• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Nima uchun “Titanik” kemasini okean tubidan olib chiqib bo‘lmaydi?

    Afsonaviy “Titanik” kemasi 1912-yilning 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi cho‘kkan. Uning qoldiqlari hozirgacha Atlantika okeani tubida yotibdi va ular YUNESKOga tegishli meros sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

    Foto: Wikipedia

    Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: nega mazkur kemani olib chiqishmaydi? Axir uni muzeyga qo‘yish mumkin-ku. Bundan tashqari “Titanik” qoldiqlari orasida hali ham ko‘plab qimmatbaho buyumlar bo‘lishi ehtimoli bor. Mish-mishlarga ko‘ra, u yerda yuz million dollarlik brilliantlar saqlangan seyf bor emish.

    Aslida ulkan kemani ko‘tarish bo‘yicha ko‘plab takliflar berilgan, lekin ularning aksariyati aqlbovar qilmas g‘oyalarga o‘xshaydi. Masalan, fojia yuz berganidan so‘ng, bir nechta badavlat qurbonlarning oilalari Wrecking Company nomli kema qoldiqlarini izlab topish korxonasi bilan shartnoma tuzishgan. Ular portlash yo‘li bilan kemani ochib, halok bo‘lganlarning jasadlarini sirtga chiqarishni rejalashtirishgan. Ya’ni, halokat joyiga bir necha sentner dinamit tashlab, kemani portlatmoqchi bo‘lishgan. Portlash natijasida jasadlar sirtga chiqadi va ularni yig‘ib, shaxsini aniqlab, so‘ng dafn etish mumkin bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Ammo keyinchalik bu ajabtovur rejadan voz kechishdi.

    Foto: Reddit

    Gap shundaki, “Titanik” kemasi cho‘kkan chuqurlikda suv bosim o‘ta yuqori, harorat esa juda sovuq. Shu sababli jasadlar chirishi jarayonida gazlar to‘planmagan va portlash natijasida ular suv yuzasiga chiqishi imkonsiz.

    Yana bir g‘oya denverlik arxitektor Charlz Smitga tegishli: 1914-yilda u suvosti kemasiga elektromagnitlar o‘rnatib, kemani ularga yopishtirish va yuqoriga tortib chiqarish mumkinligini aytgan. Biroq bu reja ham amalga oshmadi, chunki bunday usul juda qimmat, murakkab va xavfli edi. Qolaversa, suvosti kemasi ekipaji uchun ham katta tahdid bor edi.

    Foto: Reddit

    1960-yillarning o‘rtalarida Baldok shahridagi paypoq fabrikasi ishchisi Duglas Vulli quyidagi reja bilan chiqdi: batiskaf suv osti kemasi orqali “Titanik” oldiga borib, uning ichini shishirilgan neylon sharlari bilan to‘ldirish va shu tariqa sirtga chiqarish mumkin, degan g‘oyani ilgari surdi. Reja berlinlik bir guruh biznesmenlar tomonidan moliyalashtirilishi kerak edi. Ammo loyiha birlamchi tayyorgarlik davridayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi: kerakli miqdordagi sharlarga gaz to‘ldirish uchun butun dunyoda yetarli gaz ballonlari yetmasligi aniqlandi. Okean bosimiga qarshi turadigan darajadagi siqilgan havoni yetkazib berish uchun kamida 10 yil kerak bo‘lar edi.

    Foto: Reddit

    Mutaxassislar yana bir kulgili variantni: ular kema bortini yuz minglab ping-pong to‘plari bilan to‘ldirishni taklif etishgan. Ammo bu reja ham Jeyms Medison universiteti fiziklari tomonidan tanqid qilingan: ping-pong to‘plari okean suv bosimiga bardosh bera olmaydi va halokat joyiga yetmasdan avval ezilib ketadi.

    Shuningdek, “Titanik” ichiga 180 ming tonna vazelin quyish va shu tarzda uni “suzdirish” taklifi ham bo‘lgan. Eng g‘alati g‘oya esa uolsollik yuk tashuvchi Artur Xikkiga tegishli: u aysberg sababli cho‘kkan kemani suyuq azot bilan to‘ldirib, uni muzlatib, keyin muz bo‘lagidek tortib chiqarmoqchi bo‘lgan.

    Ammo Britaniyaning yirik gaz kompaniyasi BOC Ltd mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, buning uchun okean tubiga kamida yarim million tonna suyuq azot yuborish kerak. Oxir-oqibat ushbu g‘oya ham amalga oshirilmay qolib ketdi.

    Foto: History.com

    Qayd etish kerak-ki, hech qaysi taklif beruvchilar bir muhim jihatni hisobga olmagan: kema yillar davomida juda mo‘rtlashib ketgan. Bakteriyalar, okeandagi tirik organizmlar va sho‘r suv “Titanik”ni zanglagan bir qoldiqqa aylantirgan. Hatto jasadlarning skeleti ham parchalanib ketgan.

