• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Otasidan erta ayrilgan, fransuz adabiyotiga qiziqqan, onasi sabab kinoga kirib kelgan mashhur koreys aktyori — Li Byon Xon haqida qiziqarli faktlar

    Oilaviy qarzlar, fransuz adabiyoti, “tish raqsi” haqidagi hazillar va hatto tanqidchilardan hojatxonaga qochish voqeasi — Li Byon Xonning unutilmas xotiralari juda ko‘p.

    Fransuz adabiyoti va kino 

    Li Byon Xon na bolaligida, na yoshligida aktyor bo‘lishni orzu qilgan. U bu haqda hatto o‘ylamagandi, aksincha o‘z hayotini fransuz adabiyoti bilan bog‘lashni rejalashtirgan.

    Mutaxassislikni tanlayotganimda fransuzcha gapirsam, juda zo‘r bo‘lardi, deb o‘yladim. Bir yil shu bo‘yicha o‘qidim, keyin esa KBS kanaliga qabul qilishdi.

    Kunlarning birida Li Byon Xon uyda dam olayotgandi. To‘satdan onasining tanishi KBS kanali uchun ariza namunasini olib keldi. Bo‘lajak aktyor odamlar oldida chiqishni yoqtirmasdi. Taklifni rad etmoqchi bo‘lganida onasining: “Shunchaki sinab ko‘r, tajriba orttirish uchun” degan so‘zlari uni to‘xtatdi.

    Garchi dastlabki natijalar uni quvontirmagan bo‘lsa-da, yangi soha aktyorni o‘ziga jalb etdi. O‘sha paytda ketma-ket 3 ta muvaffaqiyatsiz loyiha inqirozni anglatadi, deb hisoblanardi: go‘yo aktyor bunday vaziyatda bosh rolni qayta ololmaydigandek.

    To‘rtinchi filmim ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qizig‘i, men uch marta omadsizlikdan keyin  to‘rtinchi film uchun imkoniyatni qo‘lga kiritgandim. Beshinchisi — “Yuragim parchasi” (1999) esa muvaffaqiyat qozondi.

    Oilaviy qarzlar

    Aktyor — oilaning to‘ng‘ich farzandi. Uning Li Ji An (avvalgi ismi Li Yn Xi) ismli singlisi bor, u 1996-yilda “Koreya go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan.

    Aktyorning otasi 1998-yilda vafot etgan. U surunkali kasallikka chalingandi — chet elda ishlayotganida hushini yo‘qotgan, uni darhol topa olishmagan. Oqibatda kasalxonaga yetib borolmay, joni uzilgan.

    Bizning qarzlarimiz bor edi. Ularni to‘lash uchun akam o‘zini masxara qiladigan reklama roliklarida suratga tushgan. O‘sha paytda u barcha qarzlarni to‘liq uzishga erishgan.

    Sog‘lom tishlar raqsi

    2007-yilda Yaponiyada muxlislar bilan uchrashuvda aktyor jo‘shqin raqs bilan chiqish qildi. Keyinchalik bu chiqish “건치 댄스” (sog‘lom, tekis, go‘zal tishlar raqsi) deb nom oldi.

    Konsert prodyuseri“Jilmaymasang, qo‘rqinchili ko‘rinyapsan”, degan. Men butun raqs davomida tabassum bilan raqsga tushganman. Ammo robotga o‘xshab qolishimni sira o‘ylamagandim!

    Uning raqsi memga aylandi. Li Byon Xon esa konsertdan so‘ng o‘zini videoda ko‘rgach, juda oqilona ish qildi: aktyor suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

    Odamlar baribir buni ko‘rishadi. Nima uchun buni o‘zim e’lon qilmasligim va hech bo‘lmaganda xushchaqchaq ko‘rinishga urinib ko‘rmasligim kerak ekan, deydi aktyor.

    Hojatxonaga yashiringan

    2001-yilda aktyor “Arqon bilan sakrash” filmida bosh rolni ijro etdi. Filmning dastlabki namoyishida kutilmagan hodisa sodir bo‘ldi.

