Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Rossiya 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerakligini, aks holda unga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash mumkinligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

Grem “Ukraina Qo‘shma Shtatlarning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lganini” eshitganidan xursand ekanligini bildirdi.
“Tramp jamoasi, barakalla. Umid qilamanki, Rossiya ham shunga amal qiladi. Agar Rossiya rad etsa, biz unga qarshi sanksiyalar qo‘llashimiz kerak”, deb ta’kidladi u
AQSH senatori “nafaqat Rossiyaga ta’sir ko‘rsatadigan, balki Rossiya tovarlarini, xususan, neft, gaz va uranni sotib oluvchi mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar va bojlar joriy etadigan” Kongress tomonidan ko‘zda tutilgan sanksiyalarni joriy etishiga ishonch bildirgan.
“Rossiya Ukrainaga qo‘pol bostirib kirishi natijasida allaqachon yengib bo‘lmas iqtisodiy og‘riqni his qilishi kerak edi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Saudiyada AQSH—Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi uchrashuv 9 soat davom etdi. Yakunda Ukraina 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilgan, lekin avval Rossiya rozi bo‘lishi kerakligi aytilgandi.
Kreml Jiddada AQSH va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ilgari surilgan takliflarni o‘rganayotganligini va Vashington Moskvaga uchrashuv tafsilotlari haqida axborot berishiga umid qilinayotganligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)