• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Selin Dion jiddiy tashxisdan keyin qanday yashayapti?

    Dunyoga mashhur kanadalik qo‘shiqchi Selin Dion — turmush o‘rtog‘i va shaxsiy menejeri Rene Anjelil bilan hayotining baxtli damlarida dunyoga keltirgan 3 o‘g‘ilning onasi. 10 yil avval Renega saraton tashxisi qo‘yilgan va Dion eriga g‘amxo‘rlik qilish uchun karyerasida tanaffus qilgan. Uning kasalligi va o‘limi xonandaning sog‘lig‘iga putur yetkazdi.

    Selin Dionning musiqiy prodyuser Rene Anjelil bilan uchrashuvi 1980-yilda, u hali 12 yoshli qizaloq bo‘lganida, onasi bilan birga uning eshittirishiga kelganida sodir bo‘lgan. Selinning nihoyatda ohangdor ovozini eshitgan Rene besh yil ichida uni yulduzga aylantirishini aytadi. Oxir-oqibat shunday bo‘lib chiqdi, ammo keyingi ko‘p yillar davomida xonandaning nafaqat musiqiy qobiliyatlari rivojlandi, balki shu bilan birga uning ustoziga bo‘lgan munosabati ham o‘zgardi.



    Garchi ularning his-tuyg‘ulari o‘zaro bo‘lsa-da, Rene bu munosabatlarga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatdi — u oilali edi, kasbiy munosabatlarni shaxsiy munosabatlar bilan aralashtirib bo‘lmaydi, deb hisoblardi, bundan tashqari, Selin undan 27 yosh kichik edi. Biroq rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng Rene o‘z his-tuyg‘ularini yashirishni lozim topmadi va sevgilisining 25 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga turmush qurishni taklif qildi.

    Ularning ijodiy ittifoqi muvaffaqiyat keltirishda davom etdi va qo‘shiqchining mashhurligi oshishiga hissa qo‘shdi, lekin Selin farzand ko‘rishni xohlardi. Renening esa rejalari boshqacha edi, uning fikricha, farzand tug‘ilishi karyerasiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. Selinda depressiya boshlandi. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, u mashinasining garajiga qamalib, is gazidan to‘yib nafas olib, o‘z joniga qasd qilishga urindi.

    Bu erini xavotirga solib qo‘ydi va uni gastrol safariga jo‘natib, bu haqda albatta o‘ylab ko‘rishga va’da berdi. Ammo Selin o‘sha gastrol safarini Renening tomog‘ida xavfli o‘sma aniqlangani sababli to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Erining davolanishi uzoq yillar davom etdi, ular farzand ko‘rishga harakat qilishdi, ammo faqat 2001-yil yanvar oyida Selin o‘g‘il farzand dunyoga keltirishga muvaffaq bo‘ldi, unga otasining sharafiga Rene-Sharl Anjelil deb ism qo‘yishdi.

    To‘ng‘ich farzandi tug‘ilgach, otasi yana 15 yil yashadi. Bu vaqt ichida Selin EKU yordamida yana ikki o‘g‘il — egizaklar Nelson va Eddini dunyoga keltirdi. U har doim o‘zini onalik uchun yaratilgan deb hisoblagan va farzand ko‘rish uning uchun katta baxt bo‘lgan. U kichkintoylar bilan shug‘ullanishni, ularga kitob o‘qib berishni, rasm chizishni, kechasi ertak aytib berishni yaxshi ko‘rardi. Biroq to‘ng‘ich o‘g‘lining eng qiyin o‘smirlik davri turmush o‘rtog‘ining hayoti uchun kurashayotgan va uning har bir kunini o‘limdan qaytarib olgan paytga to‘g‘ri keldi.

    Rene-Sharl Anjelilning qiyin davri

    Rene Anjelil 2016-yil boshida, to‘ng‘ich o‘g‘lining 15 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganda vafot etdi. Ularning kenja o‘g‘illari bu paytda besh yoshda edi. Otasining dafn marosimida Rene-Sharl ta’sirli motam nutqini so‘zlab, shunday dedi: 

    “Siz menga ko‘p yaxshi xotiralar qoldirdingiz, ularni ukalarim katta bo‘lganida baham ko‘rishim mumkin”.

    Selin Dion turmush o‘rtog‘ining o‘limini og‘ir qabul qildi, ammo qo‘shiq aytishni davom ettirish kerak edi, chunki u kasallikning so‘nggi yillarida sahnaga chiqmadi va oilaning moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yomonlashdi. Otasining dafn marosimidan bir necha oy o‘tgach, Rene-Sharl onasiga Billboard Music Award marosimida hamrohlik qildi va unga mukofotni shaxsan o‘zi sahnada topshirib, oyisini hayratda qoldirdi.

    Rene-Sharl bolaligida sport bilan shug‘ullangan, golf va xokkey o‘ynagan, musiqaga umuman qiziqmagan. Otasi vafotidan ikki yil o‘tgach, u universitetga o‘qishga kirdi va ota-onasining uyini tark etdi, shundan so‘ng Selin Dion o‘g‘li bilan munosabatlarida muammolar boshlandi. U hech qachon bu haqda omma oldida gapirmasdi, qiyinchiliklarni o‘zi yengishga harakat qilardi, bu shunchaki bolaning o‘tish davridagi injiqliklari, buning ustiga sevimli otasining o‘limini boshdan kechirgan, deb o‘zini ishontirardi.

