “Moviy ajdarho” mukofotini qo‘lga kiritdi. 2006-yilda Yon E Berlindagi ellik oltinchi xalqaro kinofestivalning hakamlar hayʼati aʼzosi bo‘ldi. U Berlindagi kinofestivalning hakamlar hayʼatiga taklif etilgan birinchi janubiy koreyalik aktrisa edi.

    Foto: Instagram

    Li Yon E xayriya ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi: 1997-yilda u “NPO”ning xayriya elchisi sifatida Efiopiyaga borgan, 2004-yilda esa BMTning Bolalar fondi — YUNISEFning xayriya elchisi etib tayinlangan.

    Foto: Instagram

    2014-yilda aktrisa “Eng buyuk sevgi” nomli avtobiografik kitobini nashr etgan va kitobning sotilishidan tushgan daromadni maktablar va kasalxonalarga xayriya qilgan.

    10 yillik sevgi hikoyasi

    Foto: Instagram

    Mashhur aktrisa Li Yon E 2009-yil 26-avgustda Gavayi orolida koreys millatiga mansub amerikalik biznesmen Chon Xoyo‘n bilan yashirincha turmushga qurdi, bu haqda uning advokatlari maʼlum qildi. To‘yda faqat ikki yoshning oila aʼzolari hamda yaqin do‘stlari ishtirok etdi.

    Foto: Instagram

    Aktrisa turmush o‘rtog‘idan 17 yosh kichik bo‘lib, ular to‘ydan avval 10 yil davomida uchrashib yurishgan. Kuyov Illinoys texnologiya instituti bitiruvchisi va AQSHda IT sohasida ishlaydi. 40 yoshni qarshilagan aktrisa 2011-yilning fevral oyida o‘g‘il va qiz egizak farzandlarini dunyoga keltirdi.

    Foto: Instagram

    Aktrisaning hayot haqidagi fikrlari

    Foto: Instagram

    “Yuzdagi ajinlar qancha ko‘p bo‘lsa, his-tuyg‘ular shunchalik chuqur bo‘ladi. Men qariyotganimdan aslo afsuslanmayman.

    Foto: Instagram

    So‘nggi 10 yil ichida men turmushga chiqdim va egizaklarni dunyoga keltirdim, ayol sifatida men ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan kechirdim. Shu sababli hayotga bo‘lgan qarashim ham o‘zgardi va bu mening ishtirok etishni istagan ishlarni tanlashda mezonimga aylandi.

    Foto: Instagram

    Aktyorlik bu oxir-oqibat, odamlarni o‘rganishdir”.

    Foto: Instagram

    Li Yon E O‘zbekiston birinchi xonimidan minnatdorchilik maktubini oldi

    Foto: Instagram

    2017-yil 23-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida kechki ovqat uyushtirildi. Kechki ovqatga sanʼat va madaniyat arboblari qatorida o‘zbek tomoshabinlariga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan 46 yoshli aktrisa Li Yong E ham tashrif buyurdi. Janubiy Koreya matbuotining yozishicha, kechki ovqat vaqtida “Saroy javohiri” serialidagi Tangem tayyorlagan ovqatlardan biri ham mehmonlarga tortildi. Marosimda serialdagi “Onara” qo‘shig‘i ham ijro etildi.

    Li Yon E O‘zbekiston birinchi xonimidan o‘zbekistonlik tomoshabinlariga ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik maktubini oldi. Uning agenti maʼlumot berishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva aktrisaga iyun oyida yuborgan maktubida 2017-yilda suratga olingan va O‘zbekistonda bepul namoyish etilishi uchun mualliflik huquqlarini topshirilgan “Saymdan, ranglar xotirasi” deb nomlangan yuqori byudjetli Koreya dramasini taqdim etishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.

    Foto: Instagram

    Birinchi xonim maktubida Lining “O‘zbekistonda serialni namoyish etishga ko‘maklashgani” haqida eshitishdan “juda xursand” ekanligini yozgan. U aktrisaning bu harakatini “aʼlo” deb atagan va u “ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davrida yanada muhim” ekanligini aytgan. “Men Lining O‘zbekistonga bo‘lgan mehr-muhabbatidan har doim xursandman va minnatdorman. Lining yaxshi ishlari bizni chuqur taʼsirlantirdi”, deb qo‘shimcha qilgan birinchi xonim.

