• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Kiyimlar film mazmuniga ishora bergan 10 ta film

    Personajning kiyim-kechagi filmning muhim qismi bo‘lib, tomoshabinlar buni ko‘pincha e’tibordan chetda qoldiradi. Ammo bu xato. Kiyim dizaynerlari o‘z ishlariga syujetni chuqurroq anglashga yoki qahramonning xarakterini tushunishga yordam beradigan yashirin ma’nolarni singdiradilar.

    “Titanik”

    Libos dizayneri Debora Linn Skottning fikricha, bosh qahramon ko‘ylaklarining ranglari tomoshabinga Rouzning xarakter xususiyatlarini ochib berishi lozim edi. Chunonchi, qora yarim shaffof to‘r bilan qoplangan yorqin qizil ko‘ylak qizning ehtirosli va o‘jar tabiatini ko‘rsatadi, biroq u amal qilishga majbur bo‘lgan qat’iy ijtimoiy me’yorlar bilan cheklangan. Ammo qahramonning liboslari haqidagi hikoya faqat shugina emas.
    Yakuniy sahnada Rouz yana “Titanik”da paydo bo‘ladi, biroq bu safar oq libosda. E’tiborli jihati shundaki, bu libosning dizayni va bichimi Rouz Jek bilan ilk bor uchrashganida kiygan qizil ko‘ylakka aynan o‘xshaydi. Bu esa bizga qahramonlar va ularning muhabbati yo‘lida endi hech qanday to‘siq qolmaganini anglatadi.

    “Garri Potter va qaqnus ordeni”

    “Garri Potter”ni o‘qiganlar Nimfadora Tonksning sochlari saqichday pushti rangda bo‘lganini eslaydi. Biroq film yaratuvchilari qahramonning sochlarini to‘q binafsha rangga bo‘yashga qaror qilishdi. Buning sababi shundaki, tomoshabinlarda mustahkam assotsiatsiya hosil bo‘lishi kerak edi: pushti rangni yovuz shaxs kiyadi. Va bu rang bilan personaj o‘rtasidagi bog‘liqlik haqiqatan ham ongimizda chuqur o‘rnashib qoladi.
    Sehrgarlik vazirining yordamchisi va qora kuchlardan himoyalanish fani o‘qituvchisi Dolores Ambrij pushti rangni har qanday ko‘rinishda yaxshi ko‘radi. Qiziq qonuniyat: professor Ambrij qanchalik g‘azablansa, uning kiyimlaridagi pushti rang shunchalik yorqinroq tusga kiradi.

    “Kichik xonimlar”

    Filmning boshidan oxirigacha Lori va Jo bir xil nimcha kiyib yurishadi. Bu ularning o‘rtasidagi alohida rishtani ko‘rsatish maqsadida o‘ylab topilgandi. Bundan tashqari, liboslar bo‘yicha rassom Jaklin Dyurran aktrisa Sirsha Ronan bilan hamkorlikda Jo uchun ramziy kiyim-kechak yaratdi. Qiz roman yozayotgan paytda doimo yashil harbiy kamzul kiyib oladi, bu uning qat’iyatli va kuchli ruhiyatini ifodalaydi.

    “Suvning shakli”

    Filmdagi Elayza dastlab hech kim bilan so‘zlashmaydigan, rangsiz kiyimlar kiygan va ko‘zga tashlanmaydigan ayol sifatida tasvirlanadi. Biroq Elayza amfibiya odam bilan uchrashgach, hamma narsa o‘zgaradi. Ayol unga oshiq bo‘ladi va bu yangi his-tuyg‘u jimgina yuruvchi farroshni qanday o‘zgartirayotganini ko‘ramiz. Elayza qizil rangdagi kiyimlar kiyishni boshlaydi, bu uning ehtirosli tabiatidan darak beradi.

    “Yozning 500 kuni”

    Dastlabki titrlardayoq, Tom va Sammerning bolalik kadrlari ko‘rsatilganda, qahramonlarga ikki xil rang biriktirilganini ko‘rish mumkin: jigarrang — Tom uchun, ko‘k — Sammer uchun. Sammer Tom hayotining bir qismiga aylangach, uning atrofida darhol ko‘plab moviy va ko‘k ranglar paydo bo‘ladi. Misol uchun, qahramon moviy kiyimdagi odamlar qurshovida baxtli raqs tushayotgan epizodda. Shu tarzda biz Tom ayni paytda faqat sevgilisi haqida o‘ylayotganini tushunamiz.

