• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    “Doktor Haus” va “Sabrina kichik jodugar”: mashhur filmlarning originalidan qolishmaydigan turkcha remeyklari (treyler)

    Turk seriallari yuzlab epizodlardan tashkil topgan faqatgina sevgi haqidagi hikoyalardan iborat emas. Turk kino sanoatida G‘arbning mashhur filmlarini o‘zgacha talqinda qayta suratga olish ham urf bo‘lgan. Ba’zan bunday remeyklar tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan asl filmdan ham muvaffaqiyatliroq chiqadi.

    Foto: Kinoafisha.info

    Quyida haqiqatan ham e’tiborga loyiq bo‘lgan xorijiy seriallarning turkiy remeyklarini ko‘rib chiqamiz.

    “Behayolar”/ “Bizning hikoya” (“Bizim hikaye”)

    “Behayolar” kabi g‘arbga xos syujet, albatta, turk madaniyati uchun to‘g‘ri kelmaydi, ammo mazkur filmning moslashtirilgan varianti Turkiyada, ham xorijda bir zumda muvaffaqiyat qozondi. Turkcha versiyada hikoyalar “qog‘ozga o‘ralgan” holda taqdim etilgan: serialda munozarali sahnalar yo‘q, ammo tomoshabinlarga yoqadigan hayotiy drama va yorqin voqealar rivoji serialni ko‘rishda davom etishga turtki beradi.

    “G‘iybatchi qiz” / “Istanbulning kichik sirlari” (“Küçük Sirlar”)

    Mazkur serialda Turkiyadagi eng nufuzli oilalardan bo‘lgan o‘smirlar haqida hikoya qilinadi. Ularning har birida o‘ziga xos kichik sirlari bor. Yigit-qizlarning bari qimmatbaho va hashamatli hayot kechirsa-da, xiyonat, yolg‘on, xavfli o‘yinlarni boshidan o‘tkazadi. Shuningdek, har qanday holatda hammadan o‘zib ketish, boyroq va mashhurroq bo‘lish uchun kurash ham olib boriladi. Muxlislar fikriga ko‘ra, serial ajoyib aktyorlik jamoasini o‘zida birlashtirgan. Ayniqsa Burak O‘zchivit va Kadir Dog‘ulu kabi aktyorlar serialdagi hikoyalar yorqinroq chiqishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

    “Sabrina kichik jodugar” / “Tajribasiz jodugar” (“Acemi Cadi”)

    Remeyk syujeti va qahramonlarning barchasi deyarli asl filmdagidek ishlangan, faqatgina serialdagi ismlar o‘zgartirilgan. Sabrinaning o‘rniga Oyshagul, Hilda va Zelda xolalar o‘rniga Melda va Selda xola ismli qahramonlar ekranda gavdalanadi. Amerikacha versiyasidagi kabi, bosh qahramon — o‘smir qiz Oyshagul tasodifan o‘zining sehrli iqtidori haqida bilib qoladi va yangi qobiliyatlarni o‘rganish va rivojlantirishni boshlaydi.

    “Umidsiz uy bekalari” / “Umidsiz uy bekalari” (“Umutsuz Ev Kadinlari”)

    Mazkur remeyk original serialning syujetini to‘liq saqlab qolgan. Shahar chekkasida besh nafar uy bekasi istiqomat qiladi. Serialda o‘zini doim yosh boladek tutadigan, xayolparast Suzan, ideal rafiqa Berrin, o‘yin-kulgini sevuvchi va kelishgan erkaklarga doim e’tibor qarataveradigan go‘zal Yildiz, barchaga ibratli bo‘lgan ona Leyla, maftunkor va o‘ynoqi Emel kabilar hayoti haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri o‘z joniga qasd qilishi barchani sarosimaga soladi va ularning bari bunday fojia qanday qilib sodir bo‘lganini aniqlashga harakat qiladi.

    Foto: Akşam

    “Doktor Haus” / “Hekimo‘gli” (“Hekimoğlu”)

    Atesh Hekimo‘g‘li — infeksiologiya va nevrologiya yo‘nalishlari bo‘yicha professional shifokor. U biroz qo‘pol xarakterli, ammo ajoyib instinkt va aql bovar qilmaydigan bilimga ega. Hekimo‘gli barcha insonlar yolg‘on gapiradi, deb hisoblaydi, shuning uchun har safar bemorlarga tashxis qo‘yish jarayoni haqiqiy tergovga aylanadi. Uning jamoasi Hekimog‘li bilan tez-tez bahslashadi, chunki shifokor barcha ishni o‘z bilganicha hal qiladi. Hamkasblarining noroziligi ham, tibbiy etika ham uni to‘xtata olmaydi. Yosh shifokorlar jamoasi bilan birgalikda u eng umidsiz ishlarni o‘z zimmasiga oladi va doimo kasallikka shifo topadi.