    1986-yilda Robert Ballard boshchiligidagi ekspeditsiya halokat joyini o‘rganganida okean tubida bir juft oyoq kiyimlarni ko‘rib qolishgan. “Titanik” yo‘lovchilaridan qolgan yagona narsa shu charm oyoq kiyim bo‘lgan. Go‘sht, suyak va kiyim-kechaklar okeandagi jonzotlar tomonidan yeb yuborilgan, faqat tabiiy teridan ishlangan ayrim buyumlar nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib qolgan.

    Xulosa qilib aytganda, “Titanik”ni faqat halokatdan keyingi ilk yillarda ko‘tarish imkoni bo‘lgan. Ammo hattoki o‘shanda kemani butun tarzda qirg‘oqqa olib chiqish kafolatlanmagan edi. Bugungi kunga kelib kema qoldiqlari yemirilishda davom etmoqda. Olimlarning fikricha, yaqin 15–20 yil (ko‘pi bilan 50 yil) ichida “Titanik”dan hech vaqo qolmaydi. Ulkan kema parchalanib, zangga aylanadi, so‘ng okean uni butunlay yuvib yuboradi.

    17 aprel, 15:55   Izoh (0)   201270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Titanik”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ikkinchi planga o‘tib qolgan halokat, ishonarsiz sevgi qissasi: “Titanik” filmidagi asosiy kamchiliklar

    25.11.2024, 13:45

    Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi 

    27.11.2024, 10:30

    Dunyodagi eng yirik va hashamatli yaxtalar top 10 taligi (foto)

    7 yanvar, 14:04

    Leonardo Di Kaprio ikkiyuzlamachilikda ayblanmoqda

    14 yanvar, 17:58

    Sinchkov muxlislar “Titanik” filmidagi yana bir xatoni 28 yil o‘tgachgina payqab qolishdi

    16 yanvar, 09:44

    Burilish nuqtasi: Aktyorlar hayotini o‘zgartirib yuborgan 7 ta muhim rol

    18 yanvar, 15:50

    Los Anjelesdagi yong‘in qurbonlariga Leonardo Di Kaprio 1 million dollar xayriya qildi, Jennifer Lopes esa kiyim-kechaklar tarqatdi

    17 yanvar, 15:45

    Sinchkov tomoshabinlarning ham e’tiboridan chetda qolgan mashhur filmlardagi xatoliklar

    20 yanvar, 09:55

    50 yoshda hayot endi boshlanadi: keksayganda mashhurlikka erishgan aktyorlar

    25 yanvar, 16:41

    Kino va adabiyotdagi mashhur qahramonlarning prototiplari qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    25 yanvar, 11:25

    Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan aktyor va aktrisalari

    7 fevral, 16:02

    O‘z muvaffaqiyatining qurboni: birgina roli tufayli ham mashhurlik, ham nafratga duchor bo‘lgan kino yulduzlari

    18 fevral, 16:45

    “Titanik”dagi Leonardo Di Kaprioning kichik erkatoyi hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    21 fevral, 12:47

    Faqat “Titanik” emas: “Oskar” soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan 6 ta eng shov-shuvli film (treyler)

    5 mart, 11:52

    Kiyimlar film mazmuniga ishora bergan 10 ta film

    12 mart, 14:35

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    “U 4 soat tinmay yig‘ladi: Jeyms Kemeron rafiqasining “Avatar 3” filmiga reaksiyasi haqida so‘zlab berdi

    14 mart, 12:50

    Jahon san’ati olamida 50 yil avval yuz bergan muhim voqeliklar

    17 mart, 12:10

    Faqat Belluchchi emas: go‘zalligi bilan butun dunyoni lol qoldirayotgan italiyalik aktrisalar

    19 mart, 09:22

    Mashhur aktyorlar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan filmlar

    23 mart, 11:40

    Xitoy multfilmi jahon bo‘yicha eng mashhur filmlar beshligidan joy oldi

    20 mart, 14:20

    Selin Diondan Adelgacha: “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi 10 ta qo‘shiq

    21 mart, 13:25

    E’tiborsiz qoldirilgan bo‘lsa-da, ko‘plab holatlarni tushuntirib berishi mumkin bo‘lgan filmlardagi qiziqarli detallar

    26 mart, 23:15

    Faqatgina sinchkov tomoshabinlargina payqashi mumkin bo‘lgan mashhur filmlardagi xatolar (foto)

    28 mart, 10:42

    Neyrotarmoq “Titanik” qahramonlarini anime uslubida tasvirladi

    28 mart, 18:45

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Titanik halokati haqida yangi tafsilotlar aniqlandi

    14 aprel, 17:15

    Rouz basseynda cho‘kkan, King Kong esa 45 santimetr bo‘lgan: tomoshabinlarni ishontirish uchun rejissyorlar faol qo‘llaydigan hiylalar

    15 aprel, 21:35

    “Titanik” halokatiga 113 yil bo‘ldi: film ijodkorlarini ilhomlantirgan kema yo‘lovchilarining haqiqiy sevgi hikoyalari

    16 aprel, 08:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.