• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Oltin qafas yoki baxtli hayot: mashhur koreys aktyorlarining rafiqalari aslida qanday yashaydi?

    Ularning erlari Koreyadagi eng mashhur va eng chiroyli aktyorlardir. Lekin hammasi bir qarashda tuyulganidek ajoyibmi? Koreys aktyorlarining xotinlari aslida qanday yashashi haqida ma’lumot beramiz.

    Birinchi muammo

    Qizlar duch keladigan birinchi narsa, albatta, tanqiddir. Son Jun Kining rafiqasi Keti Luiz Saundersning bu borada omadi chopgan, chunki u chet ellik edi, aks holda Koreyadagi tanqidlarga bardosh berolmasdi. Son Jun Ki hayotining tarixi koreys o‘lchovlari bo‘yicha juda murakkab. Qaysidir ma’noda Ketining mentaliteti muxlislar va jurnalistlar tomonidan qilingan barcha hujumlarni yengishga yordam beradi. Ular suratga olish maydonchasida tanishgan. Ketini italyan tili repetitori sifatida taklif qilishgani haqida mish-mishlar ham bor, ammo rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikkalasi umumiy do‘stlari orqali tanishgan. Doramaning bunga aloqasi yo‘q. Aktyor, ayniqsa, ular Koreyada yashaganlarida, rafiqasiga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan. U rafiqasi uchun shaxsiy tarjimon yollagan va unga iloji boricha qulaylik yaratish uchun barcha choralarni ko‘rgan.

    Afsuski, shu paytgacha hech kim Son Jun Ki va ko‘pchilik sevgan aktrisa Son Xe Gyoning munosabatlarini unutgani yo‘q. Shubhasiz, bu ikki ayolni doimo taqqoslashadi.

    Yaqinda internet foydalanuvchilari Son Jun Kiga rafiqasi bilan munosabatlari haqidagi gaplari uchun tanqid qilishdi. Aktyor Keti unga his-tuyg‘ularini yengishda yordam berishini tan oldi. Ammo tarmoq foydalanuvchilari Son Xe Gyoning unga turmushga chiqqan paytida u ham xuddi shu narsani aytganini esladilar. Shuning uchun ham ko‘pchilik aktyorni ikkiyuzlamachi deb atadi.

    Ikkinchi muammo

    Koreyadagi aktyorlarni har bir suratga olishdan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlarda shubha qilishlarini bilasiz, lekin u uylangan bo‘lsa-chi?

    Bir kuni Nam Gun Min rejissyor sifatida o‘zini sinab ko‘rishga va qisqa metrajli film suratga olishga qaror qiladi. Ushbu loyiha ustida ishlayotganda u Jin Arim ismli modelni yoqtirib qoladi, lekin Nam Gun Minning aytishicha, munosabatlarda tajribasi juda kam bo‘lgani uchun u o‘zini haddan tashqari to‘g‘riso‘z tutadi. Jin Arim aktyorni bir necha bor rad etadi. Nam Gun Min hatto rad etilgan uzundan-uzoq matnli SMS ham oladi.

    Albatta, bunday voqeadan keyin artist taslim bo‘lishni o‘ylab qo‘ygandi, lekin bir kuni Jin Arim kutilmaganda Nam Gun Minni birga ichishga taklif qilgan. O‘sha kundan boshlab ular uchrasha boshlaydi. To‘y 2022-yilda bo‘lgan va er-xotin deyarli 10 yildan beri birga. Ammo 2023-yilning yozida An In Chin va Nam Gun Min bosh rollarni ijro etgan “Sevishganlar” tarixiy dramasi ekranlarga chiqqach, katta janjal boshlanadi. Garchi serial unchalik mashhur bo‘lmasa-da, u tomoshabinlar orasida aktyorlar tushgan noxush voqea tufayli esda qoldi.

    Ekrandagi er-xotinning haqiqiy hayotda ham ishqiy munosabatlari bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqaldi. Aktrisa An In Chin uylangan erkakning boshini aylantirganlikda ayblangan. Hatto An In Chinning onasi ham bu mish-mishlarga ishongan. Shuncha gaplarga qaramay, juftlikning munosabatlar saqlanib qoladi. Ba’zida Jin Arim mehmon yoki model sifatida moda tadbirlariga taklif qilinadi, ammo uning o‘tmishdagi barcha xizmatlariga qaramay, uning ismi har doim eri Nam Gun Mining ismi bilan yonma-yon turadi.

    Uchinchi muammo

    Li Byon Xon rafiqasi bilan mashhur aktyor bo‘lganida tanishgan, Li Min Jon esa kinoga endigina kirib kelgan edi. Ko‘p o‘tmay ular turmush qurishadi. 2014-yilda katta janjal chiqqunga qadar oshiq-ma’shuqlar ajoyib yashayotgandek edi.

