• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Koronavirus o‘chog‘iga aylangan “Real”, “Navbahor”da ish boshlaydigan legioner murabbiy va qishning ilk top-transferini amalga oshirishga yaqin turgan “Barselona”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 22-dekabrning eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Parij—2024 Olimpiadasida og‘ir atletikaning vazn toifalari qisqartiriladi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika sport turidan to‘rtta vazn toifasi olib tashlandi va ularning soni 10 tagacha qisqardi.

    Tokio—2020 Olimpiadasida 14 vazn toifasida (erkaklar va ayollar 7 tadan) bellashuvlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 2024-yilda erkaklar beshta, ayollar beshta vazn toifasida kuch sinashadi.

    Vazn toifalari bilan tanishing:

    • Erkaklar: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg, +102 kg.
    • Ayollar: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg, +81 kg.
    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) boks, zamonaviy ko‘pkurash qatorida og‘ir atletikani ham 2028-yilgi yozgi o‘yinlar ro‘yxatiga qo‘shmagandi.

    Ma’lumot uchun, ushbu sport turida Rio—2016 Olimpiadasida Ruslan Nuruddinov -105 kg, Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlarida Akbar Jo‘rayev -109 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Endi Parij—2024 da ushbu vazn toifalari bo‘lmaydi.

    “Navbahor”da serbiyalik murabbiy ish boshlaydi

    2020-yilgi mavsumda “Neftchi” murabbiylar shtabidan faoliyat olib borgan Aleksandr Stoymirovich 2022-yildan “Navbahor”da ish boshlaydi. Bu haqda mutaxassisning o‘zi Instagram sahifasida e’lon qildi, deya xabar qilmoqda “Championat.asia”.

    Stoymirovich “Navbahor”da jismoniy tayyorgarlikka javobgar bo‘lishi kutilmoqda.

    Skrin: Instagram

    Skrin: Instagram

    Jahon

    Benjamin Mendiga yana bir jinsiy ayblov qo‘yildi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendiga nisbatan yana bir jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar qilmoqda BBC.

    Shu tariqa futbolchi yettita jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq va yana bitta tegajog‘likka doir jinoyat bo‘yicha ayblanmoqda. O‘yinchi avgust oyidan beri qamoqda saqlanmoqda. 2022-yilning yanvariga belgilangan sud jarayoni keyinroq muddatga qoldirilgan.

    Avvalroq sud uch marta Mendini garov evaziga qo‘yib yuborishni rad etgandi. Taxminlarga ko‘ra, Mendiga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, futbolchi bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

    Mavzuga doir:“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendiga 7 ta jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblov qo‘yildi. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

    “Barselona” Ferran Torres transferi borasida “Manchester Siti” bilan kelishuvga erishdi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Katalonlar Torres transferi uchun ingliz klubiga 55 million yevro to‘laydi. Shuningdek, 10 million yevro miqdorida bonus puli ham nazarda tutilgan.

    Torres 23-dekabr kuni Barselonaga uchib ketadi va “ko‘k-anorranglilar” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, deya xabar qilmoqda Fabrisio Romano.

    Koronvirus o‘chog‘iga aylangan “Real”

    Madridliklar jamoasida ommaviy koronavirusga chalinish holatlari kuzatilmoqda. 21 va 22-dekabr kunlari jamoaning yana uch futbolchisi izolyatsiyaga olingan.

    Himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Iskoning testi virusga ijobiy xulosa bergan bo‘lsa, Serxio Arribasda kasallik alomatlari paydo bo‘lgan. Avvalroq Marko Asensio, Garet Beyl, Rodrigo Goes, Andrey Lunin, Marselo va Luka Modrichda COVID-19 aniqlangandi.

    Madridliklar 23-dekabr o‘tar kechasi “Atletik B”ga qarshi kechadigan o‘yin uchun qaydnomaga 20 nafar futbolchini kiritdi (Arribasni hisobga olmaganda). Ularning olti nafari “Kastilya” vakillari hisoblanadi.

