• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa Shou-biznes

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    Ba’zan san’at olamidagi mashhurlarning farzandi ham shu sohaga kirib kelganda, ota-onasining soyasida qolib ketadi. Ammo ayrim xonandalar shunday yuksak cho‘qqilarga erishadiki, ularning ismi nafaqat oilaviy mashhurlikni ortda qoldiradi, balki butun dunyoda alohida e’tirof etiladi. Ushbu maqolada muvaffaqiyat borasida ajdodlarini ortda qoldirgan san’atkorlar haqida so‘z boradi.

    Foto: The Voice

    1. Mayli Sayrus

    Foto: The Voice

    Billi Rey Sayrus 1961-yil 25-avgustda tug‘ilgan amerikalik qo‘shiqchi, bastakor va aktyordir. U kantri musiqasi yo‘nalishida ijod qiladi. Uning eng mashhur qo‘shig‘i 1992-yilda chiqqan “Achy Breaky Heart” o‘z davrida eng xit treklardan biri bo‘lgan.

    Uning qizi Mayli Sayrus 1992-yil 23-noyabrda tug‘ilgan. U ham qo‘shiqchi, aktrisa va bastakordir. Mayli yoshligidan san’atga qiziqib ulg‘aygan va 13 yoshida “Hanna Montana” teleseriali orqali mashhurlikka erishgan. Disney kanali orqali namoyish etilgan mazkur serial uni butun dunyoga tanitgan.

    Mayli Sayrusning qo‘shiqlari pop, pop-rok va kantri janrlarini o‘z ichiga oladi. U “Wrecking Ball”, “Party in the U.S.A.” va “Flowers” kabi xit qo‘shiqlari bilan ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Mayli hech kimga o‘xshamas ijodi yo‘li va o‘ziga xos imiji bilan doimo omma e’tiborida bo‘lib kelgan.

    2. Anjelina Joli

    Foto: The Voice

    Anjelina Jolidagi aktrisalik qobiliyati “Oskar” va “Emmi” mukofotlari sovrindori, otasi Jon Voytdan meros bo‘lib olgan. Voyt Amerika kino sanoatining yirik aktyorlaridan biri hisoblanib, u 1960-yillardan boshlab Gollivudda faoliyat yuritib keladi.

    Anjelina otasi bilan birinchi marta katta ekranga chiqqanida yetti yoshda edi. U bolaligidan aktrisalik mahoratini namoyish etgan va 1990-yillarda kino sanoatida mashhur bo‘la boshlagan. Buguni kunga qadar Joli 40 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Uning boyligi 120 million dollarga baholangan. Joli hozirda Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalardan biridir. Joli “Oskar”, “Toni” mukofoti va uch karra “Oltin globus”ga sazovor bo‘lgan.

    3. Kris Payn

    Foto: The Voice

    Kris Paynning otasi, “Kaliforniya yo‘l patruli” teleserialdagi serjant Jozef Getrer roli bilan mashhur. Uning sharofati bilan o‘g‘li Kris kino sohasiga kirib kelgan, ammo u mashhurlik cho‘qqisiga erishish uchun ko‘p yillar davomida mehnat qilgan. U “Star Trek” (2009–2016) va “Yerosti va ajdaholar” (2023) filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

    Shuningdek, Kris Paynning buvisi Enn Gvin kino tarixida kuchli ovozi bilan “hayqiriq malikasi” sifatida mashhur bo‘lgan.

    4. Jiji va Bella Hadid

    Foto: People

    Jiji va Bella Hadid — zamonaviy Amerika shou-biznesining mashhur modellari hisoblanadi. Opa-singillarning onasi Yolanda Hadid ham turmush qurishdan oldin modellik biznesida ishlagani. 2010-yillarda u “Beverli-Hillsning haqiqiy uy bekalari” realiti-shousidagi ishtiroki tufayli mashhur bo‘lgan. Qizlarning otasi esa falastinlik-amerikalik tadbirkor bo‘lib, asosan, AQShda ko‘chmas mulk biznesi bilan shug‘ullanadi.

