• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jim Kerri 63 yoshda: bolaligi furgonda o‘tgan, farroshlik qilgan, “Oskar”ga hatto nomzodi ham qo‘yilmagan aktyorning ko‘pchilik bilmaydigan mashaqqatli hayoti

    Mashhur komik aktyorlaridan biri Jim Kerri 17-yanvar kuni 63 yoshga to‘ldi. “Qudratli Bryus”, “Niqob”, “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi” filmlari yulduzi bolaligidan har qanday insonni xursand qilish yo‘lini bilgan bo‘lsa-da, o‘zi ko‘p kulavermasdi.

    Filmlarini bir necha avlod tomosha qilgan komediya dahosi har doim kulgili yuz ifodalari, havas qilarli tana plastikasi va cheksiz energiya manbayi bilan mashhur bo‘lib, hatto eng ahmoqona filmni ham ajoyib tomoshaga aylantira olgan.

    Jim Kerri kambag‘al va katta oilada tug‘ilgan, u oilada to‘rtinchi farzand edi. Aktyorning onasi xonanda bo‘lgan, ammo bolalarini dunyoga keltirganidan keyin ijodini to‘xtatadi. Jim Kerrining otasi esa hisobchi bo‘lib ishlagan, biroq ishdan ketgach, moddiy qiyinchiliklar sabab oilasi bilan furgonda yashashga majbur bo‘ladi.

    “16 yoshimda jamiyatning eng past darajasida yashardik. Bola bo‘lsak-da, ishlashga majbur bo‘ldik. Biz oilaviy farroshlarga aylandik — oshxonalarni, uylarni, hojatxonalarni tozalar edik. Men butun dunyodan nafratlanardim, hayot otamga shunday munosabatda bo‘lganidan juda xafa bo‘lganman”, deydi keyinchalik hayoti haqida so‘zlab bergan aktyor.

    U oiladagi qiyinchiliklar tufayli maktabni tashlashga majbur bo‘ladi: dars o‘rniga ishga boradi, shu sababli o‘rta ma’lumotni ololmadi.

    Jim Kerri bolaligida ham tanishlariga taqlid qilishni yoki qahramonlarni gavdalantirishni yaxshi ko‘rardi. U 15 yoshga to‘lganida otasi mahalliy “Yak-Yak” klubida o‘z sahna asarlarini ijro etish taklifini beradi. Bo‘lajak aktyor olqish o‘rniga kamsitiladi. Keyinchalik Jim o‘sha holat haqida: 

    “Bu dahshatli edi. Tomoshabinlar ust-boshimga qarab mazax qilishdi. Ular bir og‘iz so‘z aytishimga ham berishmadi: hushtak chalishdi, qichqirishdi, baqirishdi va hatto meni yechintirib, xochga mixlashni talab qilishdi. Kim biladi, qochib ketmaganimda balki, shunday qilishardi ham”, degan.

    Birinchi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, komedik aktyor kelajakda yana parodiya yo‘nalishiga qaytadi va hatto bir vaqtlar uning ustidan kulishgan klubda yana chiqish qiladi.

    Jim Kerrining karyerasidagi birinchi asosiy rollardan biri Eys Ventura bo‘lgan. Biroq film bunga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tadi: ssenariyga homiy topilmaydi, Amerikadagi eng yaxshi komediyachilar filmda ishtirok etishdan bosh tortadi. Natijada Jim Kerri bosh rolni o‘ynaydi: u qahramonining o‘ziga xos xarakteri va soch turmagini o‘ylab topadi.

    Komediya 100 million dollar daromad qilgan, aktyorning mashhurligi keskin oshgan bo‘lsa-da, tanqidchilar loyihani sovuqqonlik bilan qabul qiladi, hatto yangi kashf qilingan yulduzni “Oltin malina” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishadi. Biroq Jim Kerri hali ham “Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” filmini o‘z karyerasidagi eng muhim kinokartinalardan biri deb biladi.

    Jim Kerri dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning muhabbati va olamshumul muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishiga qaramay, shaxsiy hayoti havas qilarli emasdi. Aktyor birinchi sevgilisi Melissa Uomer bilan ajrashgandan so‘ng (ular sakkiz yil birga hayot kechirgan), depressiyaga tushib qoladi.

     
    Keyin Loren Xolliga uylanadi, biroq bu nikoh atigi 10 oy davom etadi.

    Shundan so‘ng aktyor 2012-yilda Katriona Uayt bilan munosabatlarini ma’lum qiladi, ammo juftlik bir necha oy ichida ajraladi — 3 yildan keyin yana birga bo‘lishga harakat qilishadi. Bu urinish ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi: Katrina Jim bilan oxirgi marta ajrashganidan 5 kun o‘tgach, joniga qasd qiladi. Natijada uning sobiq turmush o‘rtog‘i va onasi Jim Kerrini sudga beradi.

