• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Pushkashdan Messigacha. “El-Klasiko”lar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

    Ispaniya Kubogi yarim final javob o‘yinida “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari to‘qnash keladi. Madridda o‘tgan dastlabki o‘yinda “Barselona” 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Quyida “El-Klasiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar yodga olinadi.

    Ferens Pushkash (“Real Madrid”) — 14 ta gol

    “Real”ning vengriyalik afsonasi klasikolar tarixida 14 ta gol urgan. Ularning 9 tasi La Liga doirasida kiritilgan bo‘lsa, 3 ta to‘p Yevrokuboklarda kiritilgan. Pushkash 2 ta golini Ispaniya Kubogida urgan.

    Foto: Getty Images

    “Real”ga 31 yoshida kelgan va ajoyib davrni (1958—1967) o‘tkazgan “Pushechka-Bum” nafaqat klasikolar, balki “Real” tarixida ham eng yaxshi to‘purarlardan biri. Pushkash 242 ta gol bilan Madrid to‘purarlari ro‘yxatida 6-o‘rinda turadi.

    Qayd etish kerak, Pushkash klasikolarda o‘rtacha gol urish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi — 0,78 (18 o‘yinda 14 ta gol).

    Sesar Rodriges (“Barselona”) — 14 ta gol

    Faoliyatining qariyb 20 yilini (asosiy jamoada: 1939—1955) “ko‘k-anorranglilar” safida o‘tkazgan Sesar jamoa safida 351 ta o‘yin o‘tkazgan va ularda 232 ta gol urgan. Rodriges “Real”ga qarshi asosiy gollarini La Ligada kiritgan — 12 ta. Ispaniya Kubogida esa ikki bor azaliy raqib darvozasiga yo‘l topgan.

    Foto: Twitter

    Sesar rasmiy o‘yinlardagi gollar bo‘yicha uzoq yillar davomida “Barselona”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turdi. Biroq 2012-yilning mart oyida Lionel Messi uning rekordini yangiladi.

    Faoliyatini yakunlagandan keyin bir mavsum katalonga bosh murabbiy bo‘lgan, biroq bu borada omadi chopmagan.

    Fransisko Xento (“Real Madrid”) — 14 ta gol

    Umrini “Real”ga bag‘ishlagan yana bir futbolchi. Pako 1953—1971-yillar davomida “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilgan. Xento bir jamoa safida Yevropa Chempionlar Kubogini 6 marta qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    “El-Klasiko”larda Xento La Liga doirasida 10 ta, Ispaniya Kubogi va Yevrokuboklarda 2 tadan to‘p kiritgan.

    “Real” afsonasi 2022-yilning 18-yanvar kuni 88 yoshida vafot etdi.

    Raul (“Real Madrid”) — 15 ta gol

    Ismi “Real” nomi bilan yonma-yon aytiladigan afsonalardan biri. 1994—2010-yillar davomidagi faoliyati mobaynida Raul “Madrid”ning haqiqiy ramziga aylandi. 550 dan oshiq o‘yin o‘tkazdi va 220 dan ortiq gol urdi.

    Foto: Getty Images

    “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda Raul 15 marta raqib darvozasiga yo‘l topgan. Ulardan 11 tasi Primerada, 3 tasi Superkubok o‘yinida va bitta Chempionlar Ligasida.

    Raul o‘z vaqtida Di Stefanoning rekordini yangilab, “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi. Keyinchalik undan Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema o‘zib ketdi.

    Alfredo Di Stefano (“Real Madrid”) — 18 ta gol

    “Real”ning afsonaviy futbolchilaridan biri uzoq yillar davomida klasikolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini saqlab turdi, “o‘zga sayyoraliklar” tashrifiga qadar. Klasikolarda 14 ta golni La Ligada, 2 tasini Ispaniya Kubogi va yana ikkitasini Yevrokuboklar doirasida urgan.

    Foto: Twitter

    Janubiy Amerikadagi faoliyatidan keyin Yevropadagi sarguzashtlarini “Barselona”da boshlashi kutilgan Di Stefano oxir-oqibat “Real” safiga borib qo‘shilgandi. Madriddagi 12 yil davomida “sarg‘ish sochli mergan” ko‘p jabhadagi raqamlarni yangilab yubordi.

    Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”) — 18 ta gol

    “Real”ning eng yaxshi to‘purari klasikolarda ham gol urishdan to‘xtamagan. Uning 2011-yil “Barselona”ga kiritgan to‘pi Marca tomonidan yilning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etilgandi.

    Foto: Getty Images

    2009—2018-yillar davomida Madridda fantastik natijalar ko‘rsatgan Krishtianu 450 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. “El-Klasiko”larda Ronaldu 9 ta golini ligada, 5 tasini kubok o‘yinlarida va yana 4 tasini Ispaniya Superkubogida urgan.

    Lionel Messi (“Barselona”) — 26 ta gol

    Argentinalik tirik afsona klasikolarda “Real”ni ayab o‘tirmagan. Messi “Real”ga qarshi 45 ta o‘yin o‘tkazgan. 18 ta gol La Ligada, 6 tasi Superkubokda va yana 2 ta Chempionlar Ligasida urilgan. Biroq Messi Ispaniya Kubogida Madrid darvozasini ishg‘ol qilolmagan.

    Foto: Getty Images

    “Barselona” tarixidagi birinchi raqamli futbolchiga aylangan Messi 2004—2021-yillar davomida katalonlar safida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi va 630 ta gol urdi.

    Bonus

    Karim Benzema (“Real Madrid”) — 13 ta gol

    Foto: Getty Images

    Yuqoridagi futbolchilar natijasini ortda qoldirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi Benzema bo‘lib turibdi. So‘nggi yillarda kuchli o‘yin namoyish qilayotgan Karim ikki jamoa safidagi aktiv futbolchilar orasida klasikolardagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. U Ispaniya Kubogida katalonlarga bir marta gol urgan (La Liga — 8, Superkubok — 4) va bugun ushbu ko‘rsatkichni yangilash imkoniyatiga ega.

    05.04.2023, 17:48   Izoh (0)   8145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hakamlar yordami bilan emas, to‘g‘ri yo‘l bilan yutishni istayman”. “El-Klasiko” oldidan Xavi va Anchelotti nimalar dedi?

    05.04.2023, 10:26

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, Ronaldudan dubl

    05.04.2023, 02:23

    Italiya Kubogi. “Inter” “Yuventus”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 

    05.04.2023, 02:09

    APL. “Liverpul” qoldirilgan tur o‘yinida “Chelsi” bilan durang o‘ynadi 

    05.04.2023, 02:00

    Germaniya Kubogi. “Bavariya” chorak finalda “Frayburg”ga mag‘lub bo‘lib, o‘z yurishini to‘xtatdi 

    05.04.2023, 01:51

    UEFA yozda “Negreyra ishi” bo‘yicha “Barselona” ustidan hukm chiqaradi 

    04.04.2023, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.