• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Turk seriallarining yutuq va kamchiliklari: tomoshabinlar hafsalasini pir qilayotgan holatlar

    Agar turk kinosi bilan birinchi marta tanishayotgan bo‘lsangiz, hissiyotlaringiz sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, chunki bu seriallarda hech kimni befarq qoldirmaydigan alohida muhit mavjud.

    Biroq turk kino mahsulotlarini tomosha qilish bo‘yicha yetarlicha tajribaga ega bo‘lsangiz, yangiliklarga shubha bilan qaray boshlaysiz va seriallarni tomosha qilish asta-sekin sizni asabiylashtirishi mumkin.

    Turkcha seriallarning kamchiliklari

    Cho‘zilib ketgan xronometraj

    Har holda 1 qismning 2-2,5 soat bo‘lishi yetarlicha katta format. Agar serial qiziqarli bo‘lsa, ba’zan bu vaqt sezilmasdan o‘tib ketadi. Bunday loyihalar esa unchalik ko‘p emas, shuning uchun seriallarni uzoq tomosha qilish baribir tomoshabinni zo‘riqtiradi.

    Standart syujet burilishlari

    Turk seriallaridagi eng tez-tez takrorlanadigan holat — bu amneziya, xotira yo‘qolishi, qahramonlardan biri o‘tmishdagi voqealarni eslay olmaydigan holatlar. Hatto uzoqqa bormasdan, so‘nggi yillarning eng mashhur turdizi romkomlaridan ikkitasi — “To‘rg‘ay” va “Qalbim eshigini qoq” seriallarida xotira yo‘qotish mavzusi mavjud. Bosh qahramonlar Serkan va Jan baxtsiz hodisalardan keyin xotirasini yo‘qotadi.

    Romantik lahzalar ham deyarli bir xil — yopiq joylardan qo‘rqib hushidan ketgan qizlar, liftning to‘xtab qolishi, yomg‘irda shalabbo bo‘lish, favvoralar va sug‘orish qurilmalaridan suv sachrashi. Ha, bunday sahnalar chiroyli ko‘rinadi, lekin barchasi bir-biriga o‘xshash.

    Bundan tashqari, ssenariynavislar tomoshabinlarni hayajonlanishga majbur qilish uchun bosh qahramonlarning janjal va ajralish sahnalaridan foydalanadi. “Ijaraga muhabbat” serialida Defne va Omer ajrashib, bir yildan ko‘proq vaqt alohida yashaydi. “To‘rg‘ay”da Jan ham San bilan janjallashgandan so‘ng bir yildan ko‘proq vaqtga ketadi va yangi uchrashuv ularning munosabatlarining yangi bosqichiga aylanadi, ammo... xotira yo‘qolishi yana sevgilisi bilan birga bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

    Mantiqsiz syujet chiziqlari

    Har qanday odamni mantiqsizlik hafsalasini pir qiladi. Turk seriallarida bu juda ko‘p uchraydi. Ularning aksariyatida muhim detallarga e’tibor berilmaydi, diqqat bilan yaratilgan intrigalar qayergadir yo‘qolib ketadi, izohlarni tomoshabinlar o‘zlaricha o‘ylab topishga majbur, chunki ssenaristlar o‘zlari yozgan syujet chiziqlariga shunchaki e’tibor bermay qo‘yishadi.

    Lekin bunday e’tiborsizlikning natijasi har doim bir xil bo‘ladi: hamma sevgan qahramonlar ham bunday syujet ichiga tushib qolsa, tomoshabinlarni asabiylashtira boshlaydi. “Istanbulning ikki yuzi” serialida bosh qahramon qandaydir kasallikdan aziyat chekadi (Majit uni birinchi uchrashuvdan keyin uyiga olib ketida qiz hansirab qoladi, unga ingalyator kerak bo‘ladi), ammo 2-3 marta kuchli xurujlardan so‘ng ssenariy mualliflari Nerimanning kasalligini unutishadi va loyiha oxirigacha uni eslamaydilar.

    Yoki ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalarga quloq solib, syujet chizig‘ini rivojlantira boshlaydilar, keyin esa uni butunlay “aralashtirib yuboradilar”. Reytinglar oshishini kutishadi, lekin umidlari puchga chiqadi — qo‘shimcha syujet chizig‘i tezda o‘zgartiriladi.