    “Alovuddin”

    Yangi filmda malika Jasminning ko‘plab ajoyib liboslari namoyish etiladi, ular tomoshabinlarga qahramonning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Malikaning an’anaviy yorqin feruza libosiga endi nozik munchoqlar bilan nafis kashta tikilgan. Pardada tovus tasviri berilgan, bu bejiz emas. Bu chuqur ma’noli ramziy ifoda: qirol bog‘ida tutqunlikda qolgan tovus malika singari ozodlikka intiladi.

    “Temir xonim”

    Meril Strip Margaret Tetcher qiyofasida hokimiyat va jamiyatdagi barqaror mavqeyini ko‘rsatishi kerak bo‘lganda nafis bichilgan ikki qismli kostyum, marvarid va bantli bluzka kiyadi. Eng muhim sahnalarda bu ta’sir qahramonning sevimli rangi — ko‘k tus hisobiga yanada kuchayadi. Tetcher bosh vazirlik lavozimini tark etishga majbur bo‘lganida u birinchi marta qizil rangli kostyum kiyadi. Bir tomondan, u shu tarzda o‘zining kuchli va o‘jar tabiatini hamda kurashni davom ettirishga tayyorligini bildiradi. Boshqa tomondan, bunday libos qahramonning endi vaziyatni nazorat qila olmasligiga ishora qiladi.

    “Sumerki”

    “Sumerki” asarining muallifi Stefani Mayer kitoblarida Kallenlarning oilaviy gerbi haqida hech narsa aytmagan. Biroq film yaratuvchilari bu qahramonlar uchun oila eng muhim qadriyat ekanligini ko‘rsatish maqsadida vampirlar qiyofasiga gerb tasviri tushirilgan aksessuarlarni qo‘shishga qaror qilishdi. Emmet, Jasper va Edvard o‘ng qo‘liga charm bilaguzuk taqishgan. Rozali katta taqinchoqni, Elis esa marjonni ma’qul ko‘radi. Karlayl chap qo‘liga o‘yma naqshli kumush uzuk taqqan bo‘lsa, Esme kumush bilaguzuk taqib olgan.

    “Qindan chiqqan pichoqlar”

    Ransom boylik va erkka o‘rganib qolgan yigit bo‘lib, qimmatbaho kiyimlariga e’tibor berishni xayoliga ham keltirmaydi. Uning kiyimlari achinarli holatda ekanini ko‘ramiz: och jigarrang sviterida katta-katta yirtiqlar bor, yeng uchlari va yoqasi ham tang ahvolda. Bu orqali bizga Ransomning o‘ziga xos shaxsiyatini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan — u na pulni, na unga bu pulni berayotgan odamlarni, ya’ni o‘z oilasini hurmat qiladi.

    “Grand Budapesht mehmonxonasi”

    Madam Selin Vilnev Degoff-und-Taksis xonimning kiyimlarida tarixning turli davrlari ataylab birlashtirilgan. Uning qizil paltosi va shlyapasi 20-yillardan, ko‘ylagi 30-yillar boshidan, soch turmagi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri G‘aroyib davrdan olingan. Uslublarning bunday qorishmasi D. xonimning o‘tmishdan qutula olmasligini ifodalaydi, shuningdek, qahramonning ozgina aqldan ozganini ham ko‘rsatadi.

    12 mart, 14:35   Izoh (0)   9362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#mazmuniga#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bolalarim bo‘lmaganida o‘zimni o‘nglay olmasdim”: Anjelina Joli shaxsiy hayoti keskin o‘zgarganini tan oldi

    24.10.2023, 10:57

    Kir yuvish mashinasi, gramafon, qahva mashinasi: Gollivud yulduzlari ilk gonorariga nima xarid qilgan?

    26 fevral, 14:35

    Olamshumul mashhurlikdan so‘ng g‘oyib bo‘lib, ulg‘aygandan keyingina ekranlarga qaytgan aktyor bolalar

    28 fevral, 14:56

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan mashhurlikka erishgan jahon yulduzlari

    5 mart, 20:30

    Edrian Broudining nutqi “Oskar” tarixidagi eng uzoq davom etgan nutq bo‘ldi

    6 mart, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mahalliy davlat organlarining 92 ta funksiyasi keraksiz degan xulosaga keldik” — adliya vaziri

    O‘zbekiston | 16 avgust, 08:24

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.