• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevroittifoq Suriyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalarini bekor qildi

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari TIV rahbarlari qariyb 14 yillik fuqarolar urushidan so‘ng Suriyaning iqtisodiy tiklanishi va qayta qurilishiga ko‘maklashish maqsadida Suriyaga qarshi bir qator qat’iy sanksiyalarni to‘xtatishga qaror qildi.

    Foto: AP

    Kengash beshta moliyaviy tashkilotni mablag‘lar va iqtisodiy resurslarni muzlatish qo‘llaniladigan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bundan tashqari Suriya Markaziy bankiga mablag‘lar va iqtisodiy resurslar taqdim etilishiga ruxsat berdi.

    YI, shuningdek, Suriyaning neft, gaz, elektr energiyasi va transport sohalaridagi sektoral choralarni to‘xtatdi hamda gumanitar va tiklanish maqsadlarida, shuningdek, energetika va transport sohalarida amaliyotlarni osonlashtirish uchun Suriya banklari va YIdagi moliya institutlari o‘rtasidagi bank munosabatlarini taqiqlashdan istisnolar kiritdi.

    Blok sanksiyalarning to‘xtatilishi maqsadga muvofiqligini ta’minlash uchun mamlakatdagi vaziyatni kuzatib borishini ma’lum qildi. YI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas “agar vaziyat noto‘g‘ri yo‘nalishda rivojlansa, sanksiyalarni qayta joriy etishini” ta’kidladi.

    Yevroittifoq sanksiyalarining aksariyati 2011-yilda Bashar Asad tomonidan Suriyadagi norozilik namoyishlari shafqatsizlarcha bostirilganidan so‘ng joriy etilgan bo‘lib, ular savdo, moliyaviy operatsiyalar va energetika hamda transport kabi muhim sohalarga qaratilgan keng cheklovlarni o‘z ichiga olgan.

    Human Rights Watch (HRW) tashkiloti YI, AQSH va Buyuk Britaniyaning Suriyaga nisbatan keng ko‘lamli sanksiyalari mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgani va millionlab suriyaliklarni elektr energiyasi, sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti va ta’lim kabi asosiy xizmatlardan mahrum qilayotgani haqida ogohlantirdi.

    G‘arb hukumatlari sanksiyalardan o‘zgaruvchan siyosiy maqsadlarga erishish uchun dastak sifatida foydalanish o‘rniga, ular tinch aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazayotganini tan olishi va asosiy huquqlardan foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yishi kerak, dedi HRW’ning Suriya bo‘yicha katta tadqiqotchisi Hiba Zayadin.

    Asad rejimi qulashi

    Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar, asosan HTSH jangchilari Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.

    Lightbox Image

    Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

    Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi. 10-dekabr kuni Idlib shahrida isyonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlagandi. U fuqarolarga qarata qilgan televideniye murojaatida bu lavozimni kamida 2025-yil 1-martgacha egallab turishini aytgan. Endilikda al-Juloniy Suriya prezidenti deb e’lon qilindi.

    24 fevral, 22:25   Izoh (0)   2075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #YI#Suriya#sanksiyalar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ittifoqi koronavirus sabab Suriya, Venesuela, Eron va KXDRdan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi

    07.04.2020, 13:50

    Yevropa Ittifoqi Suriya mojarosi qurbonlari uchun 1,5 milliard yevro yordam ko‘rsatadi

    15.06.2023, 21:52

    2023-yilning birinchi yarmida yarim milliondan ortiq odam Yevropa Ittifoqidan boshpana so‘rab murojaat qilgan

    05.09.2023, 19:47

    Zelenskiy Putin shartlari asosida o‘t ochishni to‘xtatish xavfidan ogohlantirdi

    20.12.2024, 21:55

    “Juda kam, juda kech”— YI va Ukraina Baydenni Kiyevga o‘z vaqtida yordam bermaganlikda aybladi

    20.12.2024, 23:34

    AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga yordami uchun Xitoyga tahdid qildi 

    7 yanvar, 19:40

    O‘nta davlat Rossiya gazini sotib olishni to‘xtatmoqchi 

    14 yanvar, 18:15

    Yevropa ittifoqi Rossiyaning 2028-yilda hujum qilish xavfidan ogohlantirdi 

    22 yanvar, 20:10

    Yevroittifoq sanksiyalarni bekor qilish uchun Damashqdan Rossiya harbiy bazalaridan voz kechishni so‘radi 

    24 yanvar, 21:15

    “Putin AQSH bilan katta kelishuv istamoqda” — boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Ukrainadagi urush (tahlil)

    27 yanvar, 20:05

    Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishi mumkin

    29 yanvar, 10:48

    “Ular biz bilan juda yomon munosabatda bo‘ldi” — Tramp YIga qarshi savdo urushi boshlamoqchi 

    4 fevral, 19:40

    Shimoliy Koreya yadro quroli hech qachon “savdolashish obyekti” bo‘lmasligini ma’lum qildi

    8 fevral, 13:30

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida aholi ko‘proq daromad olayotgani maʼlum qilindi

    9 fevral, 18:15

    Yevrokomissiya AQSHning Yevropa eksportiga qo‘llaydigan bojlariga javob berishga va’da qildi 

    10 fevral, 18:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.