Daryo

Kiyev Amerikaning Ukrainada 30 kunlik sulh tuzish taklifiga rozi bo‘lishga tayyor

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan AQSH va Ukraina uchrashuvidan so‘ng qo‘shma bayonot eʼlon qilingan

1 daqiqa o‘qish10 794 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina zudlik bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi, lekin avval Rossiya rozi bo‘lishi kerakligi aytildi.

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan AQSH va Ukraina uchrashuvidan so‘ng eʼlon qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga razvedka maʼlumotlari almashinuvi va yordamni tiklamoqda.

Qo‘shma Shtatlar ushbu aniq takliflarni Rossiya vakillari bilan muhokama qilish majburiyatini oldi. Ukraina delegatsiyasi yana bir bor yevropalik hamkorlar tinchlik jarayoniga jalb qilinishi kerakligini ta‘kidladi.

Oxir-oqibat, ikki mamlakat prezidentlari Ukrainaning uzoq muddatli xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida Ukrainaning muhim mineral resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha keng qamrovli kelishuvni imkon qadar tezroq tuzishga kelishib oldi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar