Eron va Ozarbayjon chegarasida 26-aprel kuni otishma sodir bo‘ldi, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon chegara xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Eron orqali 7 kishi Ozarbayjonga giyohvand moddalarni noqonuniy olib kirishga uringan. Chegarachilar ularga ogohlantiruvchi o‘t ochgan. Biroq qonunbuzarlar ularga qurolli qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Ozarbayjon chegarachilari ulardan birini zararsizlantirgan. Uch nafari esa qochib ketgan.
Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruvda yana uch nafarini qo‘lga olgan. Ular Ozarbayjonning Balaken tumanida yashovchi fuqarolar hisoblanadi.
Voqea joyidan 51 kilogramm 884 gramm giyohvandlik va psixotrop moddalar topilib, musodara qilingan. Zarur tezkor-tergov tadbirlari davom etmoqda. Hodisa yuzasidan Eron chegara vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)