    Kulgili joyi yo‘q sahna namoyish qilinganda, to‘satdan 30 yoshli Li Byon Xon zaldan kulgi ovozini eshitib qoldi.

    “Biz tamom bo‘ldik”, deb o‘yladim. Shuning uchun menejerimga: “Men hojatxonaga yashirinib turaman, hammasi o‘tib ketgandan so‘ng kelib, meni olib keting”, dedim.

    Seans yakunlangach, menejer aktyorning oldiga kelib, hammaga film yoqqanini aytadi, ammo Li Byon Xon bunga ishonmaydi. Film haqidagi taqrizlarni o‘qigandagina, o‘shanda hayajonlanganidan kulgi ohangini ilg‘ay olmaganini tushunadi.

    Shaxsiy agentlik

    2006-yilda Li Byon Xon menejeri bilan birga BH Entertainment kompaniyasini tashkil qiladi. Kompaniyada BH homiyligi ostida Pak Bo Yon, Kim Go In, Pak Jin Yon, Xan Hyo Ju va boshqa aktyorlar faoliyat yuritadi.

    2023-yil may oyida Li Byon Xonning kompaniyasi barcha aktyorlari uchun Vyetnamning Danang shahriga safar uyushtirdi. Bu bilan agentlik tashkil etilganining 17 yilligi nishonlandi. Barcha xodimlar va aktyorlarni bir joyga to‘plash oson kechmadi, shu bois tadbir 6 oy oldindan rejalashtirilgandi.

    Iste’dodlar shousi paytida karaokeda qo‘shiq aytganimizda, barchamiz bir butun bo‘lib ketdik. Li Byon Xon hammamizga faxr bilan qarab turardi, deydi Pak Bo Yon.

    Postlariga xotinining sharhlari

    2013-yilda Li Byon Xon va Li Min Chjon turmush qurdi. Juftlikning ikkita farzandi bor, biroq er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar doim ham silliq kechmagan. Aktyorning nikohdan tashqari munosabatlari bo‘lgan, ammo u xotini bilan ajrashib ketmadi. Ayoli uni kechirdi, hatto ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga qarshi chiqishganda ham, erini himoya qildi.

    Gollivuddagi ishi

    2013-yilda Li Byon Xon “Kobra hamlasi 2” filmida ilk bor rol ijro etdi. Suratga olish paytida aktyorni “shahzoda” deb atashardi, u kamgap bo‘lib, deyarli hech kim bilan muloqot qilmasdi. Aktyor ingliz tilida gapirishga qiynalardi.

    Men sodir bo‘layotgan voqealarning ko‘pini tushunolmasdim, deydi aktyor.

    Li Byon Xon Bryus Uillis bilan ikkita filmda birga ishlagan: “Kobra hamlasi 2” va “RED 2”. Ularning munosabatlari yaxshi, chunki Bryus Uillis Li Byon Xonga juda g‘amxo‘rlik qilgan.

    Qiziqarli fakt: “RED 2” filmidagi bosh qahramonlar yirik planda tasvirlanayotgan sahnada, Bryus Uillis rejissyordan Li Byon Xonni ham yirik planda olishini so‘ragan.

    Li Byon Xon — paradoksal shaxs. U jamoat oldida chiqishlarni xushlamaydi, ammo koreys kinosining yuziga aylandi. Fransuz adabiyoti haqida o‘ylardi, biroq o‘zini Gollivudda namoyon etdi. Uning hayoti mukammal karyera haqida emas, balki qanday qilib yiqilishlar, ko‘z yoshlari ortidan kulgi va hatto bema’ni raqslar ham muvaffaqiyatga erishish uchun pog‘ona bo‘lishi mumkinligi haqida.