    “Sehrlanganlar” / “Atiye”

    Atiye ismli yosh rassom Istanbulda yashaydi. U o‘zini baxtli his qilishi uchun hamma narsaga: sevimli ish, ijodiy ilhom uchun shaharning go‘zal manzarasi, O‘zan bilan ishonchli ishqiy munosabatlarga ega bo‘ladi. Kunlarning birida u qadimgi Go‘bekli Tepe majmuasida bir arxeolog qahramon bilan bog‘liq sirli artefaktni topadi. So‘ng u o‘tmish va bugungi kun haqidagi savollarga javob topishning qiyin yo‘liga kirishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l uning atrofidagi hamma narsa haqidagi fikrlarini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Atiye “Sehrlanganlar” serialidagi Fibi singari, u ham o‘z taqdirini o‘rganishga kirishadi va turk madaniyati hikoyaga sehrli joziba qo‘shadi.

    “Yolg‘iz yuraklar” / “To‘lqin” (“Medcezir”)

    Istanbulning xaroba mahallasidagi notinch oilada o‘sgan Yamanning bolaligi drama va sarguzashtlarga boy. Otasi oilani erta tark etadi, onasi boshqa erkakka turmushga chiqadi. Yaman uchun hurmatga sazovor yagona inson — uning akasi Kenan bo‘ladi. Kenan o‘zini butunlay boshqa shaxs sifatida ko‘rsatishga harakat qilsa-da, aslida u jinoyatchi. Bolaligidan ham ishlashni, ham o‘qishni baravar olib borishning uddasidan chiqqan Yaman kunlarning birida Kenanning aybi bilan qamoqqa tushish xavfiga duch keladi.

    25.11.2024, 15:46   Izoh (0)   13528
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #dizi#turk seriali

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Neslihan Atagul homiladorlik tufayli yangi loyihada rol ijro etishdan bosh tortdi

    31.07.2024, 17:25

    Uchinchi EKU va egizaklar: Neslihan Atagul homiladorligi bo‘yicha yangi tafsilotlar e’lon qilindi

    09.08.2024, 11:30

    “Qo‘rg‘on sirlari” yulduzlari Beril Pozam va Ersin Ariji turmush qurdi (foto)

    21.08.2024, 09:25

    Serialdagi rolini kutilmaganda tark etgan turk aktyor va aktrisalari 

    03.09.2024, 14:10

    Kadr orti yanada qiziqarli: “Qizil sharbat” serialidagi aktyorlarning shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum?

    11.09.2024, 17:50

    Hande Erchel yangi loyihaga qo‘l urdi, “Qo‘rg‘on sirlari” suratga olinayotgan uy sotuvga qo‘yildi: turk kinosi yangiliklari

    24.09.2024, 13:43

    “Qo‘rg‘on sirlari” tomoshabinlarining e’tiborini serial syujetidan ko‘ra ko‘proq jalb etgan mojarolar  

    02.10.2024, 15:54

    “Qo‘rg‘on sirlari” seriali uchinchi mavsumda tugaydi, Elchin Sanguni sudga berishdi. Turk kino yulduzlari hayotidan yangiliklar

    10.10.2024, 18:24

    Iste’dodiga qaramay, doim ikkinchi darajali rollar beriladigan turk aktrisalari

    14.10.2024, 18:03

    Komediyadan detektivgacha: besh xil janrdagi eng sara turk seriallari

    16.10.2024, 13:50

    O‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan 14 ta yangi turk seriali (treyler)

    18.10.2024, 13:50

    Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?

    19.10.2024, 15:45

    Afra va Mertning pinhona to‘yi va “Qo‘rg‘on sirlari”ning finali: turk seriallari olamidagi eng so‘nggi yangiliklar 

    23.10.2024, 14:54

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi aktyor bolalar 13 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto) 

    30.10.2024, 09:58

    “Muhtasham yuz yil”dan ham uzun: qaysi turk seriali rekord darajada ko‘p qismlarga ega?

    04.11.2024, 13:18

    Bir necha yil sarflamaysiz: yirik loyihalardan qolishmaydigan qisqa turk seriallari (treyler)

    07.11.2024, 15:35

    Reyting bo‘yicha “Qo‘rg‘on sirlari” va “Muhtasham yuz yil”ni ortda qoldirgan turk seriali qaysi?

    06.11.2024, 12:20

    Ertakmonand ibtido, fojiali intiho: dahshatli yakunlanadigan turk seriallari

    07.11.2024, 09:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda naqd puldagi bir martalik xaridlarga necha pul sarflanmoqda? Markaziy bank tahlili

    Iqtisodiyot | 24 iyul, 16:54

    Isroil HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini ma’qulladi

    Dunyo | 24 iyul, 16:45

    COVID-19 pandemiyasi tufayli insonlar miyasining qarish jarayoni tezlashib ketdi

    Layfstayl | 24 iyul, 16:35

    Rossiyada vafot etgan deputat bir kunda 11 marta ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 24 iyul, 16:24

    O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ortiq pastladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 16:08

    Yandex Uzbekistan dasturlash maktabiga yo‘l ochadigan kursni ishga tushirdi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 15:00

    G‘azoda ocharchilikning oldini olish uchun haftasiga 500 ming qopdan ortiq un kerak — OAV

    Dunyo | 24 iyul, 15:45

    “Kalmar o‘yini” seriali yulduzi Li Byon Xon ishtirokidagi yangi film treyleri e’lon qilindi (video)

    Kino | 24 iyul, 15:35

    O‘zbekistonda 25-iyul kuni necha daraja issiq bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.