    Albatta, bir necha yil davom etadigan, qo‘shimcha syujetlarning rivojlanishi asosiy hikoya zanjiriga mos keladigan, seriallarga intriga qo‘shadigan uzoq muddatli loyihalar ham bo‘ladi. Bu tarixiy seriallar, turli bemorlar haqida hikoya qilinadigan tibbiy mavzudagi loyihalar yoki mijozlar almashadigan, yangi ishlar tekshiriladigan huquqni muhofaza qilish organlari va advokatlik idoralari faoliyati haqida bo‘lishi mumkin.

    Ba’zida esa ajoyib boshlangan loyihalar ssenariy mualliflariga fantaziya yetishmagani uchun mantiqsizlik bilan tugaydi. “Beqaror”, “Qo‘rg‘on sirlari” seriallari boshida juda qiziqarli edi, ammo keyinchalik syujet tobora noreal bo‘lib qoldi.

    Serial davomida asosiy qahramonlarning yo‘qolib qolishi

    Bunday holatlar turdizida tez-tez uchrab turadi. Ba'zan bu qahramonning kasalligi tufayli yuz beradi. Masalan, “Elchining qizi” serialida Neslixon Atagul sog‘lig‘idagi muammolar sabab loyihani tark etadi. U ketishi bilan syujet chizig‘i jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, Sanjar boshqa bir qizni sevib qoladi. Nahotki Neslixon Atagul bilan kelishib, serialni boshqacha yakunlashning imkoni bo‘lmagan? Hech bo‘lmasa, nikoh marosimi bilan. Yoki yangi qahramonni aviahalokatdan keyin plastik operatsiya qildirgan va yana Sanjar yoniga qaytgan o‘sha Nare qilib ko‘rsatish mumkin edi. Shunda ularning muhabbati saqlab qolingan bo‘lardi.

    “Qizil sharbat”da Abdulla rolini o‘ynagan Settor Tanriogenning kasalligi tufayli o‘rniga boshqa aktyor Axmet Mumtaz Taylan keladi. Shunchaki aktyor o‘zgaradi, chunki qahramonning xarakteri o‘zgarmaydi va syujet liniyasi saqlanib qoladi.

    Loyihaning kutilmaganda yopilishi va qisqartirilgan final

    Bu turk seriallari ijodkorlariga nisbatan asosiy e’tirozlardan biri. Ha, tushunarli, reytingga ko‘tarilmaganidan keyin kanal rahbariyati loyihani tugatishni tezlashtiradi, ammo seriallarning kutilmaganda yopilishi eng yoqimsiz holatdir.

    Ba’zida bir necha mavsum davom etayotgan loyihalar ham tezda yakunlanadi — 30 daqiqa ichida ssenariy mualliflari bosh qahramonlarning taqdiri qanday bo‘lganini ko‘rsatishga harakat qilishadi. Ba’zan tomoshabinga asosiy syujet chiziqlarini yakunlab, ozmi-ko‘pmi mantiqiy yakun taqdim etiladi. Qolganlarini esa faqat taxmin qilish mumkin.

    Eng yomon holatda “Qo‘shni xona”, “Muhabbat rishtalari”, “Oltin qafas” seriallarida bo‘lgani kabi yarim so‘z bilan uzilib, yakunlanadi.

    Juda ko‘p ko‘z yoshi

    Turk seriallaridagi hissiy sahnalar juda kuchli bo‘lib, aktyorlar personajning his-tuyg‘ularini faqat ko‘zlari, mimikasi va holati bilan juda yaxshi ifodalaydi. Bunday ijro juda ta’sirchan, tomoshabinlarni o‘ziga tortadi. Ammo ba’zida haddan tashqari ko‘p ko‘z yoshlari tomoshabinni zeriktiradi.

    Ayollarning yig’lashini tushunsa bo‘ladi, lekin turk seriallarida erkak qahramonlar ham tez-tez yig‘lashadi. Ba’zida bu to‘g‘ri, chunki erkaklarning ham his-tuyg‘ulari bor, bunday holat personajning ichki dunyosini ko‘rsatish uchun muhim bo‘lishi mumkin. Ammo erkaklar nafaqat ko‘z yosh to‘kadi, balki ho‘ngrab yig‘laydi. Bunday vaziyatda, tomoshabin sifatida bir necha daqiqa davomida turli rakurslardan bu emotsiyalarni kuzatish biroz charchatishi mumkin.