    Jiji 2013-yilda dunyoning eng yaxshi model agentliklaridan biri IMG Models bilan shartnoma imzoladi va shundan keyin Nyu-York moda haftaligi podiumida ko‘rinish berdi. Uning singlisi Bella esa bir yildan so‘ng agentlikka qo‘shildi. Bu voqeadan keyin opa-singil Hadidlar moda olamiga kirib keldi, dunyodagi eng ko‘p haq oluvchi modellarga aylandi.

    Foto: E! News

    Ko‘p jihatdan Yolanda farzandlarining kelajakdagi kasbiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Misol uchun, qizlarning eng kattasi Jijini agentlikka olib kelgan onasi tufayli uch yoshidayoq modellik biznesida ish boshlagan. Opa-singillarning muvaffaqiyatga erishishiga ota-onasi sababchi bo‘lganini yashirmaydi.

    5. Gvinet Peltrou

    Foto: The Voice

    Amerikalik aktrisa va teleboshlovchi mashhur ota-onalar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Bryus Peltrou rejissor va prodyuser, onasi Blayt Danner esa mashhur Gollivud aktrisasi edi. Danner televideniyedagi (masalan, Kolombo teleserialidagi) va filmlardagi rollari bilan tanilgan. Blayt Danner rol o‘ynagan eng mashhur filmlardan biri “Ota-onalar bilan tanishish” (2000) filmida Robert De Niro qahramonining rafiqasi rolini o‘ynagan.

    Gvinetning kelajakdagi kasbi bolaligidanoq belgilab qo‘yilgandek tuyulishi mumkin, ammo o‘smirlik davrida u karyerasini mustaqil qurishga qaror qiladi va san’atni chuqurroq o‘rganish uchun universitetga kiradi. Biroq Peltrou tez orada onasidan o‘rnak olib, o‘zini aktrisalikka bag‘ishlashga qaror qiladi va o‘qishini tashlaydi. Ammo uning mashhurligi ota-onasining shon-shuhratini ortda qoldirishini hech kim tasavvur ham qilmagan edi.

    Foto: People

    Peltrou faoliyatini 90-yillarda boshlagan va “Qichqiriq”, “Yetti”, “Tanama-tana” kabi mashhur filmlarda rol o‘ynagan. 1998-yilda u “Oshiq Shekspir” filmidagi Violetta roli uchun “Oskar” olgan. Shuningdek, Gvinet Peltrou Marvel olami, xususan, “Temir odam” filmidagi Toni Starkning yordamchisi va keyinchalik sevgilisi Pepper Potts roli bilan tanilgan. Faoliyati davomida u “Oskar”, “Oltin globus” va “Emmi” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

    6. Uitni Hyuston

    Foto: The Voice

    1963-yil 9-avgustda tug‘ilgan va 2012-yil 11-fevralda vafot etgan xonanda Uitni Hyuston dunyodagi eng ko‘p mukofot olgan san’atkorlardan biri hisoblanadi. Uning ovozi noyob, kuchli va ta’sirchan bo‘lib, haqiqiy muvaffaqiyat unga 1992-yilda “Tansoqchi” filmi uchun “I will always love you” qo‘shig‘ini ijro etganidan keyin keldi. Uning albomlari millionlab nusxalarda sotildi. Uitni Hyuston faoliyati davomida yettita “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Hyuston jahon musiqasi tarixidagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli ijrochilardan biriga aylandi. Uning onasi Sissi Hyuston ham qo‘shiqchisi bo‘lgan. U ko‘p yillar davomida taniqli san’atkorlarga, jumladan, Areta Franklin, Elvis Presli kabi mashhur qo‘shiqchilarga back vocal (orqa fon ijrochisi) ijrosida bo‘lgan.

    17 fevral, 17:11   Izoh (0)   7014
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #musiqa#xonanda

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “San’atdan ketaman, dedim”. Surayyo Qosimova nega ko‘rinmay qolgandi? (video)

    18 yanvar, 10:26

    Eron sudi mashhur xonandani o‘limga hukm qildi 

    20 yanvar, 09:50

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida koreyalik xonandalar, reperlar, hatto K-pop aydollari ham rol o‘ynaganini bilarmidingiz?

    24 yanvar, 09:39

    Hamdam Sobirov, Munisa Rizayeva yoki Yulduz Usmonova? O‘zbek shou-biznesidagi “birrovi” eng qimmat xonanda kim? 