    Jim Kerri intervyularning birida “Oskar” mukofotini olishni orzu qilishini aytgan. “Men minnatdorlik nutqim bilan kamera qarshisiga chiqmagunimcha tinmayman. Nima haqda gapirayotganimni tushundingizmi? “Oskar”ni qanday olishimni va uni olish uchun nima qilishim kerakligini bilmayman. Ha, men juda mag‘rurman”, degan Jim Kerri mukofot haqida.

    Aktyor kinodagi 50 yillik faoliyati va 70 dan ortiq filmda suratga tushishiga qaramay, jahon miqyosidagi eng nufuzli kino mukofotga nomzodlik ham qila olmadi. Jim Kerri MTV Movie Awards nominatsiyalari (22 ta) va mukofotlar (10 ta) soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

    Aktyor ishirokidagi eng sara filmlar: 

    “Truman tomoshasi” (1998)

    • Janr: drama, komediya
    • Rejissyor: Piter Veyr
    • Rollarda: Jim Kerri, Laura Linni, Noa Emmerix, Natasha Makelxon

    “Niqob” (1994)

    • Janr: komediya, fantastika, kriminal
    • Rejissyor: Chak Rassell
    • Rollarda: Jim Kerri, Kemeron Dias, Piter Rigert, Piter Grin

    “Kabelchi” (1996)

    • Janr: triller, drama, komediya
    • Rejissyor: Ben Stiller
    • Rollarda: Jim Kerri, Metyu Broderik, Lesli Mann, Jek Blek

    “Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” (1994), “Eys Ventura: Tabiat chaqirganda” (1995)

    • Janr: komediya, detektiv, sarguzasht
    • Rejissyorlar: Tom Shedyak, Stiv Oedekerk
    • Rollarda: Jim Kerri, Kortni Koks, Shon Yang, Ton Lokk

    “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi” (2004)

    • Janr: melodrama, fantastika, drama
    • Rejissyor: Mishel Gondri
    • Rollarda: Jim Kerri, Keyt Uinslet, Kirsten Danst, Mark Ruffalo

    ​ “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” (2000)

    • Janr: fantastika, komediya, oilaviy
    • Rejissyor: Ron Hovard
    • Rollarda: Jim Kerri, Teylor Momsen, Kelli, Jeffri Tambor

    “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” (2004)

    • Janr: fantastika, komediya, oilaviy
    • Rejissyor: Bred Silberling
    • Rollarda: Jim Kerri, Emili Brovning, Liam Ayken, Kara Hoffman

    17 yanvar, 14:47   Izoh (0)   3892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar
    Hilola G‘iyosova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmdagi roli uchun jiddiy qurbonlik qilgan Gollivud aktyorlari

    13.11.2024, 09:40

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Kinodagi eng katta gonorarlar: Gollivud aktyorlarining eng ko‘p daromad keltirgan rollari

    28.11.2024, 17:41

    Faqat katta ekranlarda: hech qachon televideniyeda ishlamagan Gollivud aktyorlari

    28.11.2024, 10:35

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    O‘z ampluasidan chiqa olgan: Turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantira olishini isbotlagan kino yulduzlari (foto)

    13.12.2024, 10:40

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    31.12.2024, 09:34

    2024-yilda ota-onalik baxtiga erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.12.2024, 17:55

    Jahon kinosining durdonasiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    29.12.2024, 12:55

    Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    2 yanvar, 08:30

    Amerika ommaviy axborot vositalari Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolarni yashirdi — WSJ

    3 yanvar, 20:42

    “Kalmar o‘yini 2”: yangi mavsumda ishtirok etgan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    6 yanvar, 16:21

    Bolaligidayoq mashhurlikka erishgan, ammo uni saqlab qololmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12 yanvar, 18:30

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli 2007-yildan beri filmlarda suratga tushishga qiynalayotgani haqida so‘zlab berdi

    8 yanvar, 18:01

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    “Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson to‘yini Karib orollarida o‘tkazdi

    9 yanvar, 16:50

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    Bayden yong‘inlar tufayli so‘nggi xorijiy safarini bekor qildi 

    9 yanvar, 18:40

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Peris Hilton, Mel Gibson va boshqa ko'plab yulduzlar Kaliforniyadagi kuchli yong‘inlar tufayli uylaridan ayrildi

    11 yanvar, 18:05

    Los Anjelesdagi yong‘in boy-u kambag‘alni birlashtirdi: Sheron Stoun yuk mashinalarida oziq-ovqat tarqatdi, Jeymi Li Kertis 1 million dollar xayriya qildi (foto)

    13 yanvar, 15:40

    Fransiyalik ayol soxta Bred Pitt uchun eri bilan ajrashdi va 850 ming dollar pulini yo‘qotdi

    15 yanvar, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.