• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Reklama

    Britaniya politsiyasi har kuni internetda haqorat qilgan 30 kishini hibsga olmoqda

    Buyuk Britaniyada politsiya kuniga 30 dan ortiq odamni ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda haqoratli postlar joylagani uchun hibsga olmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi.

    Foto: The Press Democrat

    Minglab odamlar Internet, telefon yoki pochta orqali boshqalarni “g‘azablantiradigan”, “noqulaylik” yoki “xavotir” uyg‘otadigan xabarlarni yuborgani uchun hibsga olinadi va so‘roq qilinadi.

    Politsiya xodimlari 2003-yildagi “Kommunikatsiya to‘g‘risida”gi qonunning 127-bo‘limi va 1988-yildagi “Zararli xabarlar to‘g‘risida”gi qonunning 1-bo‘limiga muvofiq yiliga 12 000 ga yaqin hibsga olishlarni amalga oshiradi, deyiladi xabarda.

    Qonunlar “qo‘pol haqoratli” xabarlarni yuborish, elektron aloqa tarmog‘ida “beadab, behayo yoki tahdid qiluvchi” mazmundagi kontentni tarqatishni taqiqlaydi.

    37 ta politsiya bo‘linmasi xodimlari 2023-yilda 12 183 ta hibsga olishni amalga oshirgan. Bu kuniga taxminan 33 kishini hibsga olishga teng. Pandemiyadan oldingi davrga nisbatan qamoqqa olishlar soni qariyb 58 foizga oshgan. 2019-yilda politsiya tomonidan 7 734 ta qo‘lga olish holatlari qayd etilgan.

    Ushbu statistik ma’lumotlar fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar tomonidan tanqid qilindi. Ularning ta’kidlashicha, hukumat Internetni haddan tashqari nazorat qilmoqda va “noaniq” kommunikatsiya qonunlaridan foydalanib, so‘z erkinligiga tahdid solmoqda.

    Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Qirollik prokuraturasi uchun ko‘rsatma chiqargan, unda ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli xabarlar faqat “favqulodda holatlarda” jinoiy ta’qibga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

    Hukumat ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 10 yil ichida kommunikatsiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ayblov hukmlari va jazolar soni keskin kamaygan.

    Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 127 va 1-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 1119 ta hukm chiqarilgan, bu 2015-yilga nisbatan deyarli ikki baravar kam, o‘shanda 1995 kishi ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

    Hibsga olishlar hukm chiqarishga olib kelmasligi uchun bir nechta sabablar mavjud, masalan, suddan tashqari qarorlar.  Ammo eng keng tarqalgani “dalillar bilan bog‘liq qiyinchiliklar”, xususan, jabrlanuvchi keyingi choralarni qo‘llab-quvvatlamasligi.

    Politsiyaning “ortiqcha vakolatlari” va politsiya xodimlari g‘arazli kommunikatsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun odamlarni hibsga olish orqali “demokratiyani cheklashi” mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli noroziliklar paydo bo‘ldi.

    O‘tgan haftada Hertfordshir politsiyasi er-xotinni hibsga olish uchun olti nafar ofitserni yubordi. Bunga ular farzandi o‘qiydigan boshlang‘ich maktabning elektron pochtasiga ko‘p xabar yuborgani, WhatsApp guruhida esa “kamsituvchi” izohlar qoldirgani sabab bo‘lgan.

    Foto: The Times

    Maktab hududida ta’qib qilish, zararli xabarlar tarqatish va bezovta qilishda gumonlanib, 50 yoshli Maksi Allen va 46 yoshli Rozalind Levin so‘roq qilingan. Besh haftalik tekshiruvdan so‘ng, politsiya boshqa hech qanday chora ko‘rmaslik kerak, degan xulosaga kelgan.

    Politsiya xodimi, shuningdek, mansabdor shaxslar er-xotinni himoya qilishda davom etsa, ta’qibda gumonlanuvchi sifatida javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytmoqda.

    Hartfordshir bosh konstebli Endi Profet hibsga olinganlarni himoya qilib, politsiya ogohlantirishlar berganini va ular qonuniy bo‘lganini aytdi, garchi u “ortga nazar tashlansa, xuddi shu maqsadlarga boshqa yo‘l bilan erishish mumkinligini” tan oldi.

    The Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda eng ko‘p hibsga olishlar Buyuk Britaniyadagi eng yirik poytaxt politsiyasida (1709), G‘arbiy Yorkshirda (963) va Temza vodiysida (939) amalga oshirilgan. Agar aholi soni bo‘yicha tuzatish kiritilsa, Lestershir politsiyasi eng ko‘p hibsga olish darajasiga (83 kishi) ega. Ikkinchi o‘rinda Kembriya politsiyasi (58), uchinchi o‘rinda esa Nortgemptonshir politsiyasi (50) qayd etilgan.

    Hibsga olishlarning umumiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki sakkizta bo‘linma axborot erkinligi bo‘yicha so‘rovlarga javob bermagan yoki noaniq ma’lumotlarni taqdim etgan, shu jumladan, Buyuk Britaniyadagi ikkinchi yirik guruh bo‘lgan Shotlandiya politsiyasi ham. Bo‘linmaga kiritilmaganlar ham “tahdidli” xabarlar uchun hibsga olishlarni amalga oshirgan.

    Fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi Big Brother Watch tashkilotining tadqiqot va tergov bo‘limi boshlig‘i Jeyk Hurfurtning aytishicha, kommunikatsiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun hibsga olinganlar sonining ko‘payishi “jiddiy xavotir uyg‘otmoqda”.

    Politsiya tarmoqlarga haqoratli bo‘lsa-da, noqonuniy bo‘lmagan narsalarni joylashtirgan odamlarni hibsga olish uchun son-sanoqsiz soatlarni sarflayotganga o‘xshaydi. Kommunikatsiya sohasidagi noaniq huquqbuzarliklardan qo‘pol ravishda foydalanish har bir insonning tarmoqda o‘zini ifoda etish erkinligiga tahdid soladi, degan u.
    7 aprel, 11:34   Izoh (0)   1897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi. Qurbonlar bor 

    7 aprel, 11:14

    Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzuingizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

    7 aprel, 10:30

    Rossiya armiyasining Krivoy Rogga hujumida 20 kishi halok bo‘ldi

    7 aprel, 10:15

    Ilon Mask bojlar sababli Tramp maslahatchisi bilan janjallashdi — NYP 

    7 aprel, 09:37

    LUKOIL: “Yashil Makon” eko-aksiyasi davom etmoqda

    7 aprel, 09:00

    Xitoyda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin

    7 aprel, 08:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.