• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan qolishmaydi: qiziqarli syujetga ega turk seriallari

    O‘zbek teleekranlarida tobora ommalashib borayotgan turk seriallari nafaqat bizda, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlarda sevib tomosha qilinadi. Bugungi kunda Turkiya AQSHdan keyingi eng ko‘p serial sotuvchi ikkinchi mamlakatga aylangan. Xalqaro miqyosda eksport qilingan turk loyihalari orasida shunday seriallar borki, ular ko‘p reklama qilinmagan bo‘lsa-da, qiziqarli syujeti va ta’sirli hikoyalari bilan tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.

    “Sham ko‘targan yolg‘onchilar”

    Serialda opa-singillardek yaqin bo‘lgan to‘rt dugona haqida hikoya qilinadi. Erkin va mustaqil Jeyda, muvaffaqiyatli psixiatr Meliha, oilaviy muammolari bo‘lgan shifokor Shebnem va nihoyat, baxtsiz hodisada erini yo‘qotgan kafe egasi Elif bosh rollarda chiqadi. Ayollar Elifga hayotda o‘z o‘rnini topishga va qizi Ternga munosib hayot kechirishga harakat qilib, qayg‘usini yengishga yordam beradi. Ternning maktabdagi dugonasining otasi Yakup bilan uchrashuv Elifning hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi.

    “Nikoh haqida barcha haqiqatlar”

    To‘rt opa-singil Cho‘lpan, Azra, Gunesh va Sanem Istanbulga ko‘chib o‘tadi va yuridik sohada karyera qiladi. Ularning barchasi ajrim jarayonlari bilan shug‘ullanadi. Qizlarning har birining shaxsiy hayoti turlicha rivojlanadi. Cho‘lpan eridan ajrashgan, Sanem nikohga umuman ishonmaydi, Azra baxtli turmush qurgan, Gunesh esa sevgan insoniga turmushga chiqish harakatida. Bir kuni opa-singillarning hayotida kutilmagan voqea sodir bo‘ladi: ularning otasi ko‘p yillar oldin boshqa ayolni deb qizlarning onasini tashlab ketgandi. Shunda qahramonlar oldida o‘z otasini kechirish yoki kechirmaslik tanlovi turadi.

    “Yangi hayot”

    Harbiy sohada xizmat qilgan kapitan Adem nafaqaga chiqadi. U xavfli hayot tarzida yashashga odatlangani bois endilikda tinch hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Ammo, oilasini boqish uchun ish topishi ham kerak bo‘ladi. Adem boy va nufuzli Temurning xotiniga tansoqchi bo‘lib ishga kiradi. Avvaliga u yosh va go‘zal Yosamin bilan kelisholmaydi. Qiz hatto Ademni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘ladi. Ammo qattiqqo‘l erkak va jozibali ayol o‘rtasida kutilmagan ishlar sodir bo‘ladi.

    “Shisha ortidagi qiz”

    Sedat Ko‘ro‘g‘li – Turkiyadagi eng yirik mehmonxonalar tarmog‘iga egalik qiluvchi badavlat oilaning erka merosxo‘ri. Uning turmush qurgan ayol bilan ishqiy munosabati otasi Rafetni g‘azablantiradi va o‘g‘lini zudlik bilan uylantirishga qaror qiladi. Kelin ham tezda topiladi: u yangi mehmonxona loyihasi ustida ishlayotgan arxitektor Nalan bo‘ladi. Bekam-u ko‘stlikda o‘sgan beg‘am yigit va halol hamda tartibli qiz to‘yga hozirlik ko‘radi. Ammo ularning baxtiga o‘tmish sirlari to‘sqinlik qiladi.

    “Shunchaki do‘stlar”

    Karyera qurishga mukkasidan ketgan Eje va kelishgan yigit Umut ko‘p yillardan buyon bir-birini yaxshi biladi. Ular o‘zlarini ham, atrofdagilarni ham o‘rtalarida hech qanday romantika yo‘qligiga ishontiradi. Ular Umutning konservativ xolasiga tegishli, Bosforga qaragan hashamatli uyda birga yashash uchun o‘zlarini kelin-kuyov qilib ko‘rsatishadi. Biroq badavlat qarindosh tez orada nima bo‘layotganini tushunadi va shart qo‘yadi: u uyini kim birinchi qonuniy nikohdan o‘tsa, o‘shanga qoldirishga qaror qiladi. Eje va Umut chinakam muhabbatni topish uchun uzoqqa borish shart emasligini tan olmay, o‘zlariga turmush o‘rtoq izlay boshlaydi.

