Daryo

Suriya prezidenti qarorgohi talon-toroj qilindi (video) 

Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlandi

1 daqiqa o‘qish26 874 ko‘rishlar0 izoh0

Suriyada isyonchilar prezident Bashar Asadning qo‘riqchisiz qolgan qarorgohiga kirdi, odamlar buyumlarni talon-toroj qilishni boshladi.

Kollaj: Shutterstock

Prezident qarorgohi shaharning g‘arbiy qismida, Mezz tog‘ida joylashgan. U Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning otasi Hofiz Asad davrida qurilgan. Odamlar qarovsiz qolgan saroydan mebellar, gilamlar, stullar, prezidentning shaxsiy buyumlarini olib ketmoqda. Mahalliy aholi prezident saroyida bemalol sayr qilib, suratga tushmoqda.

Suriya ommaviy axborot vositalari qarorgohdagi garajda 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlanganini yozmoqda. Transport vositalari orasida bir nechta yo‘ltanlamaslar, jiplar va yuk tashish mashinalari bor. Hatto limuzinlar va sport avtomobillari ham mavjud: BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo va Mercedes-AMG SLS.

Hozirda prezident qarorgohida yong‘in chiqqani aytilmoqda. 8-dekabrga o‘tar kechasi Suriya prezidenti Damashqni tark etgan. Poytaxtga qurolli isyonchilar kirib kelgan. 

Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy prezidentning qayerdaligi noma’lumligini aytgan. U hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga tayyorligini e’lon qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqqani va Suriyani tark etganini xabar qilgan.

Reuters nashrining xabar berishicha, bortida Asad bo’lgan samolyot Damashqni tark etgan va ko‘p o‘tmay radardan g‘oyib bo‘lgan. Hozirda siyosatchi qayerdaligi noma’lum.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar