Madridning “Real” klubi Leverkuzenning “Bayer” jamoasida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ispaniyaning El Partidazo de COPE nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” Alonso uchun “Bayer”ga 8 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu murabbiyning amaldagi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun belgilangan yakuniy miqdor sanaladi.
Ma’lumot uchun, hozirda “Real”ni boshqarib kelayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti jamoani 2024/2025-yilgi mavsum yakunida tark etishi mumkin. Uning shartnomasi aynan o‘sha mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Xabi Alonso hamda “Bayer” o‘rtasidagi bitim yana bir mavsum — 2025/26-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shu bois madridliklar murabbiy uchun tovon puli to‘lashga majbur bo‘lmoqda.
Izoh (0)