“Pari Sen-Jermen” UEFA Chempionlar Ligasida o‘ziga xos natija qayd etdi. Klub o‘z tarixida Chempionlar Ligasi yarim final bosqichiga to‘qqizinchi bor chiqqan ilk fransuz klubi bo‘ldi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.

Bungacha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘yicha parijliklar “Marsel” bilan tenglashib turgandi (8 marta). Birmingemda qo‘lga kiritilgan natijadan keyin “PSJ” fransuz klublari orasida yetakchiga aylanib oldi.
Ma’lumot uchun, “PSJ” chorak final javob uchrashuvida “Aston Villa”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq umumiy natijaga ko‘ra (5:4) parijliklar musobaqaning yarim finaliga yo‘l olishdi. Yarim finalda Luis Enrike jamoasi “Real Madrid” va “Arsenal” qarama-qarshiligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Ushbu jamoalarning ilk o‘yinida “kanonirlar” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)