    24 yanvar, 11:05

    O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga yangi vakolatlar beriladi

    27 yanvar, 09:25

    Otabek Madrahimov 50 yoshda: 90-yillarning eng mashhur xonandasi nima sababdan katta sahna va O‘zbekistonni tark etgan?

    27 yanvar, 12:26

    “Issiqxonada oilaviy ishlaganmiz” — Abdurashid Yo‘ldoshev qassoblik, zargarlik qilgani va omadi kelib san’atkor bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    27 yanvar, 16:58

    Bolaligida g‘ayrioddiy xastalikni boshdan kechirgan va singlisining xalq artisti bo‘lishiga hissa qo‘shgan Otabek Muhammadzohid 51 yoshda (foto, video) 

    28 yanvar, 13:55

    O‘zidan 11 yosh kichik qizga uylangan, farzandlarining san’atkor bo‘lishini istamaydigan va san’atdan ketmoqchi bo‘lgan Ulug‘bek Rahmatullayev 43 yoshda (foto, vid...

    30 yanvar, 10:27

    Selena Gomesga meksikaliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSHdan deportatsiya bilan tahdid qilishdi

    30 yanvar, 14:35

    “Bolaligimda rafiqamning ismini devorga yozganman”. Ozodbek Nazarbekovning tarbiyasini olgan, oilasini sir tutadigan va doim kulib turadigan Alisher Fayz 41 yoshda...

    31 yanvar, 11:33

    Jasmin, G‘aybulla Tursunov, Dilnoza Kubayeva: “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofotida kimlar taqdirlandi?

    1 fevral, 23:10

    “Gremmi-2025” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

    3 fevral, 19:55

    Uill Smitning o‘g‘li  Jeyden Gremmi marosimidagi bosh kiyimi uchun kulgi va tanqid ostida qoldi (foto)

    4 fevral, 12:40

    “Meni axlatday uloqtirishdi”. Jerar Pike va Shakiraning ajralishiga sabab bo‘lgan qulupnayli murabbo mojarosi

    5 fevral, 14:44

    Bellissimo Pizza: 10 yil ichida 70 ta restoran – quvonch hammaga yetishi kerak

    6 fevral, 10:38

    “Ayriliq azobini keragidan ko‘p totdim”. O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov hayotidagi yo‘qotishlar va farzandlarining muvaffaqiyatlari haqida (video)

    5 fevral, 18:53

    Samsung Electronics kompaniyasi yangi Galaxy flagmanlarining taqdimotini o‘tkazdi

    6 fevral, 13:30

    Aktyorlar, tadbirkor, hatto sobiq prezident — “Gremmi” mukofotining noodatiy laureatlari

    6 fevral, 14:52

    Gollivudning “Gremmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan aktyor va aktrisalari

    7 fevral, 16:02

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Umri so‘ngida xonavayron bo‘lgan pop qiroli: Maykl Jekson o‘zining “oy yurishi”ni kimdan o‘g‘irlagan?

    8 fevral, 12:55

    Selin Dion jiddiy tashxisdan keyin qanday yashayapti?

    10 fevral, 10:55

    “Tolibon” BMTning afg‘on diplomatlariga soqol o‘stirishni buyurdi

    10 fevral, 13:28

    Nega ba’zi multqahramonlar 4 barmoqli qilib tasvirlanadi? Multfilmlar haqida qiziqarli faktlar

    10 fevral, 11:28

    O'rni bilinayotgan Halima, sahnadagi bahor nafasi va maxsus grimxona: Yulduz Usmonovaning yangi konsertidan reportaj (video) 

    10 fevral, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronning Isroilga qilgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq odam jarohat oldi

    Dunyo | 14 iyun, 10:33

    O‘zbekiston MTJ Argentinaga qarshi o‘yin o‘tkazishi yuzasidan izoh berildi

    Sport | 14 iyun, 10:31

    Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 10:05

    O‘zbekistonda 15-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 09:35

    Putin Eron va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

    Dunyo | 14 iyun, 08:59

    Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 08:32

    Shahed kamikadze dronlari Isroil havo mudofaasini yo‘q qilish uchun uchirildi va 50 daqiqada manzilga yetib boradi — OAV

    Dunyo | 14 iyun, 00:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.