• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan aktyor va aktrisalari

    3-fevral kuni “Gremmi” mukofotining 67-marosimi bo‘lib o‘tdi. Anʼanaga ko‘ra, bu mukofot musiqa sohasidagi yutuqlar uchun topshiriladi.

    Biroq mukofot allaqachon o‘z doirasini kengaytirib, g‘oliblarini boshqa yaqin sohalarda ham, jumladan, eng yaxshi audiokitob o‘qish yoki stendap konsert yozuvi uchun ham taqdirlaydi.

    Jeymi Foks

    Jeymi Foks kino, musiqa va stendap komediya sohalarida faoliyat yuritadigan universal ijodkor. Uning eng so‘nggi What Had Happened Was... nomli chiqishi yulduzning ikki yil oldingi shoshilinch kasalxonaga yotqizilishi haqida.

    Amerika OAV aktyorning ahvoli juda og‘ir ekani haqida to‘xtovsiz xabar tarqatgan bo‘lsa-da, u sukut saqlagan va voqeaga deyarli izoh bermagan. Bu haqda u o‘z chiqishida batafsil va o‘ziga xos yumor bilan so‘zlab berdi.

    Biroq “Gremmi” mukofotini unga komediya emas, balki musiqa olib keldi. 2010-yilda u reper T-Pain bilan birgalikda yaratgan “Blame It” treki uchun “Duet yoki vokal guruhining eng yaxshi R&B ijrosi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

    Aytgancha, bu Foksning yagona “Gremmi”si bo‘lib, u umumiy hisobda to‘qqiz marta ushbu mukofotga nomzod bo‘lgan.

    Vupi Goldberg

    Goldberg EGOT deb ataluvchi faxrli va eng yuksak unvonga erishgan 27 nafar sanʼatkordan biridir. Bu shuni anglatadiki, uning mukofotlari orasida televizion “Emmi”, musiqiy “Gremmi”, kinodagi “Oskar” va teatr sohasidagi “Toni” mukofotlari mavjud — bu har qanday sanʼatkor uchun mutlaq yutuq va tasavvur qilib bo‘lmas cho‘qqidir.

    Aktrisa “Ruh” dramasidagi ikkinchi darajali roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. U “The View” tok-shousida boshlovchilik qilgani va “Beyond Tara: The Extraordinary Life of Hattie McDaniel” hujjatli filmi ustida ishlagani uchun ikkita “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Goldbergga “Toni” mukofotini “Juda zamonaviy Milli” musiqali spektaklidagi roli keltirgan. Aktrisa esa “Eng yaxshi komediya albomi” nominatsiyasida “Whoopi Goldberg: Original Broadway Show Recording” nomi ostida “Gremmy” mukofotini qo‘lga kiritgan.

    Kerri Fisher

    2016-yilda “Yulduzlar jangi” filmining yulduzi “Kundalik yozuvchi malika” nomli shaxsiy xotiralarini nashr etdi. Kitobda aktrisa Jorj Lukasning kosmik franshizasi birinchi qismida suratga tushgan davrdagi hayoti haqida hikoya qildi.

    U yerda malika Leya rolini ijro etgani sababli kitob sarlavhasi shunga ishora qiladi. O‘z kitobining sahifalarida Fisher loyihaga qanday kelib qolgani, hamkasbi Harrison Ford bilan qisqa muddatli ishqiy munosabati va mashhur loyihaning suratga olish maydonidan tashqaridagi hayoti qanday kechgani haqida so‘zlab berdi.

    2017-yilda, vafotidan so‘ng (aktrisa 2016-yil 27-dekabrda hayotdan ko‘z yumgan edi) u shaxsan audiokitob shaklida yozib qoldirgan avtobiografiyasining audio versiyasi uchun “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.

    Patrik Styuart

    “Iks odamlar” yulduzining hisobida ko‘plab mukofotlar va yanada ko‘proq nominatsiyalar mavjud, jumladan, uchta “Gremmi” nominatsiyasi va bitta g‘alaba ham bor.

    Aktyor 1993-yilda Charlz Dikkensning o‘zi o‘qigan “Rojdestvo qo‘shig‘i” audio versiyasi uchun va 2001-yilda “Shekspir sonetlarining to‘liq to‘plami” audio to‘plami uchun nomzod bo‘lgan, ammo g‘alaba qozona olmagan.

    Biroq 1996-yilda u “Bolalar uchun eng yaxshi albom” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Styuartga mukofotni Sergey Prokofevning “Petya va bo‘ri” nomli simfonik ertagi yozuvi keltirdi.

    Keyt Uinslet

    Uinslet ham EGOT maqomiga erishganlar safiga qo‘shilishga juda yaqin keldi. Britaniyalik aktrisaga faqat “Toni” teatr mukofoti yetishmayapti.

    Boshqa tomondan, uning mukofotlari va nominatsiyalari ro‘yxatiga havas qilmasdan iloj yo‘q: u “Qiroatchi” filmi uchun “Oskar”ni, “Mildred Pirs” mini-seriali va “Isttaunlik Meyr” detektivi uchun ikkita “Emmi” mukofotini, shuningdek, o‘z karyerasining boshlanishida — 2000-yilda qo‘lga kiritgan “Gremmi” mukofotini qozonishga erishdi. Haykalchani unga “Titanik” filmidan so‘ng darhol yozib olingan “Hikoyachini tinglang” nomli bolalar audio to‘plami ustidagi ishi keltirdi.