    Ammo ko‘p o‘tmay OAVda Rene-Sharl Anjelil o‘ziga to‘q yashamayotgani, ko‘p vaqtini shubhali davralarda ziyofatlarda o‘tkazayotgani, otasidan qolgan merosni saxiylik bilan sarflayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Bo‘sh yurgan jurnalistlar uning qanday avtomobil, soat va telefon sotib olishini, sayohatga qancha pul sarflashini kuzatib borishdi. Uning onasi matbuotdagi chiqishlarga hech qanday izoh bermas va har bir qulay vaziyatda ajoyib farzandlari borligini aytardi.

    Selin Dion to‘ng‘ich o‘g‘li musiqa bilan shug‘ullanayotganini bilgach, bu uning uchun mutlaqo kutilmagan voqea bo‘ldi. Rene-Sharlning aytishicha, uning o‘zi muvaffaqiyatga erishmoqchi va onasining yordamisiz nom chiqarmoqchi bo‘lgan, shuning uchun uning ikkita qo‘shig‘i Big Tip taxallusi ostida Kanada chartlarining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgunga qadar o‘z ishtiyoqini sir saqlagan.

    Rene-Sharl ijrosi onasiga juda yoqdi, garchi u ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining haqiqiy ismini oshkor qilganidan so‘ng, unga nisbatan doimiy ravishda salbiy fikrlarga duch kela boshladi. Ko‘pchilik uni mashhur onasidan ancha uzoqda deb yozgan va u mustaqil ravishda biror narsaga erisha olganiga shubha bildirgan. Ba’zilar unga sharmanda bo‘lmaslikni va musiqa bilan shug‘ullanishni to‘xtatishni maslahat berishdi. Ammo u g‘arazgo‘ylarning fikrlariga e’tibor bermaslikka harakat qilardi, ayniqsa, onasi o‘g‘lining musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlardi.

    Ehtimol, bir qator muammolar Selin Dionning sog‘lig‘ini zaiflashtirgan bo‘lishi mumkin. U o‘zini yildan yilga yomon his qilardi va 2022-yilda mas’uliyatli gastrol safaridan oldin unga kamdan kam uchraydigan nevrologik kasallik tashxisi qo‘yildi. Bu juda kam — milliondan bir holatda uchraydigan mushaklar qattiqligi sindromi tashxisi qo‘yildi. Gastrolni kechiktirishga, keyin esa uni butunlay bekor qilishga to‘g‘ri keldi.

    Xonandaning to‘ng‘ich o‘g‘li uchun bu yana bir zarba bo‘ldi, u endi shifokorlar sahnaga chiqishni qat’iyan taqiqlagan va ko‘proq vaqtini oilada, tinch muhitda, yaqinlari orasida o‘tkazishi maslahat berilgan onasining hayoti uchun to‘liq javobgar ekanligini angladi.

    2024-yil fevral oyida Rene-Sharl onasiga “Gremmi” mukofotini topshirish marosimida hamrohlik qildi, u yerda muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi va iliq kutib olishgani uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi. Iyun oyida esa “Men Selin Dionman” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, unda xonanda bir qator ochiq intervyular berib, o‘z hayoti va boshiga tushgan sinovlar haqida so‘zlab berdi.

    U premyeraga katta o‘g‘li Rene-Sharl bilan birga keldi, uning yordami bilan sahnaga chiqdi va yig‘ilgan muxlislar oldida nutq so‘zladi. Selin Dion o‘z hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi, tomoshabinlarga kasallik boshlanishini tashxis qo‘yilishidan ancha oldin his qilganini, ammo o‘z ahvolini sir tutganini tan oldi, chunki u ishlashi, farzandlarini tarbiyalashi kerak edi.

    Ammo vaqti kelib, u kasallikni ortiq yashira olmay qoldi. Og‘riq shu darajaga yetdiki, mushaklari tortishib, qovurg‘alarini sindirib qo‘yishi mumkin edi. U bolalariga bor gapni aytib, ularni tinchlantirishga va shunday holatda yashashni o‘rganishiga va’da berishga majbur bo‘ldi. Hozirda u shifokorlar yordamida va’dasining ustidan chiqishga harakat qilmoqda. Selinning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari uning asosiy tayanchi va suyanchig‘iga aylangan, to‘ng‘ich o‘g‘li bilan bo‘lgan barcha tushunmovchiliklar va unga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar esa o‘tmishda qolgan.

    10 fevral, 10:55   Izoh (0)   11974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Rixsitilla Abdullayev oilasida yangilik, Toshkentdan hovli izlayotgan Munisa Rizayeva, otasining yana bir qiyofadoshini topgan Zohirshoh Jo‘rayev 

    10 fevral, 09:53

    Italiyalik olimlar tuxum qaynatishning ideal retseptini ishlab chiqdi 

    9 fevral, 18:40

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmidagi Zolushka va Shahzodaning suratga olish maydonchasidagi sevgisi qanday yakunlangan?

    8 fevral, 15:25

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.