    Xonanda Kim Da Xi va model Li Ji Yong taniqli aktyor Li Byon Xonni shantaj qilishga uringanidan keyin qo‘lga olinadi. Ma’lum bo‘lishicha, u qizlar bilan birga ichgan, hatto ularga shilqimlik qilgan. Ular hammasini videoga olishga ulgurishadi. Bundan tashqari, sud jarayonida san’atkor ishtirokidagi ochiq yozishmalar ham yuzaga chiqadi. Qiz kechki ovqatga nima xohlashini so‘raganida, Li Byon Xon “Seni” deb javob beradi. Muloqotlarda ko‘p noz-ishvalar sezilib turardi. Bularning hammasi aktyorning qonuniy xotini birinchi farzandini kutayotgan paytda sodir bo‘ladi. Mojarodan so‘ng Li Byon Xon xiyonatni tan olib, Li Iin Jon va muxlislaridan uzr so‘raydi. Tovlamachi ayollar esa qamoqqa olinadi.

    Biroq aktyor ular uchun maksimal jazoni talab qilishni xohlamaydi, shuning uchun bir muncha vaqt o‘tgach, qizlar garovga qo‘yib yuboriladi. Xotini Li Byon Xonni kechiradi, yaqinda er-xotin ikkinci marta ota-ona bo‘lishdi. Li Min Jon bir intervyusida turmush o‘rtog‘i bilan aslida qanday yashayotganini aytib “U juda mehribon va yumshoq ko‘ngil, mening barcha haqoratli so‘zlarim va harakatlarimga indamay chidaydi. Men biroz qiziqqonman, shuning uchun ota-onam oldida ham unga baqirishim mumkin. Shunda ular o‘zimni qo‘lga olishimni maslahat berishadi. Qahr-u g‘azabimni to‘kib solsam, biroz yengil tortaman” deydi.

    Shuningdek, aktrisa eri uni hammadan yaxshiroq tushunishini, har doim ishda qo‘llab-quvvatlashini aytadi. Shunday qilib, san’atkorning karyerasiga zarar yetmay, yangi loyihalar tufayli uning mashhurligi yanada oshib bormoqda.

    To‘rtinchi muammo

    Mazkur juftlikning sevgi tarixini asr romani deb atashadi. Bu Koreyadagi eng ko‘p muhokama qilinadigan, shu bilan birga eng sevimli juftliklardan biridir. Albatta, hamma Xyon Bin va Son Ye Jin aslida qanday yashashini, masalan, ular o‘rtasida qandaydir kelishmovchiliklar bor-yo‘qligini bilishga qiziqadi. 

    Xyon Bin va Son Ye Jin bir-birlarini uzoq vaqtdan beri bilishlari haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq ularning rasmiy munosabatlari ular “Muhabbatning favqulodda qo‘nishi” doramasida birga rol o‘ynaganlaridan keyin boshlangan. Doramadagi ishqiy syujet ertak kabi real hayotga ham ko‘chadi.
    O‘sha paytda aktrisaga ko‘pchilik hasad qilardi. Ammo muxlislari juftlikning munosabatlarini qo‘llab-quvvatladi, ayniqsa ular o‘rtasidagi his-tuyg‘ular juda jiddiy bo‘lib, shunchaki bir lahzalik muhabbat bo‘lib qolmadi, balki haqiqiy oila paydo bo‘ldi. To‘y 2022-yil mart oyida bo‘lib o‘tdi, noyabr oyida esa juftlik o‘g‘il farzand ko‘rishdi.

    Yaqinda aktyor Koreya ko‘ngilochar shoularidan birida ishtirok etdi. Shouda aktyor ommaga har doim ham ochiqlamaydigan oilasi aslida qandayligi haqida gapirib berdi. Ilgari Son Ye Jin o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan onalik maqomi haqida intervyu bergandi. U farzand tarbiyasi qanchalik mas’uliyatli ekani haqida aytganda Xyon Bin ham buni tasdiqladi. Yuqoridagi shirin tashvishlar bilan er-xotin baxtli, ular o‘rtasida yuzaga keladigan yagona kelishmovchilik — chaqaloq kimga ko‘proq o‘xshashi haqidagi bahslar.

    Xyon Bin xotinidan faxrlanishini ta’kidladi. U hech qachon rafiqasini oltin qafasga solishga urinmagan. Aksincha, ikkala aktyor ham karyeralarini rivojlantirishda davom etmoqda, ularni oldinda yana ko‘plab qiziqarli va hayajonli loyihalari kutmoqda.

    28 yanvar, 09:46   Izoh (0)   95507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Firdavs Abduholiqov: Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekfilm”ga tashrifi, efirlarda turk seriallarining kamayishi va “O‘zbekkino”ga nisbatan tanqidlar haqida

    23.11.2020, 10:25

    2022-yilda eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta turk seriali

    17.12.2022, 15:50

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu diqqatni o‘ziga tortadigan va ilhom bag‘ishlaydigan maskan” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 17 may, 15:00

    To‘rt yoshli bloger qiz Forbes’ning “30 dan 30 gacha” ro‘yxatiga kirdi

    Layfstayl | 17 may, 14:35

    Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, yana ishga tiklandi

    O‘zbekiston | 17 may, 14:13

    Olimlar musiqa yordamida ozishning yangi usulini kashf etdi

    Maslahatlar | 17 may, 13:40

    Yaqin yillarda sun’iy intellekt egallashi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb

    Layfstayl | 17 may, 12:45

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 17 may, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.