    “Sendan go‘zalroq”

    Efsun keksa otasi bilan Gaziantep nomli kichik shahardagi fermada yashaydi. Qiz onasini 12 yoshidan beri ko‘rmay kelgani uchun uni topishga ham urinmaydi. Efsun iste’dodli shifokor bo‘lishiga qaramay, poytaxtga ishga ketmaydi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharchasidagi mahalliy aholiga yordam berish uchun kichik kasalxonada ishlay boshlaydi. Kunlarning birida uning oldiga Emir ismli kishi keladi. U Efsunning onasiga haydovchi ekanligini aytib, onasi o‘lim yoqasida ekanini bildiradi va qizdan zudlik bilan Istanbulga borishini so‘raydi. Efsun istamaygina bunga rozi bo‘ladi va poytaxtga ketadi, ammo ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uni aldagan bo‘lishadi. Esfunning onasi plastik jarrohlik klinikasida bosh shifokor bo‘lib ishlaydi. U kasal emas, shunchaki qo‘lida muammolari bo‘ladi. Ona davolanib olgunga qadar klinikani boshqarib turishni qiziga topshiradi. Ilojsiz qolgan Afsun Istanbulda qoladi. Biroz vaqt o‘tgach, o‘zini haydovchi sofatida tanishtirgan Emir ham aslida tajribali jarroh ekanini bilib qoladi. Bir-birini yoqtirmasligiga qaramay, endilikda ular bir klinikada ishlashiga to‘g‘ri keladi.

    “Qog‘oz uy”

    Jihan jinoyat huquqi o‘qituvchisi, Aylin muvaffaqiyatli advokat, ularning uchta ajoyib farzandi bor: o‘g‘li Mert va qizlari Jemre va Melisa. Qahramonlarning hayoti dahshatli oqshomlarning birida, Jihan va Eylin o‘z uyida ayol jasadini topgach, butunlay o‘zgaradi. Jabrlanuvchi Jihanning sevgilisi, qotil esa 16 yoshli Jemre bo‘lib chiqadi. Qizi qamalmasligi uchun er-xotin jasadni bog‘ga yashirishga va sodir bo‘lgan voqea haqida sukut saqlashga qaror qilishadi. Ammo ko‘p sirlar fosh bo‘ladi va ideal oila qiyofasi qog‘oz uy kabi mo‘rt bo‘lib chiqadi.

    24.12.2024, 14:43   Izoh (0)   5892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk seriallari#turk#dizi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘rg‘on sirlari” seriali uchinchi mavsumda tugaydi, Elchin Sanguni sudga berishdi. Turk kino yulduzlari hayotidan yangiliklar

    10.10.2024, 18:24

    Komediyadan detektivgacha: besh xil janrdagi eng sara turk seriallari

    16.10.2024, 13:50

    Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?

    19.10.2024, 15:45

    Afra va Mertning pinhona to‘yi va “Qo‘rg‘on sirlari”ning finali: turk seriallari olamidagi eng so‘nggi yangiliklar 

    23.10.2024, 14:54

    “Muhtasham yuz yil”dan ham uzun: qaysi turk seriali rekord darajada ko‘p qismlarga ega?

    04.11.2024, 13:18

    Bir necha yil sarflamaysiz: yirik loyihalardan qolishmaydigan qisqa turk seriallari (treyler)

    07.11.2024, 15:35

    Ertakmonand ibtido, fojiali intiho: dahshatli yakunlanadigan turk seriallari

    07.11.2024, 09:21

    Kamol, Emir va sulton Sulaymon: turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari

    25.11.2024, 18:59

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    Afra Saracho‘g‘lu 27 yoshda: otasi tashlab ketgan, universitetni bitirolmagan va onasi tufayli mashhur bo‘lgan sevimli aktrisangiz haqida qiziqarli faktlar

    03.12.2024, 14:53

    Turk aktyori Burak O‘zchivit Rossiyaning yana bir serialida bosh rolni ijro etadi

    06.12.2024, 10:49

    “Choliqushi” seriali yulduzi Aydan Shener bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.12.2024, 15:36

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    Qiyofadosh aktrisalar: tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘lgan turk seriali yulduzlari

    20.12.2024, 10:40

    Burak O‘zchivit Turkiyada Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berdi

    23.12.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.