FIFA rasmiy saytida “U-17 Osiyo Kubogida porlagan futbolchilar” nomli maqola e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan musobaqa g‘olibligiga erishgan Asilbek Aliyev ham e’tirof etildi.

Unda yozilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi musobaqada 15 yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zida tajribali hujumchiga xos ajoyib instinktni namoyish etgan:
Bu yosh iste’dod O‘zbekistonning chempionlikka erishish yo‘lidagi asosiy qurollardan bir bo‘ldi va hujum chizig‘ida ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Aliyev guruh bosqichidan chorak finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda beshta gol urib, ajoyib sermahsullik ko‘rsatdi hamda turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. U 15 yoshda bo‘lishiga qaramay, tajribali hujumchiga xos ajoyib instinkt va yoshiga qaraganda ancha g‘ayrioddiy yetuklikni namoyon qildi. Shu sababli turnirning eng yaxshi to‘purar unvonini qo‘lga kiritgani hech kimni hayratlantirmadi. Boisi ko‘pchilik uni Markaziy Osiyoning eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida ko‘rmoqda, deb yozilmoqda FIFA rasmiy saytida.
Shuningdek, ushbu maqolada Abdurahmon Sufyani (Saudiya Arabistoni), Kim In Song (Janubiy Koreya), Kim Yu-Jin (Shimoliy Koreya), Evandra Florasta (Indoneziya) va Muhammad Nazriyev (Tojikiston) kabi futbolchilar ham e’tirof etilgan.
Izoh (0)