• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Urushni shu hafta tugatib bo‘lmaydi”: Zelenskiy tinchlik shartlari, Tramp bilan munosabatlar va Ukrainada saylovlar o‘tkazish haqida gapirdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganiga uch yil to‘lishi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida urushni tugatish va Rossiya bilan sulh tuzish istiqbollari, AQSH bilan muzokaralar, Tramp bilan munosabatlar hamda Ukrainadagi saylovlar masalasi haqida gapirdi.

    Foto: Reuters

    Jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatish uchun zarur bo‘lsa, prezidentlik lavozimini tark etishga tayyorligini aytdi.

    Agar Ukrainaga tinchlik uchun kerak bo‘lsa, agar sizga juda muhim bo‘lsa, lavozimimni tark etishimga tayyorman. Agar shunday shart darhol qo‘yilsa, men buni NATO a’zoligiga almashtira olaman, deya u jurnalistning savoliga javob berdi.

    “Ukrainaliklarning 10 avlodi to‘laydigan hujjatni imzolamayman”

    Siyosatchi AQSH bilan Ukraina mineral resurslari bo‘yicha bitim to‘g‘risida ham gapirdi. Zelenskiy bu hozirda muhokama bosqichida ekani, allaqachon Kiyevni qoniqtirmagan bir nechta variant ko‘rib chiqilganini ta’kidladi.

    Men ukrainaliklarning 10 avlodi to‘laydigan hujjatni imzolamayman, deya siyosatchi mazkur kelishuvga izoh berdi.

    U Tramp aytgan Ukrainaning AQSHga 500 milliard dollarlik qarzini tan olmasligini bildirdi. Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina urushga 120 milliard dollar sarflagan, AQSH 100 milliard, Yevropa va boshqa hamkorlar esa yana 100 milliard bergan. U AQSHning yordamini qarz sifatida tan olishga tayyor emasligini ta’kidladi. Chunki AQSHning avvalgi ma’muriyati bilan aynan grantlar bo‘yicha kelishgan.

    Biz grantlarni qarz sifatida tan olmasligimiz kerak. Masala raqamda emas, balki biz buni qarz deb tan olmasligimizda, dedi u.

    Zelenskiy agar Trampning ma’muriyati talab qilsa, AQSH bilan yangi shartlar bo‘yicha kelishishga tayyorligini bildirdi.

    Agar AQSH, bizning strategik hamkorlarimiz: ’Biz sizga yordam beramiz, lekin siz uni AQSHga foyda keltirgan holda qaytarishingiz kerak’ deyishsa, bu shartnoma bo‘ladi. Grant emas, dedi u.

    Urushni shu hafta tugatib bo‘lmaydi

    Rescue hopes fade after Russian attack on Dnipro | Reuters

    Zelenskiy AQSHning urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga shu haftadayoq erishish mumkinligi haqidagi so‘nggi bayonotlariga izoh berdi.

    Ukraina uchun kafolatlar bilan bu haftada urushni tugatish imkonsiz. Uchrashuvlarsiz buni qanday amalga oshirish mumkinligini bilmayman, dedi u.

    Siyosatchi AQSH o‘t ochishni to‘xtatishni istashi va bu ular uchun urushni to‘xtatishni anglatishi, biroq Ukraina uchun yetarli emasligi va kafolatlar kerakligini ta’kidladi.

    Ishonchim komilki, ular buni haqiqatan ham katta muvaffaqiyat, Putin yana hujumga jur’at etmaydi, deb hisoblaydi.  Bizda xavfsizlik kafolatlari bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz, dedi u.

    Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatisiz noaniqlik hukm suradi va har doim Rossiyaning takroriy hujumi xavfi bo‘ladi.

    Noaniqlik butun dunyo uchun yomon. Bundan hamma yutqazadi. Biz yutqazyapmiz, amerikaliklar yutqazyapti, chunki sen o‘t ochishni to‘xtatgan bo‘lsang va bir yildan keyin urush boshlansa, g‘olib bo‘lib ko‘rinish mumkinmi? Rossiyaliklar esa tayyorgarlik ko‘radi va keyin yana hujum boshlanadi, deya tushuntirdi prezident.