    2017-yilning yanvaridan mayigacha Koreyada namoyish etilgan serialda Li Yon E Choson davri xonimi Shin Saymdan rolini ijro etgan. U Koreya tarixida sanʼat va adabiyotdagi isteʼdodi, shuningdek, hurmatli beka va ona sifatida namuna ko‘rsatgan ayol hisoblanadi. “Saymdan, ranglar xotirasi” deyarli 22 milliard von (18,2 million dollar)ga tushgani sababli uni ishlab chiqaruvchi Group Eight daromad olish maqsadida mualliflik huquqlarini xalqaro bozorda sotishni boshladi.

    Foto: Instagram

    Firma, shuningdek, O‘zbekistonga ham mualliflik huquqlarini sotishga harakat qilgan, ammo Li o‘z rahbarlarini “mualliflik huquqlarini xayriya qilishga” ko‘ndirishga “qattiq” harakat qilgan. Aktrisa, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi 600 000 etnik koreys, shu jumladan, O‘zbekistondagi 200 000 kishini Koreya va uning madaniyati haqida dramalar orqali ko‘proq maʼlumot olishga yordam berishni xohlagan. U serial O‘zbekistonda namoyish etilishi uchun serialning dublyaj qilinishi va boshqa tegishli choralar uchun shaxsan 100 million vondan ortiq mablag‘ sarflagan.

    5 aprel, 14:06   Izoh (0)   5243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Dorama#Koreys seriallari#Serial#Aktrisa#Koreya#Aktyor
    Anora Gulyamova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    07.09.2020, 16:46

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    10.09.2020, 16:23

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi Janubiy Koreya tarixiy seriallari 

    26.04.2024, 18:20

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    Bir o‘limdan qolgan qizaloq, modelga aylangan maktab o‘quvchisi, shaxsiy hayotda omadi chopmagan mashhur aktrisa — Son Xe Gyo haqida nimalar ma’lum?

    4 fevral, 09:43

    “Qalbim chechagi”dagi Yun Xi — aktrisa Chxve Jin Sil nima sababdan mashhurlik cho‘qqisida hayotiga yakun yasagan?

    10 fevral, 13:15

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    O‘zbekistonda tug‘ilgan koreys aktyori: “Biz barchamiz o‘likmiz” seriali yulduzi Pak Solomon haqida nimalar ma’lum?

    17 fevral, 13:30

    Bahoriy premyeralar: 2025-yil mart oyida kutilayotgan dorama va animelar

    8 mart, 13:35

    Doramalar nima haqida: Koreys seriallarining to‘rtta mashhur mavzusi

    10 mart, 09:35

    Kinopoisk O‘zbekistonda “Sport” bo‘limini ochdi va telekanallar translyatsiyasini boshladi

    19 mart, 18:00

    2025-yilning eng qiziqarli filmi: “Hayot senga mandarin bersa” koreys serialini tomosha qilish uchun 5 sabab

    28 mart, 17:45

    Doramalar davri qanday boshlangandi? Dunyo tomoshabinlarini ekran qarshisiga mixlagan eng mashhur seriallar

    3 aprel, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo fuqarolari ham bor: “FSB” urush boshlanganidan beri salkam 70 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 13 avgust, 17:30

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30

    “Avatar: Olov va Kul” filmi haqida nimalar ma’lum: yangi qabilalar va yulduzlar tarkibi

    Kino | 13 avgust, 17:13

    Qibrayda daraxtlar kesildi: tuman hokimligi va Ekologiya boshqarmasi ikki xil munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:55

    Yerning bir qismi sovib ketmoqda. Olimlar sababini ochiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 16:40

    Bekhem, Ouen, Bellingem va Trent Aleksander-Arnold. “Real” safida to‘p surgan angliyalik futbolchilar

    Futbol | 13 avgust, 16:37

    Kremniy vodiysi “aqlli” avlod yaratishga 50 ming dollargacha sarflamoqda — WSJ

    Dunyo | 13 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.