    Foto: “Real Madrid”

    Foto: “Real Madrid”

    “Manchester Siti”da Gvardiolaning o‘rnini kim egallashi mumkin?

    Manchester Evening News nashri ushbu savol yuzasidan tahliliy maqola e’lon qildi. Unda jamoaning o‘yin uslubini saqlab qolgan holda ispaniyalik mutaxassisning o‘rnini egallay oladigan mutaxassislar varianti muhokama qilingan.

    Nashr Gvardiolaning o‘rnini egallashga nomzod uch mutaxassis variantini ilgari surgan: “Ayaks” ustozi Erik ten Hag, “Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va Italiya terma jamoasi murabbiyi Roberto Manchini.

    Gvardiolaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi tugashiga 18 oy vaqt bor. Katta ehtimol bilan u shartnomani uzaytiradi ham, biroq har bir yaxshi voqea bir kun kelib tugashi kerak, deyiladi maqolada.

    IFFHS talqiniga ko‘ra Yevropa—2020 ramziy terma jamoasi aniqlandi

    Foto: IFFHS

    Foto: IFFHS

    Xalqaro futbol tarixi statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Yevropaning 2021-yilgi ramziy terma jamoasini aniqladi. Ushbu terma jamoadan UEFA mintaqasi terma jamoalarida to‘p suradigan futbolchilar o‘rin oldi.

    Darvozabon: Janluiji Donnarumma (“Milan” / “PSJ”);

    Himoyachilar: Jorjio Kyellini, Leonardo Bonuchchi (ikkisi – “Yuventus”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Sesar Aspilikueta (“Chelsi”);

    Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (“Chelsi”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jorjinyo (“Chelsi”);Hujumchilar: Kilian Mbappe (“PSJ”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus” / “Manchester Yunayted”).

    Zaxira: Manuel Noyer (“Bavariya”), Joau Kanselu (“Manchester Siti”), Erling Holand (“Borussiya D”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Karim Benzema (“Real”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Tomas Myuller (“Bavariya”).

    Bosh murabbiy: Tomas Tuxel (“Chelsi”).

    22.12.2021, 21:29   Izoh (0)   22546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shunaqa zo‘rmi? Bir yerga kirib chiqqandan keyin mulla mingan eshakdek bo‘lib qoladi”. Odil Ahmedovga 13 yil avval Namangandagi o‘yindan keyin polkovnik qamatish

    22.12.2021, 06:08

    La Liga. “Barselona” qoldirilgan tur o‘yinida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sevilya”ni yenga olmadi

    22.12.2021, 03:37

    Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” 6 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi

    22.12.2021, 02:54

    A Seriya. “Yuventus” autsayderni taslim etdi, “Atalanta” “Jenoa” to‘sig‘idan o‘ta olmadi

    22.12.2021, 02:43

    Ronaldu uchun yiliga 90 mln yevro sarflagan “Yuventus”, BAAdan ustun kelgan Server Jeparov shogirdlari va Murodov bilan bir kunda jang qiladigan Maxachev. Eng so‘n...

    21.12.2021, 22:33

    “U kazinoda millionlab dollar yutqazar va o‘zini dunyoni ushlab qo‘ygandek tutardi”. Qimor, ichkilik va ko‘ngilxushlik girdobidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan Menni

    20.12.2021, 23:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qator restoranlar sport translyatsiyalarini litsenziyasiz namoyish qilgani uchun ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 10:45

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Germaniya ilk bor Eurofighter qiruvchi samolyotlarini Polshaga joylashtirdi

    Dunyo | 5 avgust, 10:40

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Qozog‘istondagi 17 ta qishloq aholisi alkogoldan butunlay voz kechdi

    Qozog‘iston | 5 avgust, 09:55

    Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 09:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.