    Shu sababli u urushning qaynoq bosqichi tugashi haqida gap ketsa, bu qanday tugashi, hamkorlar qanday xavfsizlik kafolatlarini berishi zarurligini ta’kidladi.

    Bizga Rossiyaning xavfsizligi kafolatlari kerak emas, biz ularga ishonmaymiz. Sheriklar ishonishsin, bu ularning ishi. Ammo biz xavfsizlik kafolatlari modelini qabul qilishda Rossiyaning so‘ziga ishonmasligimiz kerak. Agar hamma urushning qaynoq bosqichi tugashini istasa, biz ukrainaliklar uchun xavfsizlik kafolatlarini istaymiz, deya xulosa qildi Zelenskiy.

    AQSH va Tramp bilan munosabatlar haqida

    As Trump's attacks on Zelensky turn personal, there's only one winner:  Russia | CNN

    Zelenskiy, shuningdek, Trampning unga nisbatan so‘nggi bayonotlariga, xususan, uni “saylovsiz diktator” deb ataganiga ham munosabat bildirdi.

    “Bu yerda his-tuyg‘ularga o‘rin yo‘q, shuning uchun bugungi ma’muriyat bilan munosabatlarimizga pragmatik yondashuvni qo‘llayman va shunday davom ettiramiz. Shubhasiz, prezident Trampning menga nisbatan aytgan bu so‘zlarini, yumshoq qilib aytganda, maqtov deb bo‘lmaydi. Buni tushunaman, albatta. Lekin xafa bo‘lishning nima keragi bor? ’Diktator’ so‘zidan diktator bo‘lgan odamgina xafa bo‘lardi”, dedi u.

    Siyosatchi qonuniy ravishda saylangan prezident ekanini, biroq hokimiyatga yopishib olish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

    Harbiy holat tugashi bilan saylovlar o‘tkaziladi va xalq o‘z tanlovini qiladi. O‘n yil hokimiyatda qolish niyatim yo‘q. Ammo Putinning Ukraina hududlari ustidan hukmronlik qilishiga ham yo‘l qo‘ymaymiz, dedi Zelenskiy.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘llab-quvvatlash reytingi 4 foiz ekani haqidagi dezinformatsiyani rossiyaliklar tarqatgan, uning haqiqiy reytingi esa 65 foiz. U bunday yolg‘on axborot xavfli ekani sababli munosabat bildirayotganini ta’kidladi.

    Shuningdek, Zelenskiy yana bir bor Ukrainasiz Ukraina haqida kelishib bo‘lmasligini ta’kidladi.

    Vaqti-soati kelganda biz prezident Tramp bilan uchrashamiz. Busiz urushni tugatib bo‘lmaydi. Bir tomonsiz, Ukrainasiz, qurbonsiz — bu imkonsiz. Agar Amerika - men bunga unchalik ishonmasam-da, lekin har narsa bo‘lishi mumkin - bizsiz ruslar bilan biz haqimizda kelishib olsa, keyinchalik bu kelishuv shartlarini tasdiqlamasak, bu kelishuvda muvaffaqiyat bo‘lmaydi, dedi u.

    Zelenskiy, shuningdek, Trampning Putin bilan uchrashuvidan oldin u bilan uchrashishiga umid qilishini aytdi.

    Ukrainada saylov o‘tkazish to‘g‘risida

    FP's Guide to the Ukrainian Election – Foreign Policy

    Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ilgari bu masalani Rossiya ko‘targan, endi esa xuddi shunday ta’nalar AQSHdan ham yangray boshladi. Siyosatchi bu Ukrainaga bosim ekani va saylovlarni o‘tkazish hozircha imkonsizligini yana qayd etdi.

    Urushda odamlar qanday ovoz berishadi? Frontdagilar uyiga qaytolmasa, qanday ovoz beradi? Bu qanday bo‘lishini tushunmayapman, dedi prezident.

    U harbiylarning ovoz berishini, front chizig‘ida, shuningdek, chet elda ovoz berishni ta’minlashning iloji bo‘lmasligini aytdi. Bundan tashqari, jangovar zonalardan tashqari hududlarda ham vaziyat xavfli ekanini aytdi.

    Bugun 267 ta dron uchib keldi... Amerikalik hamkorlar aytganidek: biz ruslar urushning tugashini xohlayotganini ko‘ryapmiz. Urush tugashini istagan odam 267 ta dron uchiryaptimi? deb so‘radi Zelenskiy.

    U saylovdagi kuzatuvchilar masalasini ham ko‘tardi.

    Kuzatuvchilar frontga kelishadimi? Ularning soni qancha bo‘ladi? To‘g‘ri Sumiga, Xarkov viloyatiga, Kramatorskka. Pokrovskka kuzatuvchilar kelmoqchimi? ritorik tarzda so‘radi prezident.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday masalalar juda ko‘p va ular orasida bosib olingan hududlarda ovoz berish ham bor. Aynan shuning uchun harbiy holat davrida ovoz berish mumkin emas. 

    Agar biz harbiy holatni bekor qilsak - keling, to‘g‘risini aytaylik, ko‘p odamlar uyga qaytadi. Agar armiya to‘liq yoki ko‘pchilik bo‘lib orqaga qaytsa, ular qaysi davlatda, qaysi bayroq bilan ovoz berishadi? deya savolga yakun yasadi Zelenskiy.
    24 fevral, 10:19   Izoh (0)   10091
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukrainadagi urush#Zelenskiy

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yevropa Ukraina armiyasisiz Rossiyaga dosh berolmaydi” — Zelenskiy 

    16 yanvar, 17:24

    “Neft narxi pasayganida, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi” — Tramp

    24 yanvar, 10:38

    Shimoliy Koreya urush uchun Rossiyaga yangi turdagi qurol yubordi (video)

    24 yanvar, 12:59

    Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha harbiy yubormoqchi — Reuters

    24 yanvar, 14:45

    Tramp Ukraina shartlari asosida urushni bahorgacha tugatmoqchi — The Independent 

    27 yanvar, 12:48

    “Putin AQSH bilan katta kelishuv istamoqda” — boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Ukrainadagi urush (tahlil)

    27 yanvar, 20:05

    Reuters: Putin va Tramp o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida Saudiya Arabistoni hamda BAA ko‘rib chiqilmoqda 

    3 fevral, 17:40

    Ukrainadagi urush yakuni yaqinmi?

    4 fevral, 14:15

    Rossiya armiyasi frontda eshaklardan foydalana boshladi (video)

    6 fevral, 10:41

    “KXDR Ukrainadagi urush tufayli raketalarini takomillashtirdi” — manba 

    6 fevral, 21:56

    Saudiya Arabistoni Trampning iltimosiga qaramay neft narxini keskin oshirdi 

    7 fevral, 08:42

    Tramp Zelenskiy bilan ehtimoliy uchrashuv vaqtini aytdi 

    8 fevral, 19:24

    Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni muhokama qildi 

    9 fevral, 16:57

    Rossiya beshinchi avlod Su-57 ko‘rinmas qiruvchi samolyotini Hindistonda ishlab chiqarishni taklif etdi 

    11 fevral, 23:30

    Rossiya 5 yil ichida Yevropada katta urush boshlashi mumkin — Daniya razvedkasi

    12 fevral, 10:16

    Tramp Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi sababini aytdi 

    14 fevral, 09:04

    FT: Putin va Tramp Pasxa bayrami yoki 9-maygacha Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin

    14 fevral, 12:25

    Trampning maxsus vakili urushni 180 kunda tugatish haqida gapirdi

    16 fevral, 18:10

    Tramp Rossiyani NATO va Yevropa uchun tahdid deb hisoblashdan bosh tortdi 

    17 fevral, 23:20

    “Yevropa va Ukraina omborlarida qurol zaxiralari qolmadi” — Rheinmetall rahbari

    18 fevral, 15:40

    Zelenskiy AQSHning 500 milliard dollarlik yordami haqidagi da’volarni rad etdi 

    19 fevral, 18:28

    Darz ketgan G'arb kollektivi. Tramp dunyoni qanday o‘zgartirmoqchi?

    19 fevral, 19:20

    “Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga qaytishga tayyor” — Putin 

    19 fevral, 21:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.