    Hoakin Feniks

    Feniks ikkinchi “Joker” filmi to‘satdan myuzikl bo‘lib chiqishidan ancha oldin ekranda qo‘shiq kuylagan edi. 2005-yilda aktyor kantri afsonasi Jonni Kesh haqidagi “Chegarani bosib o‘tish” nomli musiqiy biografik filmda rol ijro etdi. Bu rol unga “Oltin globus” va Britaniya kinoakademiyasining BAFTA mukofoti kabi ko‘plab nufuzli nominatsiyalar va mukofotlar keltirdi.

    Biroq ular orasida eng kutilmagani “Gremmi” mukofoti bo‘ldi. Bu mukofot unga Keshning qo‘shiqlarini shaxsan ijro etgani uchun “Kino, televideniye yoki boshqa vizual media uchun eng yaxshi saundtrek” deb nomlangan murakkab kategoriyada topshirildi.

    Aytgancha, bir necha yil o‘tgach, Bredli Kuper ham o‘zining “Yulduz tug‘ildi” nomli rejissyorlik musiqiy dramasi uchun saundtrek yaratgani uchun xuddi shu toifadagi mukofotni qo‘lga kiritdi. U bu mukofotni Ledi Gaga va boshqa bir guruh mualliflar bilan baham ko‘rdi.

    Rashida Jons

    “Ofis” seriali yulduzi marhumning qizi bo‘lib, u mashhur bastakor va musiqa produseri Kuinsi Jonsning qizi hisoblanadi. Kuinsi Jons ajoyib karyera qilib, 2016-yilda EGOT unvoniga sazovor bo‘lgan.

    Uning yutuqlari qatorida 30 ga yaqin “Gremmi” mukofoti, “Ildizlar” mini-seriali uchun “Emmi” mukofoti, 2016-yilgi “Pushti dala gullari” spektaklini prodyuserlik qilgani uchun “Toni” mukofoti hamda Jin Xersholt nomidagi mukofot — ajoyib insonparvarlik faoliyati uchun beriladigan faxriy “Oskar” mukofoti mavjud.

    Uning qizi Rashida Jons ham o‘z faoliyatini musiqa sohasida boshlagan — masalan, Maroon 5 guruhining birinchi studiyaviy albomi yozuvida qo‘shimcha qo‘shiqchi bo‘lib ishtirok etgan. Biroq Rashida o‘zining “Gremmi” mukofotini boshqa sohada qo‘lga kiritdi: 2018-yilda u Netflix uchun otasiga bag‘ishlangan “Kuinsi” nomli hujjatli filmni hamrejissyor, hammualif va hamprodyuser sifatida suratga oldi. Ushbu loyiha “Eng yaxshi musiqiy film” nominatsiyasida g‘alaba qozondi.

    Robin Uilyams

    Mashhur komediyachi va fojianavis uzoq kariyerasi davomida yettita “Gremmi” mukofoti nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi, shulardan beshtasida g‘alaba qozondi. 1980-yilda Uilyams o‘zining “Reality... What a Concept” nomli yakkaxon stendap chiqishi uchun eng yaxshi yangi ijrochi deb tan olindi.

    1984-yilda u o‘zining uchinchi stendap konserti — “A Night at the Met”ning audio versiyasi uchun mukofot bilan taqdirlandi. Bir yil o‘tib, u to‘rtinchi haykalchani qo‘lga kiritdi — “Pekos Bill” bolalar kitobini ovozlantirgani uchun. Va nihoyat, 2003-yilda aktyor o‘zining yubiley “Gremmi”sini “Robin Williams Live” konsertining audio versiyasi uchun “Eng yaxshi komediya albomi yozuvi” nominatsiyasida qo‘lga kiritdi.

    7 fevral, 16:02   Izoh (0)   3915
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dilfuza Ismoilova million dollar evaziga ham rozi bo‘lmaydigan roli hamda arab shayxlarining taklifini rad etgani haqida  

    7 fevral, 14:46

    Instagram: Farzand kutayotgan akrobat kelin, 8 kunda 11 ta shaharda bo‘lgan Davron Kabulov, Mavluda Asalxo‘jayeva umra safarida 

    7 fevral, 11:37

    Aktyorlar, tadbirkor, hatto sobiq prezident — “Gremmi” mukofotining noodatiy laureatlari

    6 fevral, 14:52

    Murat Yildirim Dubayda dam olmoqda, Mert Ramazon Demir harbiy xizmatni o‘taydi: turk kinosi yangiliklari

    6 fevral, 13:40

    Instagram: Farzand kutayotgan Malika Ravshanova, avtomobiliga zarar yetkazilgan Feruza Normatova, Ziyodadan yangi klip

    6 fevral, 10:57

    “Ayriliq azobini keragidan ko‘p totdim”. O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov hayotidagi yo‘qotishlar va farzandlarining muvaffaqiyatlari haqida (video)

    5 fevral, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.