    Filmlarda hech qachon yig‘lamagan yagona turk aktyori bu — Jan Yaman bo‘lsa kerak. Har holda, uning ishtirokidagi birorta loyihada uning qahramonini ochiqchasiga yig‘lagan holda ko‘rmaysiz. “To‘lin oy” serialida Ferit vafot etgan singlisi bilan o‘tkazgan damlarini eslagan sahna bor. Ammo u yerda ham aktyor yig‘lamaydi, shunchaki ko‘zlari jig‘ga yoshga to‘ladi. Sevgan odamini qo‘msashning bunday vazmin ko‘rinishi ochiq yig‘idan ko‘ra ko‘proq his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Lekin Akin Aknozyu, Engin Akyurek doim chin ko‘ngildan yig‘laydi.

    Turk seriallarining afzalliklari

    Agar turk seriallarining afzalliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular ham ko‘p. Bu ajoyib musiqiy uyg‘unlik, chiroyli joylar, xilma-xil shakllar va ranglar, ajoyib zamonaviy liboslardir. Bordi-yu, chiroyli juftlik paydo bo‘lsa, hamma narsani unutib yuborasan va vaqt o‘tganini sezmay qolasan. Syujetdan manyiq izlamaysan, shunchaki tomosha qilishdan zavqlanasan.

    Tomoshabin sifatida sizning turk seriallariga qanday e’tirozingiz bor? Seriallardagi qaysi jihat sizga yoqmaydi? Nima uchun ko‘plab salbiy jihatlarga qaramay, turk seriallarini zavq bilan tomosha qilishda davom etasiz?

    14.11.2024, 17:00   Izoh (0)   10475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk seriallari#dizi#syujet

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hande Erchel plastik operatsiya qildirganini inkor qildi, Fahriye Evjen Burak O‘zchivit bilan ajrashishi haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi. Turk kinosi yangi...

    16.11.2021, 12:28

    2021-yil dekabrda namoyish etilishi kutilayotgan turk seriallari bilan bog‘liq yangiliklar (foto)

    11.12.2021, 17:21

    “Politsiyachi” Nurgul Yeshilchay, muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lgan Jan Yaman. Turk kinosi yangiliklari

    18.12.2021, 17:48

    “Muhtasham yuz yil” seriali haqida hatto uni tomosha qilganlar ham bilmaydigan 9 ta fakt

    24.06.2022, 19:58

    Turk kinosi yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishda? (foto) 

    29.07.2024, 15:36

    “Qo‘rg‘on sirlari” seriali uchinchi mavsumda tugaydi, Elchin Sanguni sudga berishdi. Turk kino yulduzlari hayotidan yangiliklar

    10.10.2024, 18:24

    Burak O‘zchivit suratga tushayotgan Rossiya filmida nima haqda hikoya qilinadi? (tizer)

    11.10.2024, 13:45

    Komediyadan detektivgacha: besh xil janrdagi eng sara turk seriallari

    16.10.2024, 13:50

    Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?

    19.10.2024, 15:45

    Otasi tashlab ketgan, paxlava sotuvchi bo‘lishni orzu qilgan, neft magnatining o‘g‘li bo‘lgan: turk kino yulduzlarining muvaffaqiyat tarixi

    21.10.2024, 09:20

    Afra va Mertning pinhona to‘yi va “Qo‘rg‘on sirlari”ning finali: turk seriallari olamidagi eng so‘nggi yangiliklar 

    23.10.2024, 14:54

    Og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarish uchun eng yaxshi 4 ta turk seriali (treyler)

    26.10.2024, 11:55

     2024-yilgi turk seriallari: yangiliklar va mashhur loyihalarning yangi mavsumlari

    01.11.2024, 14:30

    Iste’dodli aktyor bolalar ishtirokidagi eng qiziqarli turk seriallari (foto) 

    02.11.2024, 15:55

    “Muhtasham yuz yil”dan ham uzun: qaysi turk seriali rekord darajada ko‘p qismlarga ega?

    04.11.2024, 13:18

    Bir necha yil sarflamaysiz: yirik loyihalardan qolishmaydigan qisqa turk seriallari (treyler)

    07.11.2024, 15:35

    Ertakmonand ibtido, fojiali intiho: dahshatli yakunlanadigan turk seriallari

    07.11.2024, 09:21

    “Turk seriallarini ko‘rmayman”: Burak O‘zchivit muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

    13.11.2024, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp dunyo imperatori etib saylanmagan” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 18 iyul, 11:45

    Aktyor Tom Holland “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismi haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi

    Kino | 18 iyul, 11:35

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi

    Reklama | 18 iyul, 09:00

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.