Suriyaning yangi hukumati yanvar oyida Rossiyadan ag‘darilgan prezident Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni so‘ragandi, biroq Kreml rad javobini berdi. Bu haqda Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a The New York Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rad javobiga qaramay, Suriya hukumati Rossiya bilan munosabatlarni uzish niyatida emasligini ta’kidladi. Al-Juloniy Suriya qurollarining katta qismi Rossiyada ishlab chiqarilgani va mamlakat Rossiya oziq-ovqat va energiya ta’minotiga sezilarli darajada bog‘liqligini aytdi.
Biz Suriyaning ushbu asosiy manfaatlarini hisobga olishga majburmiz, dedi Ahmad ash-Shar’a (Al-Juloniy).
Yangi hukumatning Asadning ekstraditsiyasiga erishish niyati haqida Reuters ham xabar bergan edi. Keyinchalik ma’lumotni Al Arabiya va Al Hadath manbalari tasdiqlagan, ammo Damashq tomonidan rasman endi tasdiqlanmoqda.
Bundan tashqari, Suriya hukumati Bashar Asad Rossiyaga olib chiqib ketgan moliyaviy mablag‘larni qaytarishni ham talab qilgan. Gap 500 ming dollar naqd pul, shuningdek, qimmatbaho buyumlar haqida ketmoqda. Asad o‘zi bilan muhim hujjatlar, noutbuklar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qattiq disklarni ham olib ketgani ta’kidlangan.
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Xalab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Xalab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.
Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi. 10-dekabr kuni Idlib shahrida isyonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan televideniye murojaatida bu lavozimni kamida 2025-yil 1-martgacha egallab turishini ma’lum qildi.
Izoh (0)