    5 aprel, 12:43   Izoh (0)   3348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys aktyor#Li Byon Xon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sharqdan G‘arbga: Jeki Chan, Jet Li va Gollivudni zabt etgan boshqa osiyoliklar (foto)

    01.11.2020, 21:58

    “Qish sonatasi” qanday suratga olingan va uning aktyorlari hozir nima bilan band? (foto)

    15.08.2024, 15:40

    Kinodagi karyerasida tanaffus qilgan mashhur koreys aktyorlari

    22.08.2024, 19:02

    Dunyodagi eng kelishgan mashhur erkaklar reytingi (foto)

    18.09.2024, 10:00

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Uch va undan ortiq tillarda erkin so‘zlashadigan Gollivud yulduzlari

    22.11.2024, 19:42

    O‘lik tashigan va choy sotgan: O‘zbek shou-biznesi vakillari mashhur bo‘lishidan avval qaysi sohada faoliyat yuritgan?

    2 yanvar, 17:51

    O‘zbekistonda namoyish etilgan ilk koreys seriali — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video)

    2 yanvar, 10:30

    “Qish sonatasi” 22 yoshda: Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    29.12.2024, 15:50

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi fasli chiqdi: kinotanqidchilar serial haqida ikki xil fikr bildirmoqda

    27.12.2024, 10:46

    “Kalmar o‘yini 2”: yangi mavsumda ishtirok etgan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    6 yanvar, 16:21

    Janubiy Koreyaning eng badavlat aktyorlari (foto)

    14 yanvar, 10:41

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    “Krishtianu Ronalduga muxlislik qiladi”. Zamonaviy koreys seriallarining eng kelishgan aktyorlari

    22 yanvar, 13:18

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida koreyalik xonandalar, reperlar, hatto K-pop aydollari ham rol o‘ynaganini bilarmidingiz?

    24 yanvar, 09:39

    Oltin qafas yoki baxtli hayot: mashhur koreys aktyorlarining rafiqalari aslida qanday yashaydi?

    28 yanvar, 09:46

    Mashhur aktrisaga uylangan, ikki farzandning otasi va muvaffaqiyatli tadbirkor: “Qish sonatasi”dagi Jun Sang —  Pe Yon Jun haqida (foto, video)

    31 yanvar, 13:17

    Go‘zalligi bilan dunyoni lol qoldirayotgan 10 nafar koreys aktrisasi (foto)

    1 fevral, 11:55

    Bir o‘limdan qolgan qizaloq, modelga aylangan maktab o‘quvchisi, shaxsiy hayotda omadi chopmagan mashhur aktrisa — Son Xe Gyo haqida nimalar ma’lum?

    4 fevral, 09:43

    Hayot uchun kurashgan va og‘ir kasalliklarni yenggan koreys aktyorlari

    5 fevral, 17:54

    “Kalmar o‘yini”dagi yollovchi — aktyor Kon Yu Netflix’ning shou-biznes haqidagi yangi serialida suratga tushadi

    14 fevral, 09:54

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    40 yoshdan keyin farzandli bo‘lgan koreys aktrisalari (foto) 

    13 fevral, 15:56

    O‘zbekistonda tug‘ilgan koreys aktyori: “Biz barchamiz o‘likmiz” seriali yulduzi Pak Solomon haqida nimalar ma’lum?

    17 fevral, 13:30

    Koreya shou-biznesidagi eng chiroyli va mashhur juftliklar

    21 fevral, 11:42

    “Kalmar o‘yini”dagi ko‘pchilik e’tiboridan chetda qoldirgan xato va yashirin ma’nolar

    15 mart, 13:50

    Faqat Kim Su Xyon emas: Koreya kino olamidagi shov-shuvli mojarolar

    21 mart, 10:55

    Nima uchun Janubiy Koreyaning eng mashhur yulduzlari 40 dan oshsa-da, hali ham bo‘ydoq?

    25 mart, 11:40

    Doramalar davri qanday boshlangandi? Dunyo tomoshabinlarini ekran qarshisiga mixlagan eng mashhur seriallar

    3 aprel, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.